Akrom abbasovich karimov, zafar avazmuratovich muqumov, mutabar hamidullaevna khodjaeva


Download 3.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/185
Sana06.10.2023
Hajmi3.91 Mb.
#1693293
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   185
Bog'liq
Akrom abbasovich karimov, zafar avazmuratovich muqumov, mutabar

9.7. Auditor ishi sifatini tekshirish 
Bugungi kunda auditorlik faoliyati dunyodagi ko’pgina mamlakatlarda yuqori 
saviyaga ko’tarilgan. Auditorlik faoliyatini rivojlantirish uchun bir qancha 
qonunlar va standartlar ishlab chiqilgan. Auditor ish sifatini nazorat qilish 
tekshiruvning birinchi bosqichidir.


215 
Auditorlik faoliyatini muhim tomonlaridan yana biri shundaki, u yillik 
buxgalteriya hisobotini haqqoniyligini tasdiqlab turib, o’z xulosasi bilan xo’jalik 
yurituvchi sub’ektning faoliyatiga mos sifat “belgisini” qo’yadi. Shu bilan birga 
foydalanuvchilar investitsion siyosatni aniqlash va kelajakda dividendlar olish 
ehtimolini baholash imkoniyatini beruvchi tadbirkorlik ekspertizasi amalga 
oshiriladi. Ayniqsa, auditorlar mijoz faoliyati rivojlanishini qisqa va uzoq muddatli 
prognozlash hisob-kitob-larini malakali baholashni o’rnini kamaytirmasliklari 
lozim. Auditorlik tashkilotlari, shu jumladan konsalting firmalari tarkibiga kiruvchi 
tashkilotlar ilmiy-texnika rivojlanish va boshqaruv darajasini oshirishni joriy 
etishga moslashgan. Shuning uchun auditorlik faoliyatining sifati muhim ahamiyat 
kasb etadi. 
Sifat darajasining huquqiy asosi «Audit sifatini nazorat qilish» nomli 220-son 
XAS hisoblanadi. 
Auditor ish sifatini nazorat qilish auditning o’tkazilishi va auditga turdosh 
xizmatlarning ko’rsatilishi chog’ida uning andozalari va auditorlik faoliyatini 
tartibga solib turuvchi boshqa xil me’yoriy hujjatlar talablariga rioya etilishini 
tekshirish uchun foydalaniladigan tashkiliy choralar, uslublar va jarayonlar tizimini 
o’z ichiga oladi. 
Har bir auditorlik tashkiloti shi sifati ustidan nazorat qilish tamoyillari va 
qoidalarini, shuningdek, ulardan foydalanish jarayonlarini ishlab chiqishi va qabul 
qilishi lozim. Bu esa auditning o’tkazilishi jarayonida tekshirishning umum 
belgilangan andozalari bilan ziddiyatlarning yuzaga kelmasligi uchun zarurdir. 
Audit ish sifatini nazorat qilish bir necha shakllarda amalga oshiriladi: 
– asosiy auditor tomonidan o’z assistentlari ishini nazorat qilish; 
– auditorlik tashkiloti tomonidan auditor ishini nazorat qilish; 
– tashqi nazorat. 
Asosiy auditorning o’z assistentlari ishini nazorat qilishi uning ish sifatini 
tekshirishda juda muhimdir. Asosiy auditor auditning o’tkazilishi jarayonida 
assistentlar tomonidan bajarilayotgan ishlarni doimiy ravishda nazorat qilishi va 
yo’naltirib borishi kerak. Assistent deganda asosiy auditordan kasbiy darajasi 


216 
jihatdan farq qiluvchi xodimlar tushuniladi. Assistentlardan farqli o’laroq,asosiy 
auditor auditning bajarilishi uchun to’liq javobgar hisoblanadi. Ishlar 
topshiriladigan assistentlar ma’lum bir ma’noda ularning javobgarligi va bajarilishi 
lozim bo’lgan jarayonlarning maq-sadlari haqida, xo’jalik yurituvchi sub’ektning 
faoliyati va bo’lishi mumkin bo’lgan auditorlik jarayonlarining mohiyati
o’tkazilish vaqti va miqyoslariga ta’sir qilishi mumkin bo’lgan hisobga oid 
auditorlik muammolari to’g’risida tegishli ravishda xabardor qilingan bo’lishlari 
lozim. 
Auditor ishining auditorlik tashkiloti tomonidan nazorat qilinishi quyidagilar 
vositasida amalga oshiriladi: 
– 
mijoz oldida auditorlik rejasining va audit o’tkazish das-turining 
asoslanganligini muhokama qilish va tekshirish; 
– 
tashkiliy-etik auditorlik tamoyillariga qat’iyan rioya etish (xususan, 
mijozga maslahatlar beruvchi yoki uning buxgalteriya hisobini tiklab beradigan 
auditor uning o’zini tekshirish uchun va shu kabilarga bormaydi); 
– asosiy auditor tomonidan auditorlik xulosasi berib bo’linganidan keyin 
auditorlik tashkilotining boshqa auditori tomonidan hisobotlarning ishonchliligini 
mijoz uchun bepul bo’lgan takroriy qayta tekshirishlarni o’tkazish; 
– tashqi nazorat amaldagi qonunchilikda va me’yoriy hujjatlarda ko’zda 
tutilganidek, davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi  
Auditor ishi sifatini nazorat qilish ikki asosiy yo’nalishga ega.
1. Ma’lum bir auditorlik tekshiruvlarni nazorat qilinish; 
2. Sifatni umumiy nazorat qilish. 
Ma’lum bir auditorlik tekshiruvlarining nazorat qilinishi quyidagi 
tushunchalarni o’z ichiga oladi:

Download 3.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling