Akrom abbasovich karimov, zafar avazmuratovich muqumov, mutabar hamidullaevna khodjaeva


Auditorlik tekshiruvi ishtirokchisi


Download 3.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet107/185
Sana06.10.2023
Hajmi3.91 Mb.
#1693293
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   185
Bog'liq
Akrom abbasovich karimov, zafar avazmuratovich muqumov, mutabar

Auditorlik tekshiruvi ishtirokchisi, auditorlik tashkilotining xodimi 
hisoblanib, bosh auditorlik yoki tekshiruv rahbariga bo’ysunadi. U auditor kichik 
auditor, assistent bo’lishi mumkin. Audit ishtirokchilari audit jarayonida ularga 
yuklatilgan ishlar uchun javobgardir. 
Auditorlik tashkiloti rahbari olib borilishi aniq bo’lgan tekshiruv uchun 
hamda auditning umumiy rejasida aks ettirilishi lozim bo’lgan rahbarni va bosh 
auditorni oldindan tasdiqlangan bo’lishi kerak. Tekshiruv rahbari va bosh auditor 
tekshiruv ishtirokchilarining professional mahoratini tahlil qilishi va har bir 
ishtirokchining bilim va malakasidan kelib chiqqan holda ishlarini taqsimlashi 
zarur. Tekshiruv rahbari audit jarayonida auditorlik tashkiloti tomonidan 
belgilangan ish sifati nazorati vositalarini qo’llashga majbur. Bosh auditor va 
tekshiruv ishtirokchilariga topshirilgan har qanday ishlar shunday tarzda amalga 
oshirilishi kerakki, uni buyurgan rahbar ijrochilarning ana shu ishlarga bilim va 
malakalarini etarli ekanligiga ishonchi bo’lsin. Shuningdek, boshqaruv 
topshiriqlarini tayyorlashda umumiy reja va audit o’tkazishga sarflanadigan vaqtni 
e’tiborga olish zarur. Ijrochilarga yo’naltirilgan topshiriklarni etkazishning asosiy 
vazifasi audit dasturi hisoblanadi. Ijrochilar ishining joriy nazorati boshqaruv 
topshiriqlari va bajarilgan ishlar tekshiruvi kabi elementlardan iborat. 


227 
Auditorlik tashkilotining ish sifati nazorati tizimi quyidagilardan iborat 
bo’lishi lozim: 
Joriy nazoratni olib boruvchi professional xodimlar quyidagi funktsiyalarni 
bajaradi: 

yuklatilgan topshiriqlarga ijrochilarning bilim va malakasi etarliligini 
tekshiradi; 

yuklatilgan topshiriqlarni ijrochilarga tushunarli ekanligini tekshiradi;

bajarilayotgan ishlar auditning umumiy rejasi va dasturiga muvofiqligini 
aniqlaydi; 

audit jarayonida aniqlangan, buxgalteriya hisobi va audit yuzasidan kelib 
chiqqan muammolarni aniqlash. 
Bajarilgan ishlar natijalarini tekshirish har bir ijrochi va xodimlar tomonidan 
amalga oshiriladi. Ish natijalari tekshiruvini amalga oshiruvchi xodimlar 
tekshirilgan ish hujjatlariga o’zlarining imzolari yoki shartli belgilarini qo’yishlari 
lozim. Zarur hollarda esa tekshiruvchilar tekshiriluvchi harakatlariga baho, tavsiya 
yoki izohlar berishi mumkin. Auditorlik tashkiloti rahbari bajarilgan ish natijalari 

Download 3.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling