Akrom abbasovich karimov, farxod rashidovich islomov, anvar ziyadullaevich avloqulov
Download 2.41 Mb. Pdf ko'rish
|
xalqaro audit (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat amallari
Ichki nazorat tizimi tuzilmasi
Nazorat muhiti - korxonada ichki nazorat uchun qulay bo’lgan o’zaro xizmat munosabatlarini aniqlaydigan belgilar yig’indisidir Korxonadagi buxgalteriya hisobi tizimi - tegishli xo’jalik muomalalarini yozishga taalluqli hisob siyosati va amallardir Nazorat amallari - korxona xodimlari tomonidan bajariladigan maxsus tekshiruvlar 269 haqi bilan o’z vaqtida ta’min-lanishi, xodimlarning malakasi oshirilayotganligi, buxgalteriya hisobida amalga oshirilayotgan muomalalarni tekshirishga huquqi borligini, ta’sischilar umumiy yig’ilishining qarorlari, buyruqlari bilan tanishayotganligi va boshqa sharoitlar mavjudligini tekshiradi. Agarda yuqorida sanab o’tilgan shart-sharoitlar ichki nazorat tizimiga to’liq yaratib berilgan hamda ushbu bo’lim xodimlari o’z vazifalarini sidqidildan bajarayotgan bo’lsa, u holda auditor ichki nazorat tizimining faoliyatini ishonchli deb topadi hamda tekshirish muddati va unga ketadigan xarajatlarni qisqartiradi. Auditor ichki nazorat tizimi faoliyatiga baho berishda muayyan usullarni qo’llaydi. Bu usullar auditorlik tashkiloti tomonidan ishlab chiqiladi. Eng ko’p uchraydigan tekshirish usuli test hisoblanadi. Odatda, test usuli tanlab tekshirish asosida amalga oshiriladi. Mijoz korxonaning buxgalteriya hisobi va ichki nazorat tizimini ishonchli deb topish uchun uning faoliyati quyidagi talablarga javob berishi lozim: 1. Haqqoniylik. Bu talab korxonada amalga oshirilgan muomalalar haqiqatda bo’lgan hamda ular o’z vaqtida hujjatlarda rasmiy-lashtirilganligini anglatadi. 2. To’liqlik. Bu talab korxonada amalga oshirilgan muomalalar buxgalteriya hisobida bekamu ko’st, to’lig’icha aks ettirilganligini ifodalaydi. 3. Ruxsat. 4. Aniqlik. Bu talab hujjatlardagi hamda buxgalteriya hisobi registrlaridagi summalarning aniq hisoblanganligini anglatadi. 5. Tasniflash. Bu talab barcha muomalarning hisobvaraqlarda to’g’ri, mos ravishda aks ettirilganligini anglatadi. 6. Hisob. Bu talab muomalalarga mos keluvchi barcha hisob jarayoni tugallanganligini hamda u umumqabul qilingan standartlarga mos kelishini ifodalaydi. 7. Davriylik. Bu talab muomalalar qaysi davrda sodir bo’lgan bo’lsa, o’sha davrda rasmiylashtirilishini anglatadi. 270 Yuqorida sanab o’tilgan talablarga javob berish auditorlarning mijoz korxonaning buxgalteriya hisobi hamda ichki nazorat tizimining to’g’ri baholashiga yordam beradi. Download 2.41 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling