Buxgalteriya hisobi va audit” yo’nalishi bha-97-2/22-guruhi talabasi bobmurodov jonibekning


Xorijiy tajribalar asosida g’aznachilik tizimini takomillashtirish yo’nalishlari


Download 77.86 Kb.
bet5/6
Sana22.04.2023
Hajmi77.86 Kb.
#1380143
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
BYUDJET G`AZNA IJROSINING XORIJ TAJRIBALARI

Xorijiy tajribalar asosida g’aznachilik tizimini takomillashtirish yo’nalishlari
Milliy g’aznachilik tizimining asosiy vazifalaridan biri davlat moliyaviy resurslaridan foydadanish samaradorligini oshirishdir. Jahon tajribasi shuni ko’rsatadiki, davlat moliyasi tarkibkta kiruvchi, “g’aznachilik” deb ataluvchi organ o’ziga yuklatilgan funktsiyadan kelib chiqib, turli majburiyatlarni bajaradi. G’aznachilikning tuzilishi va vazifalari mamlakatning tarixiy va madaniy urfodatlaridan, shuningdek, iqtisodiy holatidan kelib chiqib belgilanad.
G’aznachilik ayrim mamlakatlarda passiv ahamiyatga ega. U faqat tasdiqlangan byudjet mablag’larini ajratish bilan shug’ullansa, majburiyatlar limitini belgilash va xarajatlar to’lovini amalga oshirsa yoki oldindan belgilangan mezonlar asosida alohida xarajatlarni ishlab chiqishga ruxsat bersagina, faol ahamiyatga ega. G’aznachilik davlat qarzlarini boshqarishning turli darajalarida ishtirok etadi va nihoyat, hisob funktsiyasi bajarilishiga ham javob berishi mumkin. Davlat moliyasini boshqarishning va g’aznachilik tashkiliy tuzilishining yagona modeli mavjud emas, g’azanchilikning bo’limlari, boshqarmalari va aniq funktsiyalari turli mamlakatlarda farqlanadi.G’aznachilik funktsiyasi vaqt o’tishi bilan o’zgarishi mumkin. Uning tashkiliy tuzilishi agarda AQShda Moliya vazirligi Departamenti, Frantsiyada Moliya vazirligi Boshqarmasi, Angliyada mustaqil mahkama, Avstraliyada esa vazirlik darajasida ko’rinishiga ega.
Berilgan jadval ma’lumotlardan ko’rishimiz mumkinki, qayd etilgan mamlakatlarning barchasida to’lovlar nazorati g’aznachilikning yagona hisobraqami orqali amalga oshiriladi. Bu hisobraqamning aniq ko’rinishi turli mamlakatlarda turlichadir. Yuqorida qayd etilgan mamlakatlarning qariyb barchasida g’aznachilik amalga oshirilgan xarajatlari nazoratini markaziy bankda ochilgan yagona hisobraqami orqali, ya’ni bosh kitobi tizimi orqali nazorat qiladi. Bu mamlakatlarda davlat to’lovlari -jadvalda aks ettirilgan tartibda amalga oshiriladi.
Angliyada AQSh kabi soliq-byudjet sohasidagi asosiy javobgarlik to’g’ridanto’g’ri g’aznachilikka yuklatilgan. Germaniyadan tashqari boshqa barcha mamlakatlarda byudjet muassasalari o’z hisobini yuritadi, ammo ularning tizimi to’lik markaziy hisob tizimiga birlashtirilgan, bu tizim Moliya vazirligi tomonidan boshqariladi. Mamlakatda Moliya vazirligi barcha byudjet muassasalariga hisob yuritish borasida to’liq xizmat ko’rsatadi. Bu xizmat to’lovlarni amalga oshirishning barcha bosqichlarini o’z ichiga oladi. Yaponiya banki hukumat uchun paralel ravishda byudjet-soliq sohasidagi barcha hisob-kitoblarni yuritadi, shuningdek, Moliya vazirligi umumiy buxgalteriya hisobi va hisobotini boshqarish va tartibga solish bo’yicha javobgar. Bu borada Yaponiya dunyoda yagona davlat hisoblanadi.
Ko’rib chiqilayotgan mamlakatlar g’aznachiligining institutsional asoslarini o’rganishda qanday byudjet masalalariga javob berishini va byudjet ijrosini kim nazorat qilishini aniqlab olishimiz lozim. Bu borada Angliyaning amaldagi modeli e’tiborni tortadi. Mamlakatda g’aznachilik byudjet masalalarining barcha jihatlariga javob beradi, kadrlar masalalari bilan shug’ullanadi, byudjet ijrosi bo’yicha nazoratni tashkil etish, shuningdek, mavjud resurslar boshqaruvi jarayonini ham o’z ichiga oladi.
G’aznachilikni struktura sifatida byudjet ijrosi bilan bog’liq holda ko’rib chiqishda quyidagilarni ta’kidlash kerak: g’aznachilik byudjet ijrosi bilan bog’liq masalalarga to’g’ridan-to’g’ri aralashmaydi, u faqatgina byudjet muassasalariga dasturlarni amalga oshirish uchun mablag’ ajratadi yoki byudjet ijrosi jarayonida ancha faol ishtirok etishi mumkin. Masalan, u majburiyatlar chegaralarini o’rnatishga va xarajatlar to’lovini yoki oldindan belgilangan mezon asosida aniq xarajatlarni ishlab chiqishga ruxsat berish hukuqiga ega.
G’aznachilikka moliyaviy boshqaruv bo’yicha asosiy majburiyatlar yuklatilgan. Mablag’larni boshqarish uning muhim va asosiy faoliyati hisoblanadi. U hukumatning hisobraqamiga barcha tushumlar va to’lovlarni shuningdek, tushumlarni yig’ish jarayonidagi operatsion faoliyatni va to’lovlarni amalga oshirish jarayoni nazoratini ta’minlaydi. AQSh va Angliyada g’aznachilik buxgalteriya hisobi metodikasini o’rnatadi, umumiy hisob, muassasalarga yo’riqnoma, oylik va yillik moliyaviy hisobotlarni tayerlash uchun javob beradi. Ko’rib chiqilgan davlatlarning barchasida g’aznachilik ichki nazorat va audit bilan shug’ullanadi.

XULOSA
G’aznachilik organlari tomonidan bajariladigan vazifalarning murakkabligi va ko’p qirraligi shundaki, g’aznachilik faoliyatini joriy qilish bilan g’aznachilik organlari o’z ishlarida zamonaviy avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalaridan foydalanadi. Bu esa byudjet ijrosi jarayonida nafaqat bank tizimini bog’laydi, balki, bu jarayonlarda turli darajadagi moliya organlari, byudjet tashkilotlari, tarmoq idoralari, davlat maqsadli jamg’armalari va byudjetdan tashqari fondlar, bank, bojxona, soliq organlarining o’zaro aloqasi o’rnatiladi.G’aznachilik O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga har kunlik asosida yagona g’aznachilik hisob raqamida va hududiy g’aznachilik hisobraqamlarida mablag’larning harakati to’g’risidagi axborotni elektron shaklda taqdim etadi. Byudjetdan mablag’ oluvchilarga ular uchun G’aznachilikda yoki uning hududiy bo’linmalarida ochilgan shaxsiy hisob raqamlaridan ko’chirmalar, ularning xarajatlarini qoplashga byudjet mablag’lari o’tkazilganligini tasdiqlaydigan to’lov hujjatlari va boshqa hujjatlarni taqdim etadi va manbalar bo’yicha tegishli byudjetlar daromadlari tushumi hisobini yuritiladi. Moliya organlarining topshirig’i bo’yicha yuqori byudjetlarda nazarda tutilgan rejali dotatsiyalar, subventsiyalar, byudjet ssudalari summasini va boshqa to’lovlarni quyi byudjetlarning g’aznachilik hisob raqamlariga o’tkazadi.
Rivojlanish strategiyasini amalga oshirish hujjatining loyihasiga binoan G’aznachilik Davlat byudjeti ijrosi tizimiga asta-sekin o’tish, G’aznachilik va uning joylardagi bo’linmalari tizimini rivojlantirishga oid tadbirlarni rejalashtirildi. Bu tadbirlar byudjetning daromad va xarajat qismlari ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda aniq bosqichlarga bo’linishi mumkin



Download 77.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling