Buxgalteriya hisobi va audit” yo’nalishi bha-97-2/22-guruhi talabasi bobmurodov jonibekning
Byudjet tizimini boshqarishda g’aznachilik mexanizmining modellari
Download 77.86 Kb.
|
BYUDJET G`AZNA IJROSINING XORIJ TAJRIBALARI
Byudjet tizimini boshqarishda g’aznachilik mexanizmining modellari
O’zbekistonda optimal Davlat byudjetining g’azna ijrosi tizimini yaratish maqsadida Frantsiya, AQSh, Rossiya va boshqa rivojlangan davlatlar misolida bu sohadagi ilg’or xalqaro tajriba o’rganildi. Turli davlatlarda g’aznachilik funktsiyalariga oid xalqaro tajribani batafsilroq ko’rib chiqamiz. Xorijiy davlatlarda byudjet tuzilmasi davlatning tuzilishi, hududiy-ma’muriy bo’linishi, iqtisodiyotining rivojlanishi darajasi, uning tarkibiy belgilariga bog’liq holda o’ziga xos xususiyatlarga ega. Davlat boshqaruvining ikkita shakli ma’lum: yagona (unitar) va federativ. Unitar davlatlarda (Buyuk Britaniya, Frantsiya, Italiya, Yaponiya) boshqarishning ikki bo’g’ini - markaziy va hududiy bo’g’inlar mavjud. Federativ davlatlarda (AQSh, Kanada, GFR, Shveytsariya) boshqarish uchta bo’g’indan iborat - markaziy, federatsiya a’zolari va hududiy. Xalqaro tajribalarning ko’rsatishicha, iqtisodiy rivojlangan davlatlarda moliyani boshqarish, odatda, G’aznachilik yoki bir nechta davlat boshqaruv organlari tomonidan amalga oshiriladi. Rossiya Federatsiyasida moliyani boshqarish Moliya vazirligi, Rossiya Federatsiyasi Markaziy banki va Federal G’aznachiligi tomonidan amalga oshiriladi. Amerika Qo’shma Shtatlarida Moliya vazirligi G’aznachiligi bevosita Prezidentga bo’ysunadigan bo’linma bo’lib, keng doiradagi iqtisodiy va moliyaviy funktsiyalarni bajaradi. Jarayonda ishtirok etayotgan boshqa muassasalar: byudjetni tayyorlash uchun mas’ul Ma’muriy - byudjet boshqarmasi (BMB) va qator hisob-kitob va audit funktsiyalari uchun mas’ul Byudjet - nazorat bosh boshqarmasi (BNBB)dir. Soliq va bojxona boshqarmalari G’aznachilikning bir qismi hisoblanadi. Byudjetning xarajatlar bo’yicha ijrosi Byudjet direktorati tomonidan nazorat qilinadi. Byudjet derektorati o’z tizimiga qarashli moliyaviy nazoratchilar yordamida mablag’larni xarajat qilishni nazorat qiladi. Xarajatlar juda qattiq nazorat qilinadi: Frantsiyadagi G’aznachilik Avstraliyadagi G’aznachilik kabi davlatning ichki va tashqi qarzlarini boshqaradi, muomalaga qimmatli qog’ozlarni chiqarishni nazorat qiladi, ularni hajmiga, to’lov muddatiga va tarkibiga bog’liq masalalarni echadi. Frantsiyada ham davlat moliya axborot tizimi samarali faoliyat ko’rsatadi. Mazkur tizimda byudjetni tayyorlash, byudjet xujjatlarini nashr qilish va byudjet ijrosi amalga oshiriladi. Shuningdek, Byudjet derektorati va tarmoq vazirliklarini bog’laydigan boshqa tizimlar ham mavjud. Buxgalteriya yozuvlari (provodkalar) asosida yagona hisobraqamdagi mablag’lar to’g’risida to’liq axborot olish uchun bir kun ketadi, har xafta to’liq kengaytirilgan ma’lumotlar olish mumkin. Davlat moliyasini boshqarish uni hisob-kitobini yuritish mablag’ jalb qilish bilan olib boriladi. U davlat majburiyatlarini boshqaradi, ichki va tashqi mablag’ni jalb qiladi, ularning hisob-kitobini yuritadi va har yilgi davlat qarzlari to’g’risidagi hisobotni tayyorlaydi. Quyidagi jadvalda Frantsiyaning Davlat byudjeti daromadlari to’g’risida ma’lumot berilgan. Frantsiyaning Davlat byudjeti daromadlari yig’ish funktsiyalarni bajarish uchun soliqli to’lovlar va to’lovlarni yig’ishning avtomatlashtirilgan protseduralari ishlab chiqilgan. Qo’shimcha qiymat solig’ini to’laydigan 2000 ga yaqin soliq to’lovchilar to’lovlarni to’g’ridan-to’g’ri Markaziy bankning yagona hisobraqamga o’tkazadi, qolgan soliqlarning 50 foizi Tushumlar Derektorati tomonidan, 35 foizi Davlatning hisob-kitob yuritish bosh derektsiyasi tomonidan, 15 foizi Bojxona xizmati tomonidan yig’iladi. Frantsiyadagi g’aznachilik tizimi faoliyatining eng muxim tomonlaridan biri shundaki, kadrlar masalasiga alohida e’tibor beriladi. Frantsiyada o’tgan yillar mobaynida Davlat G’aznasi Bosh Boshqarmasi kadrlarni sifatli tanlash va xodimlarni samarali boshqarishga alohida e’tibor berdi. Frantsiyada g’aznachilik tizimi 1998 yildan talab darajasida kasb xodimlarini tayyorlashga yo’naltirilgan kadrlarni tayyorlashni modernizatsiyalash amalga oshirildi. Xodimlar guruhlarga qarab taqsimlandi: A guruhi: rahbarlik funktsiyalarini bajarishga tayyorlanayotgan darajali (litsenziyaga ega) davlat xizmatchilari; B guruhi: o’rta maxsus ma’lumotga ega, o’rta rahbarlik funktsiyalarini bajarishga tayyorlanayotgan davlat xizmatchilari; S guruhi: maxsus kasb ma’lumoti to’g’risida diplomga ega davlat xizmatchilari. Frantsiyada g’aznachilik tizimi orqali Markaziy Hukumat va mahalliy hokimiyat organlarining harajatlariga mablag’ o’tkazilayapdi. Frantsiya Hukumati qo’yidagi asosiy yo’nalishlar bo’yicha davlat xarajatlarini amalga oshirishning strategik rivojlanish siyosatini o’tkazmoqda: 1. Hokimiyat boshqaruvidagi nomarkazlashtirish (detsentralizatsiya). 2. Davlat G’aznasi Bosh Boshqarmasi tomonidan g’aznachilik operatsiyalarni o’tqazish vaqtini qisqartirish. G’aznachilikda (xavfli bo’lgan) operatsiyalarni, masalan, xarajatlarning ayrim yo’nalishlari davlat xaridlari, dotatsiyalar, subventsiyalar kabi katta miqdordagi xarajatlarni tanlab nazorat qilinishiga e’tibor qaratiladi. Bugungi kunda davriy va kam miqdorda bo’lgan to’lovlar (~ 100-200 Evro) amalda nazoratga olinmaydi. Lekin barcha to’lovlar faqat mahsulotlar qabul qilingandan keyin amalga oshiriladi. Byudjet ijrosi bo’yicha ish vaqti aniq belgilandi. Mahalliy hokimiyat organlari xarajat operatsiyalarini o’tkazish to’la davri hisob varaqasidagi mablag’larni qabul qilingan paytdan kassali xarajat qilish paytgacha bo’lgan davr – 11ish kuni. Markaziy xukumatning xarajat operatsiyalarini o’tkazishning to’la davri – 8 kun. Muddatlarni jiddiy qisqartirish markaziy hukumat amaldorlariga bog’liq. Davlat xaridlari uchun Evropa birlashmasi tomonidan direktiv tarzda 45 kun muddat qo’yilgan. Download 77.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling