MUSTAQIL TA’LIM TOPSHIRIQLARINING BAJARILISH TARTIBI
Savol-javob
Bajarilishi: mavzudan kelib chiqib berilgan savollarga to’liq javob tayyorlash va ularni o’zlashtirish.
Referat
Bajarilishi: mavzu bo’yicha ilmiy adabiyotlar va internet ma’lumotlaridan foydalangan holda ma’lumotlarni tizimli, reja asosida umumlashtirish.
Reja tuzish tartibi:
Kirish
….
….
….
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Hisobot tayyorlash
Bajarilishi: mavzu bo’yicha qilingan ishlarni skrinshot qilib Word dasturida bajarilish tartiblari bilan izohlab hisobot tayyorlash.
Rasmli ma`lumot tayyorlash
Bajarilishi: mavzuga taalluqli bo’lgan qurilmalarning rasmlari va izohini MS Word dasturida yoki MS PowerPoint dasturida tayyorlab chop etish.
Masalan, sichqoncha turlari haqida
Atamalar lug`ati tayyorlash
Bajarilishi: mavzuga taalluqli atamalar lug’ati izohi bilan birgalikda yozib kelish va uni o’zlashtirish.
Taqdimot tayyorlash
Bajarilishi: mavzu yuzasidan MS PowerPoint dasturida kamida 15 slayddan iborat taqdimot tayyorlanadi. Bunda asosan turli chizmalar, rasmlar, diagrammalar, animatsiyalar va boshqa ko’rgazmali materiallardan foydalaniladi. Taqdimot tayyorlashda ma’lumotlar faqat tekst ko’rinishida bo’lmasligi lozim.
Namuna:
Do'stlaringiz bilan baham: |