49. Ichki auditning me’yoriy- xuquqiy asoslari. Ichki audit
Auditning axloqiy talablari va uning huquqiy asoslari
Download 86 Kb.
|
AUDIT 49 -57
- Bu sahifa navigatsiya:
- Auditning ahloq kodeksi tamoyillari
- 57. Auditor ishlarining sifatini nazorat qilish tartibi.
55. Auditning axloqiy talablari va uning huquqiy asoslari.
Axloq me’yorlariga rioya etish oliy sifat, professional majburiyat va ma’naviy axloqiylikni ta’minlaydi va shu bilan birga jamiyatda auditor kasbiga hurmat va ishonch tuyg’usi ortadi. Jahon miqyosida auditorlik etikasining vujudga kelishi va rivojlanishiga AICPA (Amerika Auditning ahloq kodeksi tamoyillari Mustaqillik, vijdonlilik va maxfiylik. Umuminsoniy ahloq qoidalari va ma’naviy me’yorlarga rioya qilish. Auditorning xolisligi va kasbiy vakolatliligi Auditorlar axloq kodeksida har bir auditor rioya qilishi zarur bo’lgan tamoyillar keltirilgan, ya’ni: halollik, mustaqillik, ob’ektivlik (xolislik), malakaviy kompetentlik, maxfiylik va boshqalar. Halollik deganda nafaqat haqiqatgo’ylik, shuningdek, beg’arazlik va ishonchlilik ham tushuniladi. Xolislik tamoyiliga mos holda hamma auditorlar adolatli, halol harakat qilishi va nizoga yo’l qo’ymasliklari lozim. O’z funktsiyalarini bajarishda auditorlar hamisha xolis bo’lishlari lozim. Xolislik oldindan xulosa chiqarmaslikni, tarafkashlik va professional masalalarni ko’rib chiqishda, xulosa chiqarishda qandaydir ta’sir doirasiga tushib qolmaslikni bildiradi. Xolislikning etika talablariga amal qilishda: - Oldindan xulosa chiqarishga g’arazgo’ylik yoki boshqa shaxslarning xolislikka zarar keltiruvchi ta’siridan, munosabatlardan qochish; - Agar ular auditorning kasbiy muhokamasiga jiddiy va yo’l qo’yib bo’lmaydigan ta’sir o’tkazish mumkinligi haqida ongli ravishda faraz qilinsa, sovg’alar va boshqa mehmondo’stlik belgilarini qabul qilmasligi va o’zi ham taklif etmasligi zarur. 57. Auditor ishlarining sifatini nazorat qilish tartibi. Xizmat ko’rsatishga rozilik bergan auditor ishni yuqori professional darajada bajara olishiga ishonishi lozim. Auditorlar auditorlik xizmatlarini etarlicha e’tibor va g’ayrat bilan bajarishlari zarur. Ularning majburiyatlari doimiy ravishda o’z bilimlari va tajribalarini shunday darajada oshirishi kerakki, rahbariyat ham, mijozlar ham uning doimiy ravishda yangilanib boradigan qonunchilik sohasidagi ma’lumotlar audit metodikasi va amaliyotiga asoslangan professional xizmatlarining yuqori sifatliligiga ishonsin. Professional kompetentlik – auditorga professional xizmatlarni malakali va sifatli bajarish imkonini beruvchi bilimlar va ko’nikmalarning zarur hajmiga ega bo’lishdir. Auditorlar o’z bilim va tajribalarini bo’rttirib ko’rsatmasliklari kerak. Download 86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling