Akrom abbasovich karimov, farxod rashidovich islomov, anvar ziyadullaevich avloqulov
Download 2.41 Mb. Pdf ko'rish
|
xalqaro audit (1)
Ichki audit - sub’ekt tarkibida uning xizmat bo’linmasi sifatida tashkil
etilgan ishni baholash bo’yicha faoliyat. Boshqa masalalar bilan bir qatorda, uning vazifasi buxgalteriya hisobi va ichki nazorat tizimlari mosligi va samaradorligini tekshirish, baholash va monitoringdan iborat. Tashqi auditor ichki audit xizmati faoliyatini va uning tashqi auditorlik muolajalarga ta’sirini, agar bunday holat bo’lsa, ko’rib chiqishi lozim. “Ichki audit” sub’ekt ichida uning bir xizmat bo’linmasi sifatida tashkil etilgan ishga baho berish faoliyatini ifodalaydi. Boshqa masalalar bilan bir qatorda, 293 uning vazifasiga buxgalteriya hisobi va ichki nazorat tizimlarini tekshirish, baho berish va uning mosligi va samaradorligi yuzasidan muntazam ravishda nazoratni amalga oshirish kiradi. Tashqi auditor bildirilgan auditorlik fikr va tashqi auditorlik muolajalarning tavsifi, muddati va hajmini aniqlash yuzasidan yakka tartibda mas’uliyatga ega bo’lganligi bilan, ichki auditorlik xizmatining muayyan elementlari tashqi auditor uchun foydali bo’lishi mumkin. Ichki audit xizmatining qo’lami va vazifalari o’zgaruvchan va sub’ektning kattaligi va tizimi hamda rahbariyatining talablariga qaram bo’ladi. Odatda ichki auditorlik faoliyati quyidagi masalalarning bir yoki bir nechasini qamrab oladi: buxgalteriya hisobi va ichki nazorat tizimlarini sharhlash. Buxgalteriya hisobi va ichki nazoratning tegishli tizimlarini tashkil etish sub’ekt rahbariyatining mas’uliyatida bo’ladi va har doim nazoratni talab qiladi. Odatda sub’ekt rahbariyati ichki auditga ushbu tizimlarni sharhlash, vazifasini bajarish yuzasidan muntazam nazoratni amalga oshirish hamda ularni takomillashtirish bo’yicha takliflar kiritish yuzasidan muayyan mas’uliyat yuklaydi; moliyaviy va operatsion ma’lumotni tekshirish. Ushbu ish solishtirish, o’lchash, turkumlash va aks etish uchun foydalaniladigan vositalarni sharhlashdan hamda alohida moddalar bo’yicha aniq so’rovnomalarni o’tkazish, jumladan, operatsiyalar, hisobvaraqlar saldolari va muolajalarni mufassal test sinovidan o’tkazishdan iborat bo’lishi mumkin; faoliyat tejamkorligi, oqilonaligi va samaradorligini, jumladan, sub’ekt ishi yuzasidan moliyaviy bo’lmagan nazorat vositalarini sharhlash; qonunchilikka, me’yoriy hujjatlarga va boshqa tashqi talablarga hamda sub’ekt rahbariyatining siyosati, ko’rsatmalari va boshqa ichki talablarga muvofiqligini sharhlash. Ichki audit xizmatining o’rni sub’ekt rahbariyati tomonidan belgilanadi va uning vazifalari moliyaviy hisobot bo’yicha mustqil auditorlik hisobotini taqdim etish uchun tayinlangan tashqi auditorning vazifalaridan farqlanadi. Ichki auditning vazifasiga oid masalalari sub’ekt rahbariyatining talablariga qarab o’zgaradi. 294 Tashqi auditor, avvalambor, moliyaviy hisobotda muhim noto’g’riliklar mavjudligini aniqlashga manfaatdor. Shunga qaramasdan, ichki va tashqi auditning maqsadlarigaerishishning ayrim vositalari ko’pchilik holatlarda bir-biriga o’xshash, shuning uchun ichki auditning muayyan jabhalari tashqi auditorlik muolajalarining tavsifi, muddati va hajmini belgilashda foydali bo’lishi mumkin. Ichki audit xizmati sub’ektning bir qismi hisoblanadi. Ichki audit xizmatining muxtorlik va xolislik darajasidan qat’i nazar, u moliyaviy hisobot bo’yicha fikr bildirishda tashqi auditordan talab qilinadigan mustaqillik darajasiga erisha olmaydi. Tashqi auditor bildirilgan auditorlik fikr bo’yicha yakka tartibda mas’uliyatga ega va ushbu mas’uliyat ichki audit xizmatining qandaydir ishidan foydalanilganligi hisobiga pasaytirilishi mumkin emas. Moliyaviy hisobotining auditi doirasida barcha baho berish bo’yicha mulohazalar tashqi auditornig mas’uliyat doirasi hisoblanadi. Tashqi auditor auditni rejalashtirishda va samarali auditorlik yondoshishni ishlab chiqishda yordam beradigan ichki auditorlik faoliyat to’g’risida etarli tushunish olishi lozim. Samarali ichki audit ko’pchilik holatlarda tashqi auditor tomonidan bajarilayotgan muolajalarning tavsifi va muddatini modifikatsiya-lashtirish hamda hajmini kamaytirish imkonini beradi, lekin ularni batamom yo’q qila olmaydi. Shunga qaramasdan ayrim holatlarda, ichki audit faoliyatini ko’rib chiqish natijalariga ko’ra, tashqi auditor tashqi auditorlik muolajalarga ichki auditning qandaydir ta’siri mavjud emasligi to’g’risida qaror qabul qilishi mumkin. Auditni rejalashtirishda tashqi auditor, uning fikricha, ichki auditning ishi, auditning aniq belgilangan jabhalarda moliyaviy hisobotning tashqi auditi uchun ahamiyatli bo’lganda, ichki audit xizmatining vazifalariga dastlabki baho berishi lozim. Tashqi auditor tomonidan ichki auditning vazifalariga berilgan dastlabki baho tashqi auditorlik muolajalarning tavsifi, muddati va hajmini 295 modifikatsiyalashtirishda ichki audit xizmati ishidan foydalanish yuzasidan tashqi auditorning mulohazasiga ta’sir ko’rsatadi. Tushunish olishda va ichki audit xizmati vazifasiga dastlabki baho berishni bajarishda quyidagilar muhim omil hisoblanadi: (a) Tashkiliy maqom: sub’ektda ichki audit xizmatining aniq belgilangan maqomi va u xolis bo’lishlik qobiliyatiga ushbu maqomning ta’siri. Mukammal holatda ichki audit xizmati sub’ektning yuqori darajadagi rahbariyatiga hisobdor va boshqa qandaydir operatsion mas’uliyatdan ozod etilgan. Sub’ekt rahbariyati tomonidan ichki audit xizmatiga qo’yiladigan har qanday majburiyatlar yoki cheklovlarni sinchkovlik bilan ko’rib chiqish lozim. Xususan, ichki auditorlar tashqi auditor bilan erkin aloqada bo’lishi lozim. (b) Vazifalar doirasi: ichki auditor tomonidan bajarilgan topshiriqlarning tavsifi va hajmi. Tashqi auditordan, shuningdek, sub’ekt rahbariyati tomonidan ichki audit xizmatining tavsiyalari hisobga olinishi va bunga qandaydir dalillar mavjudligini ko’rib chiqish talab etiladi. (v) Texnikaviy kasbiy xabardorlik: ichki audit ichki auditor sifatida ishlash uchun tegishli texnikaviy tayyorgarlikka va malakaga ega bo’lgan shaxslar tomonidan bajarilishi. Masalan, tashqi auditor ichki audit xizmati xodimlarining ishga qabul qilish va o’qitish bo’yicha siyosatni, ular tajribasi va malakasining sharhini bajarishi mumkin. (g) Tegishli kasbiy sinchkovlik: ichki audit xizmatining ishi tegishli ravishda rejalashtirilishi, unga rahbarlik qilish, sharhlanishi va hujjatlashtirilishi. Audit bo’yicha yo’riqnomalar ishchi dasturlar va ishchi hujjatlar etarli miqdorda mavjudligini ko’rib chiqish lozim. Ichki audit xizmatining ishidan foydalanishni rejalashtirishda tashqi auditor ushbu davr bo’yicha ichki audit xizmatining dastlabki ish rejasini ko’rib chiqishi va, imkoniyati boricha, uni eng oldingiroq bosqichda muhokama qilishi lozim. Ichki audit xizmatining ishi tashqi auditor muolajalarining tavsifi, muddati va hajmini belgilashda hisobga olingan taqdirda, ushbu ish muddati, audit bilan qamrab olish darajasi, test sinovlarining darajasi va tanlab olishning taklif 296 etilayotgan usullari, bajarilgan ishning hujjatli rasmiylashtirilishi hamda sharhlarni bajarish va hisobotni taqdim etish muolajalari yuzasidan oldindan kelishib olish maqsadga muvofiqdir. Davr mobaynida uchrashuvlar tegishli vaqt oralig’ida muntazam ravishda amalga oshirilgan taqdirda, ichki audit xizmati bilan o’zaro ta’sir ko’proq samara beradi. Tashqi auditor tegishli ichki auditorlik hisobotlardan hamda tashqi auditorning ishiga ta’sir ko’rsatishi mumkin bo’lgan ichki auditorning diqqatini jalb qilgan har qanday ahamiyatli masalalar to’g’risida xabardor bo’lishi va ulardan erkin foydalanish imkoniyatiga ega bo’lishi lozim. Shu tarzda, odatda, tashqi auditor ichki audit xizmatining ishiga ta’sir ko’rsatishi mumkin bo’lgan qandaydir ahamiyatli masalalar bo’yicha ichki auditorga xabar beradi. Agar tashqi auditor ichki audit xizmatining aniq belgilangan ishidan foydalanishni ko’zlagan bo’lsa, u uning tashqi audit maqsadlariga mosligini tasdiqlash uchun, ushbu ishga baho berishi va test sinovidan o’tkazishi lozim. Ichki audit xizmati ishining aniq belgilangan natijalariga baho berish ishlar va kasbga doir dasturlar qo’lami mosligiga baho berishdan iborat hamda ichki audit xizmatining ishiga berilgan dastlabki baho tegishlicha qolganligiga bog’liq. Ushbu baho berish quyidagi jabhalarni ko’rib chiqishdan iborat bo’lishi mumkin: (a) ishlar ichki auditor sifatida ishlash uchun tegishli texnikaviy va kasbiy tayyorgarlikka ega shaxslar tomonidan bajarilayotganligi hamda auditor yordamchilari tomonidan bajarilayotgan ishlarga rahbarlik qilish, sharhlash va hujjatlashtirish to’g’ri amalga oshirilayotganligi; (b) xulosalarni shakllantirish uchun oqilona asos bo’lib xizmat qiladigan etarli bo’lgan tegishli auditorlik dalillari olinganligi; (v) mazkur vaziyatlarni hisobga olgan holda shakllantirilgan xulosalar muvofiqligi va har qanday hisobotlar bajarilgan ishlar natijalariga izchilligi; (g) ichki audit xizmati tomonidan aniqlangan har qanday istisnolar yoki g’ayriodatiy masalalar bo’yicha tegishli ishlar amalga oshirilishi. Ichki audit xizmati aniq belgilangan ishi bo’yicha test sinovining tavsifi, muddati va hajmi, aniq ko’rilayotgan masalaga qo’llash uchun tashqi auditor 297 tomonidan tavakkalchilik va muhimlikka bergan bahosiga, ichki audit xizmatining ishiga berilgan dastlabki bahoga hamda ishining aniq belgilangan natijalariga berilgan bahoga bog’liq. Bunday test sinovlari ichki audit xizmati tomonidan tekshirib bo’lingan moddalarni qaytadan tekshirishdan, shunga o’xshash moddalarni tekshirishdan va ichki audit xizmati tomonidan muolajalarni bajarish yuzasidan kuzatishni amalga oshirishdan iborat bo’lishi mumkin. Tashqi auditor o’zi tomonidan baho berilgan va test sinovidan o’tkazilgan ichki audit xizmati ishining aniq belgilangan natijalariga tegishli o’zining xulosalarini hujjatli ravishda qayd etadi. Download 2.41 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling