Akrom abbasovich karimov, farxod rashidovich islomov, anvar ziyadullaevich avloqulov


Download 2.41 Mb.
Pdf ko'rish
bet170/174
Sana18.10.2023
Hajmi2.41 Mb.
#1707809
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   174
Bog'liq
xalqaro audit (1)

Muvofiqlik (Appropriateness) - auditorlik dalillarining sifat o’lchovi, aniq 
tasdiqlashga nisbatan relevantligi va ularning ishonchliligi hisoblanadi. 
Mufassal tekshiruv (Walk-through test) - bir qator operatsiyalarni buxgalteriya 
hisobining barcha tizimi orqali kuzatib boradigan testlardan iborat. 
Muhimlilik (Materialiti) - ma’lumot inobatga olinmagan yoki noto’g’ri 
ko’rsatilgan taqdirda u foydalanuvchilarning moliyaviy hisobot asosida qabul 
qilgan iqtisodiy qarorlariga ta’sir ko’rsatishi mumkin bo’lsa, bunday ma’lumot 
muhimli hisoblanadi. Muhimlilik ma’lum sharoitlarda inobatga olmaslik yoki 
noto’g’ri ko’rsatish to’g’risida fikr qabul qilish paytida modda yoki xato miqdoriga 
bog’liq. Binobarin, muhimlilik ma’lum bir pog’ona yoki hisoblash nuqtasi va 
ma’lumot foydali bo’lishi uchun boshlang’ich sifat tavsifi hisoblanadi. 
Nazorat muolajalari (Control procedures) - sub’ektning aniq masalalarini echish 
uchun nazorat muhitga qo’shimcha ravishda sub’ekt rahbariyati tomonidan 
belgilangan muolaja va siyosat. 
Nazoratli muhit (Control environment) - ichki nazorat tizimi va u sub’ekt uchun 
muhimliligiga sub’ekt direktori va rahbariyatining umumiy nuqtai-nazari
xabardorliligi va harakatini qamrab oladi. 
Nazorat testlari (Test of control) - quyidagilar samaradorligi yuzasidan auditorlik 
dalillarini olish maqsadida amalga oshiriladi: 
(a) buxgalteriya hisobi va ichki nazorat tizimlari tashkil etilishi, ya’ni ular 
ahamiyatli noto’g’ri ko’rsatishlarni oldini olish, aniqlash va tuzatish uchun 
qanchalik yaxshi tashkil etilganligi; 
(b) ichki nazorat butun davr mobaynida o’z vazifasini bajarishi. 


395 
Noaniqlik (Uncertainty) sub’ektning bevosita nazoratida bo’lmagan, lekin 
kelajakda moliyaviy hisobotga ta’sir etishi mumkin bo’lgan harakatlar va 
xodisalardan kelib chiqadigan vaziyat. 

Download 2.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling