Akrom abbasovich karimov, farxod rashidovich islomov, anvar ziyadullaevich avloqulov
Download 2.41 Mb. Pdf ko'rish
|
xalqaro audit (1)
Hisob yuritish siyosati deganda xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbarining
buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotni tamoyil va asoslariga mos ravishda yuritish va tuzish uchun qo’llaniladigan usullar majmui tushuniladi. 267 Xo’jalik yurituvchi sub’ektning hisob yuritish siyosati sub’ekt tomonidan moliyaviy hisobotni tayyorlash va tuzishda qo’llanila-digan o’ziga xos qoidalar va amaliy yondashuvlarni ifodalaydi. Xo’jalik yurituvchi sub’ektning hisob siyosati sub’ekt rahbari tomonidan taqdim etiladigan moliyaviy hisobotning yilma-yil qiyoslanishi uchun tuziladi. Auditor korxonada hisob yuritish siyosatining to’g’ri tanlanganligi hamda unga to’g’ri rioya qilinayotganligiga ahamiyat bera turib, quyidagilarga alohida e’tiborni qaratadi: – dastlabki hujjatlarni rasmiylashtirish talablari; – asosiy vositalar va ular bo’yicha amortizatsiya hisoblash tartibi; – tovar-moddiy boyliklarni baholash tartibi; – nomoddiy aktivlarning baholanishi va eskirishi hisobi; – bilvosita xarajatlarning xarajat ob’ektlari, mahsulot turlari bo’yicha taqsimlash variantlari; – kelgusi davr xarajatlarining hisobi hamda ularning xarajatlarga taqsimlanish tartibi; – sotish muomalalarini hisobga olish tartibi; – kelgusi davr xarajatlarini tashkil etish tartibi; – foydaning shakllanishi va taqsimlanishi tartibi; – kelgusi davr daromadlarining hisobda to’g’ri aks ettirish tartibi; – bank kreditlari va qarzlarni baholash va hisobga olish tartibi; – inventarizatsiyani tashkil qilish va o’tkazish tartibi; – ichki hisobotlarni tuzish hamda taqdim qilish tartibi va boshqalar. Yuqorida sanab o’tilgan qoidalar korxonaning hisob siyosatida albatta belgilanishi va unga qat’iy rioya qilinishi lozim. Ularga rioya qilmaslik muayyan darajadagi xatolarning borligi ehtimolini kuchaytiradi hamda buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini noto’g’ri aks ettirishga olib keladi. Auditor korxonada buxgalteriya hisobi holatini to’liq o’rganib chiqib, o’zi uchun kerakli xulosalarga keladi. Buxgalteriya hisobi tizimining samaradorligini 268 baholash natijalari ma’lumotnomalar, tavsiyalar hamda loyihalar ko’rinishida rasmiylashtiriladi. Ichki nazorat tizimiga baho berishda auditorning ichki nazorat bo’limining qanday shaklda tashkil qilinganligi hamda uning korxona boshqaruvidagi roliga alohida ahamiyat beriladi. Agarda korxonada ichki nazorat bo’limi taftish komissiyasi shaklida tashkil qilingan bo’lsa, u erdagi nazorat ishlari unchalik ham yaxshi darajada emasligini bildiradi. Ma’lumki, taftish ko’rinishida tashkil qilingan ichki nazorat tuzilishi ancha eski usul hisoblanadi hamda bu usul korxona rahbariyatiga har jiyohatdan bog’liq bo’lganligi tufayli ko’pincha ma’lumotlar real vaziyatni ifoda etmasligi mumkin. Ichki nazorat bo’limining ichki audit shaklida tuzilishi birmuncha ijobiydir. Chunki ichki audit boshqaruv apparatining maxsus bo’li-mi bo’lib, aynan mulkdorlarning manfaatlari nuqtai nazaridan korxona faroliyati samaradorligini oshirish maqsadida tuziladi. Ichki nazorat tizimi uchta tarkibiy qismdan iborat bo’ladi: Ushbu uchchala tarkibiy qism o’zaro bog’liqlikda axborotlardagi jiddiy xatolarning oldini olish, aniqlash va tuzatishni ta’minlaydi. Auditor ichki nazorat tizimi faoliyatini baholashda taftish komissiyasi yoki ichki audit bo’limi tomonidan rejalarning to’g’ri belgilanganligini hamda uni o’z vaqtida va to’g’ri bajarilayotganligini, tekshirish jarayonida qanday taomillar qo’llanilganligi hamda ulardan qaysilari samaraliroq ekanligini, ichki nazorat bo’limining ma’lumotlariga qay darajada ishonish mumkinligini aniqlaydi. Auditor ichki nazorat bo’limi faoliyatini o’rganishda ularga yaratilgan barcha shart-sharoitlar: alohida xona berilganligi, ichki nazorat bo’limi xodimlarining ish Download 2.41 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling