Akrom abbasovich karimov, farxod rashidovich islomov, anvar ziyadullaevich avloqulov


Download 2.41 Mb.
Pdf ko'rish
bet172/174
Sana18.10.2023
Hajmi2.41 Mb.
#1707809
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   174
Bog'liq
xalqaro audit (1)

So’rov (Inqury) - sub’ekt doirasidagi yoki uning doirasi tashqarisidagi xabardor 
shaxslardan ma’lumot olishdan iborat. 
Tanlab olish tavakkalchiligi (Sampling risk) - tanlab olish tavak-kalchiligi
auditorning tanlab olish asosida tayyorlangan xulosasi barcha tanlab olish majmui 
bo’yicha shunga o’xshash auditorlik muolajasi qo’llanilgan taqdirda tayyorlangan 
xulosadan mumkin bo’lgan farqdan kelib chiqadi. 
Tanlab olishdan tashqari tavakkalchilik (Non-sampling risk) - auditorlik 
dallilarning ko’proq qismi yakuniy emasligi, balki ishonchlilik tavsifiga egaligidan 
kelib chiqadi. Auditor nomuvofiq muolajalarni qo’llashi yoki dallilarga noto’g’ri 
talqin berishi va, natijada, xatoni aniqlay olmasligi mumkin. 
Tanlab olishdan tashqari tavakkalchilik (Non-sampling risk) - (“Tanlab olish 
tavakkalchiligi”ga qarang). 
Tarkibiy qism (Component) - moliyaviy hisoboti asosiy auditor tomonidan audit 
qilinadigan va moliyaviy hisobotga kiritiladigan quyi bo’linma, filial, qaram 
korxona, qo’shma korxona, uyushmaga aylantirilgan kompaniya yoki boshqa 
sub’ekt. 


396 
Tasdiqlash (Confirmation) - hisob yozuvlarida mavjud bo’lgan ma’lumotlarni 
tasdiqlash uchun so’rovnoma savollariga javoblar taqdim etishdan iborat. 
Tasdiqlash (Assertions) - to’g’ridan-to’g’ri yoki boshqa usul bilan moliyaviy 
hisobotga 
kiritiladigan 
sub’ektning taqdimotlari (“Moliyaviy hisobotni 
tasdiqlash”ga qarang). 
Tahliliy amallar (Analitical procedures) - ahamiyatli koeffitsientlar va 
yo’nalishlarning tahlilidan, jumladan boshqa relevant ma’lumotlarga izchil 
bo’lmagan yoki istiqboli belgilangan summalardan chetga chiqadigan o’zgarishlar 
va o’zaro bog’likliklarning kelgusi tadqiqotidan iborat. 

Download 2.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling