Akrom abbasovich karimov, farxod rashidovich islomov, anvar ziyadullaevich avloqulov
Download 2.41 Mb. Pdf ko'rish
|
xalqaro audit (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bog’liq tomonlar orasidagi operatsiyalar
10.8. Bog’liq tomonlar 550-sonli xalqaro audit standartida bog’liq tomonlar va bog’liklik tomonlar orasidagi operatsiyalari quyidagicha ifodalangan: Bog’liq tomon - moliyaviy va tezkor qarorlarni qabul qilish jarayonida bir tomon boshqa tomon ishini nazorat qilgan yoki ahamiyatli darajada ta’sir ko’rsatish qobiliyatiga ega bo’lgan taqdirda tomonlar bog’liq deb hisoblanadi. Bog’liq tomonlar orasidagi operatsiyalar - narxi belgilanganligidan qat’i nazar, bog’liq tomonlar o’rtasida bir-biriga zahiralar yoki majburiyatlarni o’tkazish. Auditor bog’liq tomonlar sub’ekti rahbariyatining solishtirish, ular to’g’risida ma’lumotni yoritish va bog’liq tomonlar o’rtasidagi muhim hisoblangan operatsiyalarning moliyaviy hisobotga ta’siri yuzasidan etarli bo’lgan tegishli auditorlik dalillarni olish uchun mo’ljallangan auditorlik muolajalarini amalga 284 oshirishi lozim. Shunga qaramasdan, audit bog’liq tomonlar o’rtasidagi barcha operatsiyalarni aniqlab berishini kutish mumkin emas. 200-XAS “Moliyaviy hisobot auditini tartibga soluvchi umumiy tamoyillar va uning maqsadi”da qayd etilganidek, muayyan vaziyatlarda moliyaviy hisobotning alohida tasdiqlari bo’yicha xulosa chiqariladigan engil dalillarning ishonchliligiga ta’sir ko’rsatishi ehtimoli bor cheklovlar mavjud. Bog’lik tomonlar to’g’risida ma’lumot to’liq yoritilganligi haqida moliyaviy hisobotning tasdiqlari yuzasidan noaniqlik darajasini hisobga olgan holda, xalqaro standartda bayon etilgan muolajalar, har qanday solishtirilgan auditorlik vaziyatlar mavjud bo’lmagan holda, bunday tasdiqlar yuzasidan quyidagi etarli bo’lgan tegishli auditorlik dalillarini taqdim etadi: (a) noto’g’rilik tavakkalchiligini odatda kutilayotgandan yuqoriga oshiradigan; (b) bog’liq tomonlar yuzasidan muhim noto’g’rilik vujudga kelganligiga qo’rsatadigan. Qaerdadir bunday vaziyatlar mavjudligi to’g’risida qandaydir belgilar bo’lsa, auditor ushbu vaziyatlarda o’rinli bo’lgan modifikatsiyalashtirilgan, kengaytirilgan yoki qo’shimcha muolajalarni amalga oshirishi lozim. Rahbariyat bog’liq tomonlar solishtirilishi va ular to’g’risida ma’lumot yoritilishi va bunday tomonlar o’rtasidagi operatsiyalar yuzasidan mas’uliyatga ega. Bunday mas’uliyat rahbariyatdan hisob yozuvlarida bog’liq tomonlar o’rtasidagi operatsiyalar tegishli solishtirilganligi va moliyaviy hisobotda yoritilganligini ta’minlovchi buxgalteriya hisobi va ichki nazoratning mos tizimlari tadbiq etilishini talab qiladi. Auditor sub’ekt va tarmoq faoliyati to’g’risida moliyaviy hisobotga muhim ta’sir ko’rsatadigan hodisalar, operatsiyalar va amaliyotni solishtirish imkoniyatini beradigan bilimlar darajasiga ega bo’lishi lozim. Bog’liq tomonlar va bunday tomonlar o’rtasida operatsiyalar mavjudligi, odatda, biznesning o’ziga xos tavsifi kabi qaralsa ham, auditor ularga alohida e’tiborini qaratishi lozim, chunki: 285 (a) moliyaviy hisobotni taqdim etish bo’yicha kontseptual asoslar, moliyaviy hisobotda bog’liq tomonlar va operatsiyalar bo’yicha muayyan o’zaro bog’liqliklar yoritilishini talab qilishi mumkin; (b) bog’liq tomonlar yoki bog’liq tomonlar o’rtasida operatsiyalar mavjudligi moliyaviy hisobotga ta’sir etishi mumkin. Masalan, sub’ektning soliqlar to’lash bo’yicha majburiyatlari va xarajatlariga, bog’liq tomonlar mavjud bo’lganligida alohida ko’rib chiqishni talab qiluvchi turli yurisdiktsiyalar bo’yicha soliqqa oid qonunchilik ta’sir ko’rsatishi mumkin; (v) auditorlik dalilining manbai unga auditor tomonidan beriladigan bahoga ta’sir ko’rsatadi. Bog’liq bo’lmagan uchinchi tomonlardan olingan yoki ular tomonidan tayyorlangan auditorlik dalillar ishonchlilikning katta darajasiga ega bo’lishi mumkin; (g) bog’liq tomonlar o’rtasidagi operatsiyalar nafaqat oddiy ishga oid mulohazalar bilan, balki, masalan, foydani taqsimlash yoki tovlamachilik bilan ham asoslanishi mumkin. Auditor direktorlar va rahbariyat tomonidan taqdim etilgan barcha ma’lum bog’liq tomonlar nomini aniqlab beruvchi ma’lumotlarni sharhlashi va ushbu ma’lumot to’liqligi yuzasidan quyidagi muolajalarni bajarishi lozim: (a) ma’lum bo’lgan bog’liq tomonlarning nomini aniqlash uchun oldingi yil bo’yicha ishchi hujjatlarni sharhlash; (b) bog’liq tomonlarni solishtirish bo’yicha sub’ekt muolajalarini sharhlash; (v) direktor va mansabdor shaxslarning boshqa sub’ektlar bilan aloqasi to’g’risida so’rovnoma o’tkazish; (g) asosiy aktsiyadorlar nomlarini olish uchun aktsiyadorlar bo’yicha yozuvlarni sharhlash yoki, lozim bo’lsa, qimmatli qog’ozlar ushlab turuvchilari reestridan asosiy aktsiyadorlar ro’yxatini olish; (d) aktsiyadorlar va direktorlar kengashi majlislarining bayonnomalari hamda direktorlarga tegishli bo’lgan ishtirok etish ulushi reestrlari kabi boshqa tegishli belgilangan yozuvlarni sharhlash; 286 (e) joriy paytda auditda band bo’lgan boshqa auditorlar yoki oldingi auditorlar bilan qo’shimcha bog’liq tomonlar to’g’risida ma’lum bo’lgan ma’lumot haqida so’rovnoma o’tkazish; (j) sub’ektning daromad solig’iga oid deklaratsiyasi va nazorat idoralariga taqdim etiladigan boshqa ma’lumoti bo’yicha sharhlashni amalga oshirish. Agar, auditor mulohazasi bo’yicha, ahamiyatli bog’liq tomonlar bo’yicha aniqlab bo’lmaslik tavakkalchiligi past bo’lsa, ushbu muolajalar tegishli ravishda modifikatsiyalashtirilishi mumkin. Moliyaviy hisobotni taqdim etish bo’yicha kontseptual asoslar bog’liq tomonlar o’rtasidagi o’zaro bog’liqliklarni yoritishni talab qilgan joylarda, auditor bunday yoritish mos ekanligiga ishonch hosil qilishi lozim. Auditor direktorlar va rahbariyat tomonidan bog’liq tomonlaro’rtasidagi operatsiyalar to’g’risida taqdim etgan ma’lumotni sharhlashi va bog’liq tomonlar o’rtasida amalga oshirilgan boshqa muhim operatsiyalar yuzasidan sezgir bo’lishi lozim. Buxgalteriya hisobi va ichki nazorat tizimlari to’g’risida tushunish olgandan va nazorat tavakkalchiligiga dastlabki baho bergandan keyin, auditor bog’liq tomonlar o’rtasida operatsiyalarga ruxsat berish va ularni hisobga olish bo’yicha nazorat muolajalari mosligini ko’rib chiqishi lozim. Audit paytida auditor mazkur vaziyatlarda g’ayriodatiy ko’ringan va oldin solishtirilmagan bog’liq tomonlar mavjudligiga ko’rsatadigan operatsiyalarga alohida e’tibor berishi lozim. Quyida bunday operatsiyalar misol tariqasida keltirilgan: nostandart tijorat shartlari bilan, maslan, g’ayriodatiy narxlar, foiz stavkalari, kafolat va qoplash shartlari bilan operatsiyalar; ko’rinishi mantiqiy asoslanmagan operatsiyalar; mohiyati shaklidan farqli operatsiyalar; g’ayriodatiy usul bilan ishlov berilgan operatsiyalar; 287 muayyan buyurtmachilar yoki mol etkazib beruvchilar bilan amalga oshirilgan operatsiyalarga nisbatan yirik yoki muhim operatsiyalar; beminnat boshqaruv xizmatlarini olish yoki taqdim etish kabi hisobga olinmagan operatsiyalar. Audit paytida auditor bog’liq tomonlar o’rtasidagi operatsiyalarni solishtirish imkoniyatini beradigan muolajalarni bajaradi. Ushbu muolajalarga misol tariqasida quyidagilarni keltirish mumkin: Download 2.41 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling