Auditorning ma’lumot bilan bog’liqligi (Auditor`s assocition) - ma’lumot
auditorning hisobotiga ilova qilingan yoki kasbiy aloqalarda auditor nomini
foydalanishga ruxsat berilgan taqdirda auditor moliyaviy hisobot bilan bog’liq deb
hisoblanadi.
Balans sanasidan keyingi hodisalar (Post-balance sheet events) - (“Kelgusi
xodisalar”ga qarang).
Biznes to’g’risida bilimga ega bo’lish (Knowledge of the business) - sub’ekt o’z
faoliyatini amalga oshirayotgan doirada iqtisod va tarmoqni, shuningdek sub’ekt
qanday faoliyat ko’rsatayotganligi to’g’risida aniqroq bilimga ega bo’lish.
Boshlang’ich qoldiq (Opening balances) - davr boshiga hisobvaraqlar bo’yicha
mavjud bo’lgan qoldiqlar. Boshlang’ich qoldiq o’tgan davr bo’yicha yakuniy
qoldiqqa asoslanadi va o’tgan davrlar bo’yicha operatsiyalar va ushbu davrlarda
qo’llanilgan hisob siyosati ta’sirini aks ettiradi.
Bog’liq tomonlar (Related parties) - 24-sonli Buxgalteriya hisobining xalqaro
standartlarida bog’liq tomonlar va bog’liklik tomonlar orasidagi operatsiyalari
quyidagicha ifodalangan:
Bog’liq tomon (Related party) - moliyaviy va tezkor qarorlarni qabul qilish
jarayonida bir tomon boshqa tomon ishini nazorat qilgan yoki ahamiyatli darajada
ta’sir ko’rsatish qobiliyatiga ega bo’lgan taqdirda tomonlar bog’liq deb
hisoblanadi.
Bog’liq tomonlar orasidagi operatsiyalar (Related party transaction) - narxi
belgilanganligidan qat’i nazar, bog’liq tomonlar o’rtasida bir-biriga zahiralar yoki
majburiyatlarni o’tkazish.
Buxgalteriya baholash (Accounting estimate) - aniq o’lchov usullari bo’lmagan
modda summasining yaqinlashtirilgan ko’rsatkichi.
Buxgalteriya hisobining keng-qamrovlik asosi (Comprehensive basis of
accounting) - moliyaviy hisobotni tayyorlashda barcha ahamiyatli moddalarga
nisbatan qo’llaniladigan va mustahkam negizga ega bo’lgan bir qator mezonlardan
iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |