Akrom abbasovich karimov, farxod rashidovich islomov, anvar ziyadullaevich avloqulov


Download 2.41 Mb.
Pdf ko'rish
bet171/174
Sana18.10.2023
Hajmi2.41 Mb.
#1707809
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   174
Bog'liq
xalqaro audit (1)

Nomuvofiqlik (Noncompliance) - amaldagi qonunlarga yoki me’yoriy hujjatlarga 
zid holda audit o’tkazilayotgan ob’ekt tomonidan bilib turib yoki bilmasdan yo’l 
qo’ygan xato va kamchiliklari. 
Noto’g’ri ko’rsatish (Misstatement) - xato yoki tovlamachilik natijasida moliyaviy 
ma’lumotda vujudga kelishi mumkin bo’lgan noto’g’ri ko’rsatishlar. 
Oraliq moliyaviy ma’lumot yoki hisobot (Interim financial information or 
statements) - moliyaviy davrga nisbatan oraliqdagi sanalar (odatda yarim yil yoki 
chorak davri) bo’yicha tayyorlangan moliyaviy ma’lumot (yuqorida keltirilgan 
talqinga muvofiq to’liq moliyaviy ma’lumotdan kamroq hajmda bo’lishi mumkin). 
Rejalashtirish (Planning) - auditning kutilayotgan tavsifi, muddati va hajmiga 
mufassal yondoshish va umumiy strategiyani ishlab chiqish. 
Segment bo’yicha ma’lumot (Segment information) - moliyaviy hisobotda 
sub’ektning farqlanadigan tarkibiy qismi yoki tarmoq va jug’rofiy jabhalariga 
taalluqli ma’lumot. 
Sifat nazorati (Quality controls) - auditorlik firmasi tomonidan amalga oshirilgan 
barcha auditorlik tekshiruvlar 220-sonli “Auditorlik ishi sifatini nazorat qilish” 
Auditning xalqaro standartlarida qayd etilgan Moliyaviy hisobot auditining 
maqsadi va uni tartibga solishning umumiy tamoyillariga muvofiq amalga 
oshirilganligiga oqilona ishonch hosil qilish uchun auditorlik firmasi tomonidan 
qabul qilingan siyosat va muolajalar. 
Sub’ekt rahbariyati (Management) - rahbariyat katta xodimlar va rahbarlik 
vazifalarini bajaruvchi boshqa shaxslardan iborat bo’ladi. Direktorlar va auditorlik 
qo’mitasi faqat ushbu vazifalarni bajargan hollarda rahbariyat tarkibiga kiradi. 
Sub’ekt rahbariyatining taqdimotlari (Management representations) - audit 
o’tkazish jarayonida sub’ekt rahbariyati tomonidan o’z xohishi yoki aniq 
savollarga binoan auditorga taqdim etaladigan ma’lumotlar. 

Download 2.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling