217
– auditorlar ishini joriy nazorat qilishni ta’minlash;
– monand harakatlarning qilinishi uchun xo’jalik yurituvchi sub’ektning
buxgalteriya hisobiga oid muammoli masalalarni bilish.
V) Tekshirish:
– uning andozalariga
muvofiq bajarilishi, hujjatlarning etarliligi, auditorlik
tekshirish maqsadlariga erishilishini ta’minlash
uchun auditorlar tomonidan
amalga oshirilgan jami ishlarning tekshirilishi.
Audit sifatini umumiy nazorat qilish quyidagi unsurlar mavjudligi asosida
amalga oshiriladi:
G) Mustaqillik.
Qoida va jarayonlar barcha darajalardagi xizmat ko’rsatuvchilar o’z
mustaqilliklarini saqlab qolishlariga asosli ishonchni ta’minlashi lozim. Ushbu
talabning bajarilishi uchun auditorlik tashkilotlari bir yilda bir marotaba o’z
mijozlari ro’yxatini tarqatishi va o’z xizmatchilaridan mustaqillik to’g’risidagi
arizani imzolashlarini talab qilish mumkin.
D) Xizmatchilarga topshiriqlar.
Qoida va jarayonlar ish maxsus tayyorgarlik
va tajribaga ega shaxslar
tomonidan bajarilishiga asosli ishonchni ta’minlab berishi kerak. Mazkur talabning
bajarilishi uchun auditorlik tashkiloti ishni o’z xizmatchilari uchun zarur
topshiriqlarning oldindan aniqlab olishi mumkin bo’lgan holda rejalashtirib olishi
kerak bo’ladi.
E) Maslahatlar.
Qoida va jarayonlar auditorlik tashkilotining
xizmatchilari texnikaga oid
masalalar bo’yicha yaxshi xabardor bo’lgan va obro’li shaxslardan yordam olishga
intilishlari mumkinligiga asosli ish-onchni ta’minlab borishi lozim. Ushbu
talabning bajarilishi yo’-lida auditorlik tashkilotlar audit,
buxgalteriya hisobi va
moliyaviy hisobotlarni yuritish, soliqqa tortish, maslaxat
hizmatlari kabi sohalar
bo’yicha auditorlik tashkilotini ekspertlar sifatida ma’lum bir shaxslarni tayinlashi
mumkin.
218
J) Kuzatuv.
Qoida va jarayonlar auditorlik tashkilotlarning joriy faoliyati unda belgilangan
sifat andozalariga javob berishligiga asoslangan ishonchni ta’minlab berishi lozim.
Auditorlik tashkilotni kuzatuv jarayonlarini belgilanish uchun javobgarligi aniq
majburiyatlarning shartnoma asosida rejalashtirilish va bajarilishi uchun auditni
o’tkazayotgan xizmatchilarning javobgarligidan farq qiladi.
Ushbu kuzatish
talablarning qondirilishi uchun auditorlik tashkiloti barcha ish hujjatlarini
hisobotlarini talab qilishi va ularni tegishli nazorat qiluvchi va texnik xodimlarga
tekshirish uchun taqdim etishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: