Auditorlik faoliyatining rivojlanish bosqichlari: tasdiqlovchi audit, maqsadli sistemali audit, tavakkalchilikka asoslangan audit Kirish Reja
Download 38.48 Kb.
|
tavakkalchilikka asoslangan audit
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati. Kirish
Auditorlik faoliyatining rivojlanish bosqichlari: tasdiqlovchi audit, maqsadli sistemali audit, tavakkalchilikka asoslangan audit Kirish Reja: Auditning paydo bo’lish shart-sharoitlari Audit turlari: tasdiqlovchi audit, maqsadli sistemali audit, tavakkalchilikka asoslangan audit Auditorlik faoliyatining hozirgi holati Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati. Kirish Mamlakatimizda barqaror va samarali iqtisodiyotni shakllantirish borasida amalga oshirib kelinayotgan islohotlar bugungi kunda o’zining natijalarini namoyon etmoqda. Jumladan, qisqa vaqt ichida iqtisodiyotda chuqur tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish, aholi daromadlarining sishini ta’minlash, samarali tashqi savdo hamda investitsiya jarayonlarini kuchaytirish, qishloq xo’jaligini isloh qilish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasini barqaror rivojlantirishda moliyaviy hisobot auditi ularning faoliyatini mustahkamlashda ahamiyatli yutuqlar qo’lga kiritishda asosiy omillardan biri bo’lib kelmoqda. O’zbekistonning xalqaro iqtisodiy maydondagi nufuzi va mavqei xo’jalik yurutuvchi subyektlarning moliyaviy hisobotni auditorlik tekshiruvidan o’tkazishi hamda moliyaviy faoliyatni mustahkamlanishi orqali sezilarli darajada muntazam oshib bormoqda. Bunda mamlakatimiz rahbari Islom Karimov tomonidan ijtimoiyiqtisodiy rivojlanish strategiyasining puxta ishlab chiqilganligi, iqtisodiy islohotlar maqsadi va vazifalari, amalga oshirish yo’llarining aniq va to’g’ri ko’rsatib berilganligi bosh maqsad yo’lidagi yutuq va marralarning salmoqli bo’lishiga imkon yaratdi. Hozirgi davrda dunyo mamlakatlari ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti o’zining ma’no-mazmuni jihatidan oldingi bosqichlardan keskin farq qiladi. Bunda eng asosiy va muhim jihat – milliy iqtisodiyotlarning tobora integratsiyalashuvi va globallashuvining kuchayib borishidir. Ayni paytda bu jarayonlar xalqaro maydondagi raqobatning ham keskinlashuviga, har bir mamlakatning xo’jalik subyektlar moliyaviy o’z mavqeini mustahkamlashi uchun kurashining kuchayishiga ham ta’sir ko’rsatadi. Biroq, o’z o’rnida ta’kidlash lozimki, jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuv va globallashuvning ijobiy tomonlari bilan bir qatorda ma’lum ziddiyatli jihatlari ham mavjud. Jumladan, turli mamlakatlardagi iqtisodiy rivojlanishning bir tekisda bormasligi, ya’ni korxona, tashkilotlarda moliyaviy hisobotlarda aks ettirilgan. «Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, o’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari» TDIU, o’quv qo’llanma, “Iqtisodiyot” 2009 y. ma’lumotlarning haqqoniy emasligi, turli faoliyatdan olingan pul mablag’larni noto’g’ri sarflanishi, xalqaro valyuta kredit munosabatlarining buxgalteriya hisobida aniq aks ettirilmaganligi dunyo mamlakatlari o’rtasida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jihatidan tafovutlar chiqishiga, jahon xo’jaligining yaxlit tizim sifatida barqaror rivojlanishiga to’sqinlik qiladi. Shuningdek, mazkur jarayonlarining yana bir xususiyatli jihati – jahonning bir mamlakatida ro’y berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy larzalarning muqarrar ravishda boshqa mamlakatlarga ham o’z ta’sirini o’tkazishi hisoblanadi. Shuni ham ta’kidlashimiz kerakki, nafaqat yuqorida keltirilgan yaqin o’tmishdagi holatlar, balki XVII asrlardanoq buxgalteriya va audit faoliyatiga ehtiyoj oshib borgan. Yuqorida keltirilgan mavzudagi jumlalarni tahlil qilish orqali shuni ta’kidlashimiz mumkinki, Auditning fan sifatida shakllanib, hozirgi darajasiga yetgunga qadar bir qancha davrlarni va bosqichlarni bosib o’tgan. Quyida bu haqida batafsil yoritishga harakat qilaman. Download 38.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling