Akrom abbasovich karimov, zafar avazmuratovich muqumov, mutabar hamidullaevna khodjaeva


Download 3.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/185
Sana06.10.2023
Hajmi3.91 Mb.
#1693293
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   185
Bog'liq
Akrom abbasovich karimov, zafar avazmuratovich muqumov, mutabar

A) Vakolatlarni berish: 
– auditorlarning mustaqilligi, kasb mahorati va kompetentliligini ta’minlashi; 
– auditorlar uchun zarur harakat erkinligini ta’minlash; 
– auditning yozma dasturidan foydalanish. 
B) Kuzatuv: 


217 
– auditorlar ishini joriy nazorat qilishni ta’minlash; 
– monand harakatlarning qilinishi uchun xo’jalik yurituvchi sub’ektning 
buxgalteriya hisobiga oid muammoli masalalarni bilish. 
V) Tekshirish: 
– uning andozalariga muvofiq bajarilishi, hujjatlarning etarliligi, auditorlik 
tekshirish maqsadlariga erishilishini ta’minlash uchun auditorlar tomonidan 
amalga oshirilgan jami ishlarning tekshirilishi. 
Audit sifatini umumiy nazorat qilish quyidagi unsurlar mavjudligi asosida 
amalga oshiriladi: 
G) Mustaqillik. 
Qoida va jarayonlar barcha darajalardagi xizmat ko’rsatuvchilar o’z 
mustaqilliklarini saqlab qolishlariga asosli ishonchni ta’minlashi lozim. Ushbu 
talabning bajarilishi uchun auditorlik tashkilotlari bir yilda bir marotaba o’z 
mijozlari ro’yxatini tarqatishi va o’z xizmatchilaridan mustaqillik to’g’risidagi 
arizani imzolashlarini talab qilish mumkin. 
D) Xizmatchilarga topshiriqlar. 
Qoida va jarayonlar ish maxsus tayyorgarlik va tajribaga ega shaxslar 
tomonidan bajarilishiga asosli ishonchni ta’minlab berishi kerak. Mazkur talabning 
bajarilishi uchun auditorlik tashkiloti ishni o’z xizmatchilari uchun zarur 
topshiriqlarning oldindan aniqlab olishi mumkin bo’lgan holda rejalashtirib olishi 
kerak bo’ladi. 
E) Maslahatlar. 
Qoida va jarayonlar auditorlik tashkilotining xizmatchilari texnikaga oid 
masalalar bo’yicha yaxshi xabardor bo’lgan va obro’li shaxslardan yordam olishga 
intilishlari mumkinligiga asosli ish-onchni ta’minlab borishi lozim. Ushbu 
talabning bajarilishi yo’-lida auditorlik tashkilotlar audit, buxgalteriya hisobi va 
moliyaviy hisobotlarni yuritish, soliqqa tortish, maslaxat hizmatlari kabi sohalar 
bo’yicha auditorlik tashkilotini ekspertlar sifatida ma’lum bir shaxslarni tayinlashi 
mumkin. 


218 
J) Kuzatuv. 
Qoida va jarayonlar auditorlik tashkilotlarning joriy faoliyati unda belgilangan 
sifat andozalariga javob berishligiga asoslangan ishonchni ta’minlab berishi lozim. 
Auditorlik tashkilotni kuzatuv jarayonlarini belgilanish uchun javobgarligi aniq 
majburiyatlarning shartnoma asosida rejalashtirilish va bajarilishi uchun auditni 
o’tkazayotgan xizmatchilarning javobgarligidan farq qiladi. Ushbu kuzatish 
talablarning qondirilishi uchun auditorlik tashkiloti barcha ish hujjatlarini 
hisobotlarini talab qilishi va ularni tegishli nazorat qiluvchi va texnik xodimlarga 
tekshirish uchun taqdim etishi mumkin.

Download 3.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling