49. Ichki auditning me’yoriy- xuquqiy asoslari. Ichki audit
o’zbekistonda auditorlik me’yoriy tartibga solish tizimi
Download 86 Kb.
|
AUDIT 49 -57
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’zbekiston Auditorlar Palatasi (O’AP)
- O’zbekiston Buxgalterlar va Auditorlar Milliy Assotsiatsiyasi (O’zBAMA)
- 52. Ichki auditning me’yoriy- xuquqiy asoslari. Ichki audit
51. o’zbekistonda auditorlik me’yoriy tartibga solish tizimi.
Ma’lumki, O’zbekistonda auditorlik faoliyatini tartibga solishda amaldagi 2ta jamoat tashkiloti, jumladan: O’zbekiston Auditorlar Palatasi va O’zbekiston Buxgalterlar va Auditorlar Milliy Assotsiatsiyasi muhim ahamiyat kasb etadi. Demak, ular faoliyati to’g’risida biroz to’xtalib o’tsak. O’zbekiston Auditorlar Palatasi (O’AP) O’zbekiston Auditorlar Palatasi nodavlat notijorat tashkiloti hisoblanib, mustaqil sertifikatlangan auditorlar va auditorlik tashkilotlarini ixtiyoriylik asosida birlashtiradi. O’APning maqsadi auditorlarning professional darajasini rivojlantirish va qo’llab-quvvatlash, davlat va jamoat organlarida o’z a’zolarining qonuniy huquq va professional manfaatlarini himoya qilish, axborot aloqalarini ushlab turish, professional sohada sodir bo’layotgan barcha o’zgarishlar haqidagi barcha zaruriy axborotlar bilan ta’minlash bo’lib hisoblanadi. O’zbekiston Buxgalterlar va Auditorlar Milliy Assotsiatsiyasi (O’zBAMA) O’zBAMA sertifikatlangan buxgalter va auditorlarni ixtiyoriylik asosda birlashtirgan jamoat tashkiloti hisoblanadi. O’zBAMAning maqsadi professional buxgalter va auditorlarning manfaatlari va huquqlarini himoya qilishga ko’maklashish, ta’lim dasturlari va kurslarini o’tkazish yo’li bilan malakasini oshirish, assotsiatsiya a’zolari maqomini xalqaro darajaga etkazish maqsadida maslahat xizmatlarini ko’rsatish hisoblanadi. 52. Ichki auditning me’yoriy- xuquqiy asoslari. Ichki audit – bu xo‗jalik ichida uning faoliyatining samaradorligini tekshirish va aniqlashda mustaqil baho berishdir. Ichki audit uchun korxonaning o‗zi yoki uning bir bo‗limi – korxona ichidagi nazorat bo‗limi javob beradi. Ichki auditning maqsadi – korxona xizmatchilariga o‗zlarining majburiyatlarini a‘lo darajada bajarishga yordam berishdir. Ichki audit korxonaga tekshirilayotgan obyektlar haqida aniq tahlil, baholash, tavsiya, maslahat va ma‘lumotlarni beradi. Rahbarlar va menenjerlarning nazoratga munosabati nazorat muhitiga eng katta ta’sir ko’rsatadi. Boshkaruvning yuqori pog’onasi xizmatchilarning nazoratga munosabatini belgilaydi. Yaxshi boshqaruv muhiti yuqori darajadagi ichki kommunikatsiya tizimini ta’minlaydigan, direktorlar Kengashi huzuridagi auditorlik inspektsiyasining samarali ishlashiga yordam beradigan, byudjetlar tizimi (biznes-reja yoki smeta) va ularning bajarilishi to’g’risidagi hisobotlardan foydalanadigan, ichki auditning samaradorligini ta’minlaydigan boshqaruv tizimi bilan tavsiflanadi. Keyinchalik, nazorat muhiti korxona xodimlarining kompetentliligi, xizmat vazifalarining taqsimlanishi, aktivlar, hujjatlarni olish imkoni va hisob yozuvlarini vaqti-vaqti bilan taqqoslab turish bilan aniqlanadi. Download 86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling