Akrom abbasovich karimov, farxod rashidovich islomov, anvar ziyadullaevich avloqulov


Download 2.41 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/174
Sana18.10.2023
Hajmi2.41 Mb.
#1707809
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   174
Bog'liq
xalqaro audit (1)

4.5Italiyada auditorlik faoliyati 
Buxgalteriyaning birinchi nazariyotchilari Benedetto Kotruli (1458 yil) va 
mashhur matematik olim Luka Pacholi (1494), shuningdek, ularning izdoshlari 
hisoblanadilar. Buxgalteriya hisobi sohasidagi ushbu birinchi mualliflar ikki asosiy 
nazariy yo’nalishning asoschilaridir. Buxgalteriya hisobining tabiati to’g’risidagi 
masalani turli mualliflar qanday hal etganligidan qat’iy nazar ularning barchasi 
o’zlari oldida turgan amaliy va nazariy muammolarni hal etishga o’zlarining 
munosib hissalarini qo’shganlar. Ilmiy yo’nalishning rivojlanishi hisob oldida 
turgan maqsadlarning qayta baholanishiga olib keldi. Agar ilgari hisob oldida 
turgan yagona maqsad moddiy boyliklarning to’liq saqlanishini ta’minlashdan 
iborat bo’lgan bo’lsa, XIX asrning boshlariga kelib yangi maqsad - xo’jalik 
jarayonlarining samaradorligini aniqlash shakllandi, boshqacha qilib aytganda 
buxgalteriya hisobi nazorat va boshqarish quroli sifatida tushunila boshlandi.
Ma’lumki, buxgalteriya hisobi bo’yicha birinchi ilmiy kitob mashhur 
italiyalik matematik Luka Pacholi (1445-1515 yillar) tomonidan yozilgan. Uning 
"Hisob varaqlari va yozuvlari to’g’risidagi risola"si 1494 yilda chop etilgan. 


74 
Bizning fikrimizcha, kitobning bunday nomlanishi asosli, chunki buxgalteriya 
hisobini auditdan ajratish noto’g’ri bo’lgan bo’lur edi. Chunonchi, ushbu kitobning 
"O’zing yuritayotgan yoki birovga ishonib topshirgan magazin hisobini yuritish 
tartibi va usullari, bu hisob alohida xo’jayinning asosiy kitobi va magazin 
kitoblarida qanday yuritilishi haqida" nomli 23-bobida magazin deganda ichki 
firma hisob-kitoblari yuritiladigan savdo firmasining filiali tushunilishi 
ta’kidlanadi. Hisob varaqalari tizimi (rejasi) to’g’risida fikr yuritar ekan, muallif 
hisob varaqalari kuzatish maqsadidan kelib chiqishini va shu sababli maqsad 
o’zgarishi bilan hisob varaqalari ham o’zgarishini uqtiradi. 1494 yilda L.Pacholi 
o’z kitobida shunday deydi: “Hisob varaqalari – bu savdogarning o’zi tomonidan 
o’rnatilgan tartibga amal qilishni ko’zda tutuvchi mohiyatdan boshqa narsa emas. 
Undan muvaffaqiyatli foydalanish natijasida savdogar o’zining barcha ishlari 
to’g’risida va ishlarning muvaffaqiyatli yoki muvaffaqiyatsiz ketayotganligi 
to’g’risida ma’lumotga ega bo’ladi”. U o’z fikrini davom ettirar ekan shunday 
ta’kidlaydi: “Zaruriyatga qarab ushbu vosita, ya’ni hisob varaqalari tuzishga 
murojaat qilgin va doimo esda tut: bu hisob varaqalarini ko’paytirish yoki 
kamaytirish mumkin”. Shunday qilib, XV asrning oxirlariga keliboq, xo’jalik 
boyliklari dunyosida hisob varaqalari ustidan nazorat yuritish ayrim shartlarga 
amal qilishni taqozo etishi anglab etildi. 
Italyan olimi D.Massa (1850-1978 yillar) fikricha, uning uchun buxgalteriya 
hisobi nafaqat boshqarish, balki odamlarni boshqarish to’g’risidagi fan 
hisoblanadi. “Xo’jalik faoliyati natijalarini aniqlash, ushbu xo’jalik faoliyatining 
boshqaruv 
organi 
topshiriqlariga 
muvofiq 
kelishini 
ta’minlash uchun 
bajarilayotgan xo’jalikning barcha ishini nazorat qilish hisobchilikning maqsadi va 
vazifalariga kiradi”, - deb ta’kidlaydi Massa. Italyan olimi nazorat organi – 
buxgalteriyaning ma’muriyatdan to’liq mustaqil bo’lishi to’g’risida batafsil 
to’xtalib o’tgan. “... nazorat, - deb yozadi u, - bir tomondan, har bir hujjat 
to’g’risida ma’lumotga, ikkinchi tomondan, erkin harakat qilish uchun zaruriy 
mustaqillikka ega bo’lgan organga sodiq bo’lish uchun zarur. Agar nazorat 
ma’muriyat o’z bosimini o’tkaza oladigan yoki yanada yomonrog’i salbiy ta’sir 


75 
o’tkaza oladigan kishilarga sodiq bo’lsa, u holda nazoratning mo’’tadil ishlashiga 
hech qanday kafolat yo’q”. Mantiqan qaraganda, “mustaqil nazorat” deganda 
Massa auditorlikni nazarda tutayapti. 1874 yilda D.Massa Italiyada birinchi 
buxgalteriyaga oid jurnalni chop eta boshladi. Bu jurnal keyingi 30 yil davomida 
nashr etilib turdi. 
Boshqa italiyalik olim Fabio Besa (1845-1923 yillar) fikricha, hisobning 
maqsadi – baho berish, uning predmeti - boyliklar, buxgalteriya hisobining o’zi esa 
nazorat to’g’risidagi fandir. Xo’jalik jamiyatning bir qismi va u xo’jalikda band 
bo’lgan kishilar manfaatlari asosida bo’lib olingan. Har bir xo’jalikda F.Besta uch 
turdagi vazifani ajratib ko’rsatadi. “Xo’jalik nazorati korxonada ishlayotgan har bir 
ishchini o’z ixtiyoriga qarshi bo’lsa-da, halol bo’lishga majbur qilishi lozim. 
Hisobchilik xo’jalik nazorati to’g’risidagi fan bo’lishi lozim”. Buxgalteriya hisobi 
va xo’jalik nazoratini o’zaro tenglashtirar ekan, u uch xil nazoratni ajratib 
ko’rsatadi: dastlabki, joriy va keyingi.
Garchi italiyalik olimlar asosan buxgalteriya hisobini rivojlantirish bilan 
shug’ullangan bo’lsalar-da, ammo ularning mulohazalarida auditni rivojlantirish 
bo’yicha ham fikrlar mavjud. Shaharlar, fabrikalarning rivojlanishi, shuningdek, 
savdo munosabatlarining kengayishi bilan tavsiflanuvchi 1600-1800 yillardagi 
iqtisodiy o’zgarishlar hisobga nisbatan yangi talablarni yuzaga chiqardi. Bu 
o’zgarishlar mulkka bo’lgan egalik huquqi va iqtisodiy ma’noda foyda va 
zararlarni aniqlashni asosiy masalaga aylantirdi. Audit ham eshitish jarayonidan 
yozma hujjatlarning batafsil tahliliga va tasdiq etuvchi guvohnomalar tadqiqotiga 
aylanib bordi.

Download 2.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling