Akrom abbasovich karimov, farxod rashidovich islomov, anvar ziyadullaevich avloqulov


Xizmat ko’rsatuvchi tashkilot (Service organisation)


Download 2.41 Mb.
Pdf ko'rish
bet174/174
Sana18.10.2023
Hajmi2.41 Mb.
#1707809
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   174
Bog'liq
xalqaro audit (1)

Xizmat ko’rsatuvchi tashkilot (Service organisation) - mijoz u yoki bu xizmat 
ko’rsatuvchi tashkilot xizmatidan foydalanishi mumkin, masalan, operatsiyalarni 
bajarish va tegishli hisobotni yuritish yoxud operatsiyalar hisobi va tegishli 
ko’rsatkichlarni qayta ishlash (ya’ni, kompyuter-lashtirilgan ma’lumot tizimlari 
bo’yicha xizmat ko’rsatuvchi tashkilotlar). 


397 
Sharh bo’yicha kelishuv (Review engagement) - auditorlik tekshiruvini o’tkazish 
paytida barcha dalillar taqdim etilishiga imkoniyat bermaydigan muolajalar asosida 
auditorning e’tiborini jalb qilgan va moliyaviy hisobot barcha ahamiyatli jabhalar 
bo’yicha moliyaviy hisobotni taqdim etish bo’yicha belgilangan kontseptual 
asoslarga muvofiq tayyorlanmagan degan mulohaza tug’dirishiga asos bo’lgan 
qandaydir alohida jabhalar mavjudligini aniqlash uchun auditorga asos bo’lib 
hisoblanadi. 
Ekspert (Expert) - buxgalteriya hisobi va auditdan farqli boshqa sohada maxsus 
ko’nikmalarga, bilimlarga va tajribaga ega bo’lgan shaxs yoki firma. 
Xato (Error) - moliyaviy hisobotda bilmasdan qilingan noaniqlik. 
Hisoblash (Computation) - dastlabki hujjatlar va hisob yozuvlarining arifmetik 
tekshirishdan yoki mustaqil hisob-kitoblarni bajarishdan iborat. 
Hozir bo’lmoqlik (Attendance) - boshqa shaxslar tomonidan bajarilayotgan 
jarayonlar yoki uning bir qismi davomida hozir bo’lmoqlikni nazarda tutadi.; 
masalan, tovar-moddiy zahiralarni inventarlashda hozir bo’lmoqlik auditorga ular 
mavjudligini tekshirish va ushbu jarayon miqdoriy hisoblash va ushbu 
hisoblashlarni yozib borish hamda nazorat-miqdoriy hisoblash muolajalari 
yuzasidan sub’ekt rahbariyati tomonidan ishlab chiqilgan muolajalarga 
muvofiqligini kuzatib borish imkoniyatini yaratadi. 
Holatni ahamiyatli noto’g’ri ko’rsatish (Material misstatement of fact) - audit 
qilingan moliyaviy hisobot bilan bog’liq bo’lmagan boshqa ma’lumotda holatni 
ahamiyatli noto’g’ri ko’rsatish. Bunday ma’lumot noto’g’ri ko’rsatilganda yoki 
taqdim etilganda vujudga keladi. 
Hujjatlar (Documentation) - auditor uchun auditor tomonidan tayyorlangan yoki 
audit o’tkazilishi munosabati bilan auditor tomonidan olingan va saqlanadigan 
material (ishchi hujjatlar). 

Download 2.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling