Akrom abbasovich karimov, farxod rashidovich islomov, anvar ziyadullaevich avloqulov
Download 2.41 Mb. Pdf ko'rish
|
xalqaro audit (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Auditorlik dalillari ishonchliligini baholashning umumiy qoidalari
Auditorlik dalillarini yig’ishda moliyaviy axbo-rotlarning rad etilishi mumkinligini inobatga olgan holda isbot yig’ish usullarini tanlashi mumkin. Auditorlik isbotlari, avvalo, relevant hamda to’liq bo’lishi lozim. Isbotlarning relevantligi biror-bir muammoni hal qilishda uning o’rnini aniqlashni bildirsa, to’liqlik esa har bir aniq vaziyatda ichki nazorat tizimini baholash va auditorlik xulosasining to’g’riligi ehtimolligi asosida aniqlanadi. Har qanday holatda auditor Tashqi m anba la rdan o li nga n audi to rl ik da li ll ar ini t ¤p la sh ( m as al an , uch inc hi sha x sdan ol in gan t as d iq ) ichki m anba lar d an o li n gand an ko ’r a ish onchl ir o q hi sob lana di A gar buxg al te ri y a hi sob i va i chk i na zor at n ing m av jud t izi m i sa m ar al i ish las a, ichk i m anb al ar da n ol ing an aud it o rl ik da li ll ar i ishonc hl i hi sob lana d i A udi to rl ik t as h ki lot i tom on idan b evos it a yi g’ il gan au di tor li k dal il la ri xo’ ja li k yur it uvc hi sub’ ekt dan o li ng an aud it o rl ik d al il la ri d an ko ’r a ish onch li roq h isob lan ad i Y ozm a r av ishd a o li ng an au di to rl ik d al il la ri og ’z aki ber il g an da li ll ar d an ko ’r a ishon chl ir oq hi sob lana di . T ur li m anba la rdan yi g’ il gan audi tor li k da li ll ar i bi r- b ir ig a zi d bo ’l m asa , isho nch li h is obl an adi Auditorlik dalillari ishonchliligini baholashning umumiy qoidalari 237 yig’ilgan dalillar auditorlik xulosasini yozish uchun foydali bo’lishini nazarda tutishi lozim. Auditorlik isbotlari ichki, tashqi hamda aralash bo’lishi mumkin. Ichki dalillar mijozdan og’zaki so’rov yoki yozma tasdiq asosida olinishi mumkin. Tashqi dalillar 3-shaxsdan yozma tasdiq asosida olinishi mumkin. Aralash dalillar mijozdan og’zaki yoki yozma tasdiq asosida hamda 3-shaxsdan tasdiqlangan holda olinishi mumkin. Auditor uchun eng qimmatli dalil tashqi dalillardir, so’ngra aralash hamda ichki dalillar zarur bo’ladi. Yozma shaklda yoki hujjat shaklida olingan dalillar og’zaki dalillarga nisbatan ishonchli hisoblanadi. Yig’ilgan dalillar auditorning ishchi hujjatlarida aks ettiriladi. Quyidagilar auditorlik dalillarini yig’ish manbalari bo’lib hisoblanadi: – iqtisodiy sub’ekt hamda 3-shaxslarning birlamchi hujjatlari; – iqtisodiy sub’ektning buxgalteriya hisobi registrlari; – iqtisodiy sub’ekt xodimlari va 3-shaxslarning og’zaki tushun-tirishlari; – inventarizatsiya natijalari; – buxgalteriya hisoboti. Xo’jalik muomalalarini kuzatish mobaynida yig’ilgan dalillar auditor uchun muhim hisoblanadi. Auditorlik isbotlari va dalillarining ishonchliligini aniqlashga bir qancha omillar ta’sir qiladi: auditorlik tavakkalchiligi darajasi, turli xil manbalardan olingan dalillarning turli-tumanligi va boshqalar. Agarda auditor dalillarni turli xil manbalardan olsa, auditorlik tavakkalchiligi kamayadi. Auditorlik dalillarini yig’ish nafaqat buxgalteriya hisoboti-ning ishochliligini isbotlashga, balki mijozga turli xil tavsiyalar berishda ham qo’l keladi. Auditning maqsadi, tekshiriladigan ob’ektlarni qamrab olish darajasi hamda hujjatlarni qay darajada olishga bog’liq holda auditor tomonidan tekshiruv davomida turli xil usullar ishlati-lishi mumkin. Auditor tomonidan auditorlik tekshiruvi davomida o’tkaziladigan usullarga quyidagilar kiradi: 238 Inventarizatsiya. Inventarizatsiya – bu ma’lum bir vaqtga korxona mablag’lari va ularning manbalarini haqiqiy mavjudligini, inventarizatsiya qilinayotgan ob’ektni natura shaklida sanash, ya’ni qoldiqlarini hisoblash yoki hisob yozuvlarini tekshirish yo’li bilan haqiqiy qilingan xarajatlarni belgilash. Inventarizatsiya tekshiruv davomida eng keng qo’llaniladigan usullardan biri bo’lib, uning yordamida joriy hisob ma’lumotlarining to’g’riligi tekshiriladi, hisobda yo’l qo’yilgan xatolar aniqlanadi, hisobga olinmagan xo’jalik muomalalari hisobga olinadi, moddiy javobgar shaxslar javobgarligi ostida bo’lgan mablag’larning butligi nazorat qilinadi. Auditor inventarizatsiya jarayonini kuzatishi yoki unda bevosita ishtirok etishi Download 2.41 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling