Buxgalteriya hisobi va audit” yo’nalishi bha-97-2/22-guruhi talabasi bobmurodov jonibekning


Xorijiy mamlakatlar g’aznachilik tizimlarining xususiyatlari


Download 77.86 Kb.
bet2/6
Sana22.04.2023
Hajmi77.86 Kb.
#1380143
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
BYUDJET G`AZNA IJROSINING XORIJ TAJRIBALARI

Xorijiy mamlakatlar g’aznachilik tizimlarining xususiyatlari
“G’azna” inglizcha “treasure trove” co’zidan olingan bo’lib, insonlar tomonidan ma’lum bir maqsadlarda erga ko’milgan oltin va kumushning topilishi hamda bu topilma podsholarga tegishli bo’lganligini anglatadi. Boshqa iqtisodiy adabiyotlarda “g’aznachilik” – terminiga iktisodiy kategoriya sifatida ikki xil ta’rif beriladi. G’aznachilik – davlat byudjeti kassasini ta’minlaydigan va davlat moliyasini boshqaradigan maxsus davlat organidir. G’aznachilik – mamlakatning moliya siyosatiga va iqtisodiyotni boshqarishga javob beradigan vazirlikdir.
G’aznachilik - Maxsus davlat moliya organi bo’lib davlat byudjetining ijrosini ta’minlaydi, o’zida yagona markazlashgan pul fondlarini shakllantiradi, shuningdek davlat tomonidan soliqlari yig’ish va ulardan foydalanishni ta’minlaydi. Ko’pchilik hollarda g’aznachilik Moliya vazirligi tarkibiga kiruvchi yagona tamoyillarga asoslangan tizimdir. AQSh, Avstraliya, Braziliya kabi davlatlarda byudjet ijrosi g’aznachilik orqali amalga oshiriladi.
Davlat byudjeti kassa ijrosiga bank tizimida davlat dasturlarida ishtirok etayotgan tashkilot va muassasalar tarkibining oshishi natijasida byudjet mablag’larining bosh taqsimlovchisi, ya’ni Moliya Vazirligining ushbu mablag’lar xarakati va ularning maqsadli ishlatilishi ustidan olib borayotgan nazoratini ma’lum darajada cheklashga olib kelgan. Moliya Vazirligiga byudjetning daromadlar qismi to’g’risida ma’lumotlarni o’z vaqtida etib kelmasligi byudjet mablag’larini tezkor sur’atlarda samarali ishlatilishiga to’sqinlik qildi.
“G’aznachilik-davlatning moliyaviy resurslarini boshqarishning yangi usulidan foydalanishdir. Davlat byudjetining barcha daromadlarini jamlash va taqsimlashdagi yangicha tamoyil va mexanizmlarni amalga qo’llashdir. Qolaversa, byudjetning xar bir so’mini oqilona ishlatishni ta’minlovchi yangicha mexanizmdir. Hozirgi kunda ko’plab horijiy davlatlarda, jumladan, Frantsiya, Shvetsiya, AQSh, Germaniya, Buyuk Britaniya, Rossiya Federatsiyasi va boshqa mamlakatlar byudjet ijrosini g’aznachilik tizimi orqali amalga oshiriladi”67 . G’aznachilik faoliyatini tashkil etishning dastlabki boskichdagi chora-tadbirlari mahalliy byudjetlardan moliyalashtiriladigan byudjet tashkilotlariga hamda respublika byudjetidan moliyalashtiriladigan byudjet tashkilotlariga byudjetdan mablag’lar oluvchilar bilan mahsulot etkazib beruvchilar o’rtasidagi shartnomalarni g’aznachilik organlarida ro’yxatdan o’tkazish va tuzilgan shartnomalarga qo’shimcha va o’zgartirishlar kiritishni nazorat qilish bilan boshlandi.
Xorijiy mamlakatlarda Markaziy bankning paydo bo’lishi va tijorat banklari tizimining takomillashuvi g’aznachilik tizimining quyidagi o’zgarishlariga olib keldi:
 tangalar yasash va pul emissiyasi Markaziy banklar zimmasiga o’tdi;
 qarz majburiyatlarini tasdiqlovchi qimmatbaho qog’ozlar miqdorini boshqarish ham Markaziy Bankka berildi;
 bank tizimining poytaxtdan boshqa savdo va sanoat markazlariga tarmoq yoyishi, davlat tomonidan to’lovlar olish va berish funktsiyalari ham banklarga topshirildi;
 “G’azna” aholi omonotlarini qabul qiluvchi bank muassasasiga aylandi.
Davlat byudjetining kassa ijrosi jarayonida g’aznachilik tizimining modellari turlicha bo’lib, ularning vazifalari bir-biridan farqlanadi.
G’aznachilikda byudjet mablag’lari xarajatlari uch bosqichga bo’linadi:
1-bosqich. Tarmoq, vazirliklar va idoralar hisobraqamiga tushadigan byudjet mablag’larining hajmini tasdiqlash.
2-bosqich. Soliq organlari orqali byudjetning daromad qismini amalga oshirish va tasdiqlangan xajmlariga binoan byudjet oluvchilarning tijorat banklaridagi hisob raqamlariga etkazib berish.
3-bosqich. Byudjetdan mablag’ oluvchilarning kassa xarajatlarini amalga oshirilishi. Byudjetdan mablag’ oluvchilarning tijorat banklaridagi hisobraqimiga tushgan mablag’ Moliya vazirligi va uning joylardagi moliya organlarining nazorati doirasidan tashqarida amalga oshiriladi. Bu mablag’larning nazorati tijorat banklarining o’ziga yuklatiladi. Tijorat banklarining hisobraqamlaridagi shu davr ichida ishlatilmagan byudjet tashkilotlarining qoldiq mablag’lari tijorat banklarining resurs mablag’lari vazifasini bajaradi hamda to’lov muddati kelgunga qadar o’sha bank tomonidan tijorat maqsadida ishlatilishi mumkin. Bunda tijorat tavakalchiligi bilan bog’liq xatarlar ushbu mablag’lar zimmasiga tushishi tabiiy.

Download 77.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling