Akrom abbasovich karimov, farxod rashidovich islomov, anvar ziyadullaevich avloqulov


Kompyuter axboriy tizimlari (KAT) (Computer information systems (CIS)) -


Download 2.41 Mb.
Pdf ko'rish
bet167/174
Sana18.10.2023
Hajmi2.41 Mb.
#1707809
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   174
Bog'liq
xalqaro audit (1)

Kompyuter axboriy tizimlari (KAT) (Computer information systems (CIS)) - 
sub’ekt audit uchun ahamiyatli bo’lgan moliyaviy ma’lumotni qayta ishlash uchun 
har qanday turdagi yoki o’lchamli kompyuterdan foydalanganda, bu kompyuter 
ushbu sub’ekt yoki uchunchi tomondan foydalanishidan kat’i nazar, kompyuter 
axboriy tizimlari muhiti vujudga keladi. 
Kompyuter axborot tizimlarida nazoratning umumiy muolajalari (General 
controls in computer information sistems) - barcha ichki nazorat masalalari hal 
etilgan degan ishonch darajasini ta’minlash maqsadida kompyuter axborot tizimlari 
ishi yuzasidan umumiy nazorat asosini barpo etish. 
Kompyuter ma’lumotlar tizimlaridagi amaliy dasturlar yuzasidan nazorat 
muolajalari (Application controls in computer information systems)
kompyuterlashtirilgan usul yordamida yuritiladigan buxgalteriya hisobining amaliy 
dasturlari yuzasidan alohida muolajalar. Ushbu vositalar barcha operatsiyalarni 
bajarishga ruxsat olinganligi va ular tegishli aniqlik, o’z vaqtida va to’liq hajmda 
aks ettirilganligi va ishlov berilganligi to’g’risida oqilona ishonchni ta’minlash 
uchun buxgalteriya hisobining amaliy dasturlari yuzasidan alohida muolajalarni 
belgilash maqsadida qo’llaniladi. 
Kuzatish (Observation) - boshqa shaxslar tomonidan amalga oshirilayotgan 
jarayon yoki muolajalar yuzasidan kuzatish o’tkazishdan iborat; masalan, auditor 
sub’ekt xodimlari tomonidan auditorlik natijalariga ega bo’lmagan tovar-moddiy 
zahiralarni qayta sanash yoki ichki nazorat muolajalarini bajarish paytida kuzatish 
o’tkazishi mumkin. 
Kutilayotgan xato (Expected error) - tanlab olish yig’indisida auditor tomonidan 
kutilayotgan xato. 


393 
Ko’lamni cheklash (Limitation on scope, Scope limitation) - ayrim paytlarda 
auditorning ish ko’lami sub’ekt tomonidan cheklanishi mumkin (masalan, kelishuv 
shartlarida auditor lozim bo’lgan auditorlik muolajalarini bajarmasligi ko’zda 
tutilgan bo’lsa). Kulamni cheklash ma’lum shart-sharoitlardan kelib chiqishi 
mumkin (masalan, auditorning ishlash muddati auditorga tovar-moddiy zahiralarni 
inventarlash yuzasidan nazorat qilish imkonini bermaydi). Ko’lamni cheklash
shuningdek, auditorning fikri bo’yicha sub’ektning hisob yozuvlari mos emas deb 
hisoblanganda yoki auditor tavsiya qilingan muolajani bajarish uchun imkon 
bo’lmaganda vujudga kelishi mumkin. 

Download 2.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling