49. Ichki auditning me’yoriy- xuquqiy asoslari. Ichki audit


Download 86 Kb.
bet1/4
Sana31.03.2023
Hajmi86 Kb.
#1313041
  1   2   3   4
Bog'liq
AUDIT 49 -57


49. Ichki auditning me’yoriy- xuquqiy asoslari.
Ichki audit – bu xo‗jalik ichida uning faoliyatining samaradorligini
tekshirish va aniqlashda mustaqil baho berishdir. Ichki audit uchun
korxonaning o‗zi yoki uning bir bo‗limi – korxona ichidagi nazorat
bo‗limi javob beradi. Ichki auditning maqsadi – korxona xizmatchilariga
o‗zlarining majburiyatlarini a‘lo darajada bajarishga yordam berishdir.
Ichki audit korxonaga tekshirilayotgan obyektlar haqida aniq tahlil,
baholash, tavsiya, maslahat va ma‘lumotlarni beradi.
Rahbarlar va menenjerlarning nazoratga munosabati nazorat muhitiga eng
katta ta’sir ko’rsatadi. Boshkaruvning yuqori pog’onasi xizmatchilarning nazoratga
munosabatini belgilaydi. Yaxshi boshqaruv muhiti yuqori darajadagi ichki
kommunikatsiya tizimini ta’minlaydigan, direktorlar Kengashi huzuridagi
auditorlik inspektsiyasining samarali ishlashiga yordam beradigan, byudjetlar
tizimi (biznes-reja yoki smeta) va ularning bajarilishi to’g’risidagi hisobotlardan
foydalanadigan, ichki auditning samaradorligini ta’minlaydigan boshqaruv tizimi
bilan tavsiflanadi. Keyinchalik, nazorat muhiti korxona xodimlarining
kompetentliligi, xizmat vazifalarining taqsimlanishi, aktivlar, hujjatlarni olish
imkoni va hisob yozuvlarini vaqti-vaqti bilan taqqoslab turish bilan aniqlanadi.


50 muhimlik darajasini auditda qo’llash tartibi.
Muhimlik – bu hisobot ko’rsatkichlarining shunday kattaligiki (yoki sifati),
ularni hisobotda aks ettirilmasligi yoki buzib ko’rsatilishi ana shu hisobotdan
foydalanuvchi mutaxassislarni noto’g’ri qaror qabul qilishiga olib keladi.
Auditor tomonidan muhimlik darajasini belgilash professional mulohaza
masalasi hisoblanadi va moliyaviy hisobotlardan foydalanuvchilarning moliyaviy
axborotga bo’lgan ehtiyojlarini auditor qanday tushunishiga bog’liq bo’ladi. Ushbu
kontekstda auditor foydalanuvchilar xususida quyidagilarni taxmin qilishi uchun
asoslar mavjud:
(a) ular biznes, iqtisodiy faoliyat va buxgalteriya hisobi sohasida bilimga
ega, shuningdek moliyaviy hisobotda taqdim etilgan axborotni oqilona darajada
qunt bilan o’rganishga tayyor;
(b) ular moliyaviy hisobot muhimlik darajasidan kelib chiqib
tayyorlangani, taqdim etilgani va audit qilinayotganini tushunadi;
(v) ular hisoblab chiqilgan baholardan foydalanish, mulohaza yuritish va
bo’lg’usi voqealarni ko’rib chiqishga asoslangan summalarning baholanishi noaniq
ekanini tan oladi;
(g) moliyaviy hisobotda ifodalangan axborot asosida oqilona iqtisodiy
qarorlar qabul qiladi.

Download 86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling