225
auditorlik tekshiruvi rahbarini tayinlaydi va auditga yo’naltirilgan
mutaxassislar guruhini tuzadi;
tekshirilayotgan sub’ektning auditorlik xulosasida aks etgan buxgalteriya
hisobining haqqoniyligi to’g’risida auditorlik tashkilotining fikrini aks ettiradi.
Auditorlik tashkilotining rahbari o’z tashkiloti
nomidan berilgan auditorlik
xulosasining tarkibidan to’liq xabardor bo’lishi lozim. Auditorlik tashkilotining
rahbari auditorlik faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun attestatsiyadan o’tgan
bo’lishi kerak. Auditorlik tekshiruvining rahbari auditorlik tekshiruvining xo-dimi
hamda xo’jalik yurituvchi sub’ektni auditorlik tekshiruvidan o’tkazayotgan
xodimlar guruhiga rahbarlik qilayotgan shaxs hisoblanadi.
Auditorlik tekshiruvining rahbari quyidagilar uchun ma’suldir:
xo’jalik yurituvchi sub’ekt bilan joriy nazorat ishlarini tashkil etish va olib
borish;
ishlarni rejalashtirish (umumiy reja va audit dasturini tasdiqlaydi);
o’tkazilayotgan audit va uning natijalari bo’yicha
tayyorlanayotgan ish
hujjatlarini auditorlik milliy standartlariga va ichki firma talablariga muvofiqligi;
auditorlik xulosasi tarkibiga ta’sir etishi mumkin bo’lgan audit natijalari
to’g’risida auditorlik tashkiloti rahbarni xabardor qilish;
auditorlik tekshirish rahbari auditorlik faoliyatini
amalga oshirish huquqi
uchun attestatsiyadan o’tgan bo’lish kerak.
Bosh auditor auditorlik tashkilotining hodimi bo’lib, unga audit tekshiruvi
ishtirokchilariga rahbarlik qilish yuklatilgan bo’lishi mumkin.
Bosh auditor quyidagilar uchun ma’suldir:
Auditorlik jarayoni
natijalariga tayyorgarlik, ularni amalga oshirish va
hujjatlashtirish;
Unga biriktirilgan audit tekshiruvi ishtirokchilari
ishlarini tashkil etish va
nazorat qilish.
Bosh auditor auditorlik faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun
attestatsiyadn o’tgan bo’lishi lozim.