Akrom abbasovich karimov, zafar avazmuratovich muqumov, mutabar hamidullaevna khodjaeva


Auditning xalqaro standartlari va Moliyaviy hisobotning


Download 3.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet162/185
Sana06.10.2023
Hajmi3.91 Mb.
#1693293
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   185
Bog'liq
Akrom abbasovich karimov, zafar avazmuratovich muqumov, mutabar

Auditning xalqaro standartlari va Moliyaviy hisobotning 
xalqaro standartlarini qo‘llash 
Auditorlik faoliyati rivojlanishining va buxgalteriya hisobi tizimini 
takomillashtirishning hozirgi bosqichi milliy va xalqaro standartlarning o‘zaro 
muvofiqligi masalalarini oldingi o‘ringa chiqardi va ushbu ikki standartlar 
tizimining doimiy ravishda takomillashib borishi, hamda O‘zbekistonda Auditning 
xalqaro standartlari (AXS) va Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarining 
(MHXS) amaliyotda qo‘llanishi mazkur masalaning dolzarbligini uzluksiz tarzda 
saqlab kelmoqda. 


383 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 24 apreldagi PF-4720-sonli 
“Aktsiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy 
etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida 2015-2018 yillarda barcha 
aktsiyadorlik jamiyatlari yillik moliyaviy hisobotini nashr etishi va uni Moliyaviy 
hisobotning xalqaro standartlariga muvofiq tayyorlash va Auditning xalqaro 
standartlariga muvofiq tashqi auditdan o‘tkazilishi belgilangan. 
Ta‘kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasining “Auditorlik faoliyati 
to‘g‘risida”gi Qonuni bilan auditning xalqaro standartlarini qo‘llash uchun qulay 
sharoit yaratilgan. 
Bunda, AXS va MHXSni joriy etishda auditorlar va buxgalterlarning 
respublika professional jamoat birlashmalari muhim o‘rinni egallaydi. AXS va 
MHXS matnlarini ingliz tilidan davlat tiliga tarjima qilish bo‘yicha tadbirlarni 
samarali amalga oshirish maqsadida AXS va MHXS matnlarini tarjima qilish 
mas‘uliyati O‘zbekiston buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasiga 
yuklatilgan. O‘zbekiston buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi tomonidan 
taqdim etilgan ma‘lumotga asosan Buxgalterlarning xalqaro federatsiyasi AXS va 
MHXSning o‘zbek tilidagi matnini tan olganligi sababli o‘z veb-saytida 
joylashtirdi (
http://www.ifac.org
). 
O‘zbekiston 
Respublikasining 
“Auditorlik 
faoliyati 
to‘g‘risida”gi Qonunida 2013 yildan boshlab, Respublikamizda audit 
auditorlik faoliyatining 
milliy 
standartlari 
hamda 
Xalqaro 
Buxgalterlar Federatsiyasi 
huzuridagi 
Xalqaro 
Auditorlik 
Amaliyoti 
Qo‘mitasining rasmiy ruxsati bilan mamlakat qonunchiligiga zid kelmagan holda 
davlat tilida chop etilgan auditning xalqaro standartlari asosida amalga oshirish 
mumkinligi belgilangan. Xalqaro audit standartlarini davlat tiliga tarjima qilish 
va 
chop 
ettirish 
huquqi 
Xalqaro 
Buxgalterlar 
Federatsiyasining 
uyushgan 
a‘zosi 
bo‘lgan 
O‘zbekiston 
buxgalterlar 
vaauditorlar milliy assotsiatsiyasiga tegishli. 
Sizning e‘tiboringizga Xalqaro Buxgalterlar Federatsiyasining rasmiy ruxsati 
bilan o‘zbek tilidagi 2013 yil holatida chop etilgan 3 tomdan iborat Sifat 


384 
nazorati, Audit, Ko‘rib chiqish, Boshqa ishonch bildirish va Turdosh xizmatlarning 
xalqaro standartlari to‘plami taqdim etilmoqda. 
Audit 
amallarini 
hamda 
uning 
sifatini 
tizimli 
asosda 
nazorat 
qilish imkoniyatini 
beruvchi 
xalqaro 
standartlar 
asosida 
ish 
yuritish mumkinligining 
qonunan 
mustahkamlanishi, 
mamlakatimizdagi auditorlik tashkilotlarini yagona qoidalar asosida faoliyat 
yuritishiga imkoniyat 
yaratib, 
ularni 
jahon 
auditorlik 
tuzilmasiga 
integratsiyalashuv 
jarayonini osonlashtiradi. 
Xalqaro 
audit 
standartlarini 
o‘zbek 
tiliga 
tarjima 
qilish 
Xalqaro Buxgalterlar 
Federatsiyasining 
vakillari 
hamkorligida 
va 
faol ishtirokida 
olib 
borildi. 
Ayniqsa, 
Kelli 
Anerud 
va 
Lola 
Kavoniklarga minnatdorlik 
so‘zlarini 
bildirish 
lozim, 
chunki 
tarjima 
jarayonining barcha bosqichlari ularning rahbarligi ostida doimiy muhokamalarga 
boy holda amalga oshirildi. 
Mazkur 
katta 
loyiha 
Jahon 
bankining 
moliyaviy 
ko‘magi 
asosida, ishlarning 
tasdiqlangan 
grafikka 
asosan 
bajarilishi, 
barcha 
texnik savollarning 
yechimi, 
guruh 
mutaxassislari 
bilan 
o‘zaro 
aloqalarni tashkillashtirish bo‘yicha umumiy nazorat va muvofiqlashtirish 
loyiha koordinatori Nasiba Masharipova tomonidan amalga oshirildi. 
To‘plam 
auditorlar, 
buxgalterlar, 
rahbarlar 
va 
mulkchilikning 
turli shakllaridagi korxona va tashkilotlarning boshqa mutaxassislari hamda oliy 
va o‘rta maxsus ta‘lim muassasalalarining o‘qituvchilariga mo‘ljallangan. 
To‘plam 
Xalqaro 
Buxgalterlar 
Federatsiyasining 
uyushgan 
a‘zosi 
O‘zbekiston buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi tomonidan 
O‘zbekiston Moliya Vazirligi hamkorligi va ko‘magida tayyorlandi. 
Barcha standartlar, direktivalar, nizom loyihalari va Xalqaro Buxgalterlar 
Federatsiyasining boshqa hujjatlariga mualliflik huquqi Xalqaro Buxgalterlar
Federatsiyasiga tegishli.


385 
Barcha huquqlar himoyalangan. Xalqaro Buxgalterlar Federatsiyasining 
yozma ruxsatibo‘lmasa mazkur to‘plamning hech bir qismi qayta ishlanishi, 
saqlash va ma‘lumotlarni qayta ishlash tizimiga o‘tkazilishi yoki boshqa 
ko‘rinishda, xususan elektron, mexanik, fotonusxa, ovoz yozish va boshqa 
vositalarda uzatilishi mumkin emas. 
Iqtisodiyotni erkinlashtirish jarayonining jadal rivojlanishi sharoitida 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish uchun qulay sharoitlar 
yaratish maqsadida aktsiyadorlik jamiyatlarining yillik moliyaviy hisobotini 
Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga muvofiq chop etish, hamda 
aktsiyadorlik jamiyatlarining moliyaviy hisobotini Auditning xalqaro standartlari 
asosida musatqil auditorlik tekshiruvidan o‘tkazish amaliyotini joriy etish 
zaruriyati yuzaga kelmoqda. 
AXS va MHXSni joriy etishda auditorlar va buxgalterlarning respublika 
professional jamoat birlashmalari muhim o‘rin tutadi. Chunki, aynan professional 
jamoati yuqori malakali va tajribali auditorlar va buxgalterlarni birlashtiradi, 
hamda auditorlar va buxgalterlarning professional darajasini o‘sishi va saqlashiga, 
ularning professional manfaatlarini himoya qilishga ko‘maklashishga qaratilishi 
lozim.

Download 3.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling