Auditni rejalashtirishning maqsadi va vazifalari


Download 1.73 Mb.
bet1/2
Sana20.06.2023
Hajmi1.73 Mb.
#1636324
  1   2
Bog'liq
Abbosbek Auditni rejalashtirish


Auditni rejalashtirish

Auditni rejalashtirishning maqsadi va vazifalari


Rejalashtirish audit o‘tkazishning boshlang‘ich bosqichi bo‘lib, auditorlik tashkiloti tomonidan audit o‘tkazishning kutilayotgan hajmi, grafiklari va muddatlarini ko‘rsatgan holda auditning umumiy rejasini ishlab chiqish, hamda auditorlik tashkiloti tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy hisoboti to‘g‘risida xolisona va asoslangan xulosani shakllantirish uchun zarur bo‘lgan auditorlik tartib-taomillarning ketma-ketligini, turi va hajmini aniqlab beradigan auditorlik dasturini ishlab chiqishdan iboratdir.

Auditni rejalashtirishning maqsadi va vazifalari


Auditni rejalashtirish auditorlik tashkiloti tomonidan auditni o‘tkazishning umumiy prinsiplariga, shuningdek quyidagi xususiy prinsiplarga muvofiq o‘tkazilishi kerak:
Rejalashtirishninng kompleksligi
Rejalashtirishning maqbulligi
Rejalashtirishning uzluksizlig
Dastlabki rejalashtirish
Auditni umumiy rejasini tayyorlash va tuzish
Audit dasturini tayyorlash va tuzish
Auditni rejalashtirishda auditorlik tashkiloti yuqoridagi asosiy bosqichlarni ajratishi kerak:
Auditni dastlabki rejalashtirishning mazmuni
Auditni samarali rejalashtirish uchun auditorlik tashkiloti xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbariyati bilan auditni o‘tkazish bilan bog‘liq asosiy tashkiliy masalalarni kelishib olishi kerak

Dastlabki rejalashtirish bosqichida auditor xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy-xo‘jalik faoliyati bilan tanishishi va quyidagilar to‘g‘risida axborotga ega bo‘lishi shart:

Dastlabki rejalashtirish bosqichida auditor xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy-xo‘jalik faoliyati bilan tanishishi va quyidagilar to‘g‘risida axborotga ega bo‘lishi shart:


Xo‘jalik yurituvchi subyektning xo‘jalik faoliyatiga ta’sir ko‘rsatadigan, uning individual xususiyatlari bilan bog‘langan ichki omillar;
xo‘jalik yurituvchi subyektning tashkiliy-boshqaruv tuzilishi;
tashkilot tasarrufida qoladigan foydani taqsimlash tartibi;
Xo‘jalik yurituvchi subyekt ustavi;
Buxgalteriya hisobotlari;
Va boshqalari
mahsulot ishlab chiqarishning texnologik xususiyatlari;
Xo‘jalik yurituvchi subyektni ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi hujjatlar;
rentabellik darajasi;
xo‘jalik yurituvchi subyektning asosiy xaridorlari va ta’minotchilari;
Auditning umumiy rejasi va dasturini ishlab chiqishga kirishar ekan, auditorlik tashkiloti xo‘jalik yurituvchi subyekt to‘g‘risidagi dastlabki bilimlarga, shuningdek, o‘tkazilgan tahliliy tartib-taomillarning natijalariga asoslanishi kerak.
Audit umumiy rejasi va dasturini tayyorlashda auditorlik tashkiloti moliyaviy hisobotni ishonchli deb hisoblash imkonini beradigan muhimlilik darajasi va auditorlik riskining uning uchun maqbul darajasini belgilashi kerak. Auditorlik riskini rejalashtirishda, auditorlik tashkiloti, xo‘jalik yurituvchi subyekt auditidan qat’i nazar, ushbu hisobotga xos bo‘lgan moliyaviy hisobotning ajralmas riski va nazorat riskini belgilaydi. Belgilangan risklar va muhimlilik darajasi yordamida auditorlik tashkiloti audit uchun ahamiyatli sohalarni aniqlaydi va zarur auditorlik tartib-taomillarini rejalashtiradi. Audit jarayonida rejalashtirishda belgilangan auditorlik riski va muhimlilik darajasining o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatadigan holatlar yuzaga kelishi mumkin.
Tahliliy tartib-taomillarni o‘tkazish yordamida auditorlik tashkiloti audit uchun ahamiyatli bo‘lgan sohalarni aniqlashi kerak. Tahliliy tartib-taomillarning murakkabligi, hajmi va o‘tkazish muddatlarini auditorlik tashkiloti xo‘jalik yurituvchi subyektni moliyaviy hisoboti ma’lumotlarining hajmi va murakkabligiga qarab o‘zgartirishi kerak bo‘ladi.
Auditorlik tashkiloti, agar buni maqsadga muvofiq deb hisoblasa, tekshirilayotgan xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbariyati bilan auditni umumiy rejasi va dasturining ayrim qoidalarini kelishib olishi mumkin. Bunda auditorlik tashkiloti umumiy reja va dasturda aks ettirilgan uslub va usullarni tanlashda mustaqil hisoblanadi, lekin o‘z ishining natijalari uchun mazkur umumiy reja va dasturga muvofiq to‘liq javobgar bo‘ladi.
Umumiy reja va dasturni tayyorlashda auditorlik tashkiloti bajarayotgan tartib-taomillarning natijalarini batafsil hujjatlashtirish kerak, chunki mazkur natijalar auditni rejalashtirish uchun asos hisoblanadi va butun audit jarayoni davomida ishlatilishi mumkin.
Auditning umumiy rejasi va dasturini tuzishda, auditorlik tashkiloti hisob axborotiga ishlov berishning avtomatlashganlik darajasini inobatga olishi kerak, bu ham auditorlik tashkilotiga auditorlik tartib-taomillarning hajmi va xarakterini aniqroq belgilash imkonini beradi.

Download 1.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling