Mavzu: Buxgalteriya hisobining nazariy va amaliy muammolari
Reja:
KIRISH
I-BOB. Korxonalarda buxgalteriya hisobi yuritishning ahamiyati
Biznes jarayonlarida buxgalteriya hisobi yuritishning ahamiyati
Buxgalteriya hisobi registrlari haqida tushuncha va ularning ahamiyati
II-BOB. Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o`tish sharoitida buxgalteriya hisobining muammolari va ularning yechimlari
2.1. Xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga oʻtishning dolzarbligi
2.2. Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o`tish sharoitida buxgalteriya hisobining muammolari va yechimlari
2.3. Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini joriy etishning tashkiliy asoslari
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
Mavzuning dolzarbligi: Iqtisodiyotimizning barcha jabhalarida bo`lgani kabi, buxgalteriya hisobi borasida ham ulkan o`zgarishlar sodir bo`ldi. Keyingi yillar mobaynida xalqaro standartlarga to`la-to`kis javob beruvchi buxgalteriya hisobi tizimini yaratish borasida ko`pgina islohotlar olib borilmoqda. Buxgalteriya hisobidan foydalanuvchilar doirasi ancha kengayib borayotganligi, integratsiya jarayonlari chuqurlashayotganligi, qo`shma korxonalar barpo etilayotganligi, jahon moliya bozoriga chiqilayotganligi sarmoyalar, ishchi kuchi va valyutaning ayrim mamlakatlar o`rtasida erkin harakatlanishi zarurligi buxgalteriya hisobi tizimini jahon standartlariga ko`chirishni yanada qattiqroq talab qilmoqda.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi 4947-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “2017-2021 -yillarda 0‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasi” jamiyat hayoti barcha sohalari uchun asosiy dastur bo`lib hisoblanadi.
Mamlakatni yanada rivojlantirish va rivojlangan davlatlar darajasiga yetkazish maqsadida qabul qilingan ushbu hujjatning uchinchi yo`nalishida belgilangan iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo`nalishlari borasidagi vazifalar ijrosi tayyorlanayotgan kadrlar sifatiga ham bog`liqdir.
Bunday ustuvor vazifani bajarish iqtisodiyotning rivojlanishini zamon talablariga moslashtirib, takomillashtirib borishni taqozo etadi. Har bir xo`jaiik yurituvchi subyekt o`z faoliyatining foydalilik darajasini doimo tahlil qilishga va amalga oshirilayotgan jarayonlarni hisobini to`g`ri tashkil qilishlari zarur. Bu sharoitda buxgalteriya hisobining ahamiyati katta bo`lib, undan yanada unumli foydalanish zaruriyati ortib boradi. Chunki, aynan shu sohalar iqtisodiyot subyektlarining aytib o`tilgan talablarning bajarilishida muhim o`rinni egallaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |