Akramova zuxraxon jahongir qizining
Download 52.63 Kb. Pdf ko'rish
|
Akramova Z. qishloq xolaligi mustaqil ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar
3.
Asosiy tushunchalar. Qishloq xo„jaligini joylashtirish – bu alohida tur mahsulotlar ishlab chiqarishning mamlakatni respublika, viloyat va tumanlar bo`yicha taqsimlash bo`lib, jarayon uzoq davom etuvchi ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishiga`ko`ra o`zgaruvchan bo`ladi. Qishloq xo`jaligini joylashtirish tamoyillari: qishloq xo`jaligi mahsulotlari birligiga uni ishlab chiqarish hajmini O`stirishdagi mehnat va mablag`lar sarfini minimallashtirish; bozor talablarini hisobga olish; hudud iste‘molchilarini oziq-ovqat mahsulotlari bilan o`zini-o`zi ta‘minlash darajasining mehnatni hududlararo va xalqaro bo‗linishi bilan bog`liqligini hisobga olish; qishloq xo`jaligi va sanoat rivojlanishining optimal mutanosibligi; transport xarajatlarini qisqartirish, yo`l tarmoqlarining rivojlanishi, temir Yo`l masofalarining, suv yo`llarining yetarlicha uzunligi hisobga olish; mamlakatning oziq-ovqat mustaqilligini ta‘minlash; mahsulotlar ishlab chiqarishning doimiy o`sishi uchun uni mehnat sarfi kamayishiga erishiladigan hududlarda amalga oshirishni hisobga olish. Qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishini oqilona joylashtirishning asosiy mezoni - mehnat sarfini maksimal darajada tejashdir. Ishlab chiqarishni joylashtirish omili - bu xo`jalik obyekti (korxona) yoki respublika tarmog`i, iqtisodiy hudud, shuningdek hududiy ishlab chiqarish majmualari joylashadigan kuchlar yig`ilgan joyni hisobga olishdir. Qishloq xo`jaligini joylashtirishning asosiy omillari: hududning tabiiy potensiali (yer bilan ta‘minlanganlik); qishloq xo`jaligi ekinlarining tarkibiy o`zgarishlari va mahsulot diversifikatsiyasini hisobga olgan holda joylashtirish; mahsulot sotish bozorlariga nisbatan xo`jaligining joylashgan o`rni; xom-ashyolarni saqlash va transport vositalari bilan ta‘minlanganlik darajasi; aholining tabiiy, tarixiy malakalarini hisobga olgan holda hududning ish bilan ta‘minlanganligi; ilmiy-texnika taraqqiyoti va ishlab chiqarishning moddiy-texnika bazasini modernizatsiyalash; hududda mahsulot ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligi. Korxonaning joylashish o`rni - qishloq xo`jaligini joylashtirishning muhim omillaridan biri bo`lib, tarmoqlar mahsulotlari saqlanish va transportirovka qilinish xususiyatlari bilan farqlanishi sababli bu omilni yetkazib berish, transport yo`llari, saqlash joylari, qayta ishlash korxonalarining joylashuvi kabi omillar bilan bir vaqtda ko`rib chiqish lozim.Qishloq xo`jaligini ixtisoslashtirishning iqtisodiy ahamiyati: 1. Moddiy va moliyaviy resurslarni raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishga jamlash (konsentratsiyalash) imkonini beradi. 2. Ilmiy-texnika taraqqiyoti, tarmoq rivojlanishining sanoat yo`liga o`tishi uchun zarur sharoit yaratadi. 3. Mehnatni tashkil etish shaklini mukammallashtirishga imkon beradi. 4. Ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligi oshishiga yordam beradi. Qishloq xo`jaligida ixtisoslashuv shakllari: Zonalar bo`yicha ixtisoslashuv - bu mehnatning geografik bo`linishi. U qishloq xo`jaligining hududiy joylashuvini aks ettiradi. Xo`jaliklararo ixtisoslashuv - bu o`zida qishloq xo`jaligi tovar ishlab chiqaruvchilar orasida mehnatining ijtimoiy taqsimlanishini aks ettiradi. Xo„jalik ichidagi ixtisoslashuv - bu mehnatning xo`jalik ichidagi bo`limlar (bo`linmalar, sexlar, fermalar) orasida bo`linishi. Tarmoq ichida ixtisoslashuv - turli korxonalarga jamlangan bir bosqichdagi yakuniy mahsulot keyingi bosqichdagi ishlab chiqarish uchun dastlabki bo`ladigan texnologik sikllarni alohida bosqichlarga bo`lib tashlashga asoslanadigan ixtisoslashuv. Iqtisodiy ahamiyatiga ko`ra qishloq xo`jaligi tarmoqlari: Asosiy tарmоqlar deyilganda, xo`jalik iqtisodiyotida muhim rol o`ynaydigan va tovar mahsulotda eng ko`p taqqoslama og`irlikka ega bo`lgan tarmoqlar tushuniladi. Qo`shimcha tarmoqlar- asosiy tovar mahsulotiga o`xshaydi, lekin ular xo`jalik iqtisodiyotida kamroq ahamiyatga ega, u asosiy tarmoqlarning rivojlanishiga yordam beradi. Yordamchi tarmoqlar notovar, asosiy va qo`shimcha tarmoqlar rivojlanishiga yordam beradi, masalan, ozuqa ishlab chiqarish. Xulosa. Men ushbu mustaqil ish tayyorlash davomida qishloq xo`jaligi kooperatsiyasi haqida ma`lumotlarga ega bo`ldim. Ushbu malumotlar kelgusi ish jarayonimda qo`llayman. Foydalanilgan adabiyotlar. 1.Abdullayev A.A., Aybeshov X.A. Fermer xo`jaligi iqtisodi. T.: Aloqachi, 2008. 172. 2. Abdug‗aniyev A., Abdug‗aniyev A.A. Qishloq xo‗jaligi iqtisodiyoti: Darslik. T.: O`zbekistan Yozuvchilar uyushmasi Adabiyot Jamg`armasi, 2011, 244. 3. A.SH. Bekmurodov va bosh. Qishloq xo‗jaligida iqtisodiy islohotlar va fermerlik harakatlari. T.: TDIU, 2006, 59. 4. Oripov M.A. O`zbekiston dehqonchiligida infratuzilma xizmatlari Ko`rsatishni rivojlantirish. T.: Fan, 2007. 192. Download 52.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling