Akrom abbasovich karimov, farxod rashidovich islomov, anvar ziyadullaevich avloqulov


Download 2.41 Mb.
Pdf ko'rish
bet165/174
Sana18.10.2023
Hajmi2.41 Mb.
#1707809
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   174
Bog'liq
xalqaro audit (1)

Istiqbolni belgilash (Forecast) - sub’ekt rahbariyati tomonidan kutilayotgan sodir 
etilishi mumkin bo’lgan kelgusi xodisalar, shuningdek sub’ekt rahbariyati 
ma’lumot tayyorlash sanasiga amalga oshirishni ko’zda tutgan harakatlarini 
nazarda tutgan holda tayyorlangan istiqbolliy moliyaviy ma’lumot (eng aniq 
ma’lumot). 
Ichki audit (Internal auditing) - sub’ekt tarkibida uning xizmat bo’linmasi sifatida 
tashkil etilgan ishni baholash bo’yicha faoliyat. Boshqa masalalar bilan bir qatorda, 
uning vazifasi buxgalteriya hisobi va ichki nazorat tizimlari mosligi va 
samaradorligini tekshirish, baholash va monitoringdan iborat. 
Ichki nazorat tizimi (Internal control system) - ob’ekt rahbariyati tomonidan
amalda bajarilishi mumkin bo’lgan darajada, ob’ekt rahbariyatining batartib va 
samaradorlik bilan faoliyat ko’rsatishi, jumladan, sub’ekt siyosatiga amal qilinishi, 
aktivlar butligini ta’minlanishi, tovlamachilik va xatolarni oldini olish va
aniqlanishi, buxgalteriya yozuvlarining aniqligi va to’liqligi, shuningdek ishonchli 
moliyaviy ma’lumot tayyorlanishini ta’minlanishiga qaratilgan barcha muolajalar 
va siyosat (ichki nazorat). Ichki nazorat tizimi bevosita buxgalteriya hisobi tizimi 
vazifalariga taalluqli bo’lgan masalalar doirasidan chetga chiqadi. 
Ishonchlilik (Assurance) - bir tomondan taqdim etilgan va ikkinchi tomondan 
foydalanish uchun qo’llaniladigan tasdiqlashlarning ishonchliligiga nisbatan 
auditorning qoniqqanligini ifodalash tariqasida qaraladi. Bunday ishonchlilikni 
ta’minlash uchun auditor amalga oshirilgan muolajalar natijasida to’plangan 
dalillarni baholaydi va xulosa chiqaradi. Auditorning ishonchlilik darajasi va, 
binobarin, ta’minlanadigan ishonchlilik darajasi amalga oshirilgan muolajalar va 
ularning natijalari bilan belgilanadi. 
Ishchi hujjatlar (Working papers) - auditorning ishlarni bajarish, rejalashtirish
tavsifi, muddati, hajmi, auditorlik muolajalarini amalga oshirish va olingan 
auditorlik dalillari asosidagi xulosalarga oid hujjatlari. Ular qog’ozlarda, 
fotoplenkalarda, disketalarda, elektron shakllarda yoki boshqacha yuritish va 
saqlash shakllarida saqlanishi mumkin. 

Download 2.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling