Akril kislota gidrogellarining pH sezgir xossalarini aniqlash Ishdan maqsad


Download 13.83 Kb.
Sana07.05.2023
Hajmi13.83 Kb.
#1436819
Bog'liq
Gidrogel


Akril kislota gidrogellarining pH sezgir xossalarini aniqlash
Ishdan maqsad. Akril kislota gidrogellarini turli pH qiymatiga ega bo’lgan suvli eritmalarda bo’kish darajasini aniqlash orqali ularning pH sezgir xossalarini o’rganish.
Reaktivlar. Akril kislota asosidagi gidrogel, ionsizlantirilgan suv, HClning
0,1 N li eritmasi, NaOHning 0,1 N eritmasi,
Jixozlar. 50 ml lik 3 ta stakan, maxsus yacheyka, analitik tarozi,
Ishni bajarilishi. Dastlab stakanlar raqamlab olamiz so’ngra ularning har biriga 40 ml dan 1-suv, 2-NaOH (0,1 N), 3-HCl (0,1 N) eritmalari solinadi. Akril kislota gidrogelidan analitik tarozida 0,20 g dan tortib olamiz va maxsus yacheykaga solib uchala stakandagi eritmalarga bir vaqtda tushiramiz. Gidrogellarning bo’kish darajasini aniqlash uchun eritmalarga solingan gidrogellar yacheykalar bilan birgalikda olib filtr qog’oz bilan artib analitik tarozida og’irligi o’lchab boriladi. Jarayon har 10 minutda takrorlanib turiladi gellarning massasi o’zgarmay qolguniga qadar. Bo’kish darajasini quyidagi formula orqali topamiz.

Bu yerda;
ℒ∞ - bo’kish darajasi.
m1bo’kkan gelning massasi .
m0 bo’kishdan oldingi gelning massasi.
Topshiriq. Har bir eritmadagi ℒ∞ ni vaqtga bog’liqlik grafigini chizing. Uchala chizmani birlashritib taqqoslang va bo’kish darajasining pH ga sezgirligini tushuntiring.
Download 13.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling