Buxgalteriya hisobi va audit” yo’nalishi bha-97-2/22-guruhi talabasi bobmurodov jonibekning
Download 77.86 Kb.
|
BYUDJET G`AZNA IJROSINING XORIJ TAJRIBALARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- BYUDJET G`AZNA IJROSINING XORIJ TAJRIBALARI
- M U N D A R I J A bet K I R I SH
- XULOSA 15 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI “BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT” YO’NALISHI BHA-97-2/22-GURUHI TALABASI BOBMURODOV JONIBEKNING “G’AZNACHILIK” fanidan BYUDJET G`AZNA IJROSINING XORIJ TAJRIBALARI mavzusida tayyorlagan MUSTAQIL ISHI O’qituvchi: Achilov Uyg’un Toshkent-2023
K I R I SH O’zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarning misolida, davlat moliyasini boshqarishni isloh qilish soxasidagi amalga oshirilayotgan yutuqlar qatorida, g’aznachilik tizimining joriy qilinishi va bu borada qo’lga kiritilayotgan yutuqlar islohotlar samarasining dalolatidir. G’aznachilik tizimining joriy qilinishi byudjet ijrosining samarasini keskin oshirishni ta’minlamoqda. Byudjetning g’azna ijrosiga oid xorijiy adabiyotlarda g’aznachilik tizimiga quyidagicha ta’rif beriladi, ”G’aznachilik tizimi byudjetdan mablag’ oluvchilarning majburiyatini ijroga qabul qiladi. Keyin taqdim qilingan mahsulotlar va ko’rsatilgan xizmatlar uchun g’aznachilik ularning nomidan va ularning topshirig’iga binoan vakolatni o’ziga oladi. Byudjet mablag’larini maqsadli ishlatilishini ta’minlash asosida to’lovni amalga oshiradi. G’aznachilik bo’linmalari byudjet tashkilotlari va boshqa byudjetdan mablag’lar oluvchilarga naqd pul to’lash uchun banklarning vakolatli muassasalarida maxsus tranzit g’aznachilik hisobraqami ochadi. Har bir tranzit hisobraqamga joylashuv o’rniga bog’liq tarzda naqd pul mablag’lari oluvchi byudjet tashkilotlari biriktirilishi lozim. Banklarning vakolatli muassasalari G’aznachilik tomonidan yozib berilgan chek asosida mazkur tranzit hisobraqamlardan byudjet tashkilotlariga naqd pul mablag’lari berishni amalga oshiriladi”. “Byudjet ijrosining g’aznachilik tizimini bosqichma-bosqich joriy qilish byudjet mablag’larini to’liq va samarali ishlatilishining dastlabki va joriy nazoratini ta’minlaydi: Dastlabki nazorat - shartnomalarni ro’yxatga olish jarayonida, joriy nazorat byudjetdan mablag’ oluvchilarni xarajatlariga mablag’ni to’lashda amalga oshirilad. Jahon tajribalari shuni ko’rsatadiki, byudjetning kassali ijrosi ikki usulda: g’aznachilik va bank tizimi orqali amalga oshiriladi. G’aznachilik tizimining faoliyati birinchi bosqichda nafaqat moliyaviy resurslarni safarbar qilish orqali mahalliy byudjet xarajatlarini muntazam ravishda boshqarish imkonini yaratadi, balki ular ustidan samarali nazorat qilish imkonini ham beradi. Download 77.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling