Iqtisodiy tahlilning zarurligi va mohiyati


Download 18.83 Kb.
Sana13.11.2023
Hajmi18.83 Kb.
#1770535
Bog'liq
Документ Microsoft Word (2)


Iqtisodiy tahlilning zarurligi va mohiyati 

Mamlakat iqtisodiyotini modernizatsiyalash sharoitida korxonalar

boshqaruvida tahlilning ahamiyati ortadi. Bozor iqtisodiyotiga
o‘tgunga qadar rejali iqtisodiyot talablariga javob beruvchi iqtisodiy
tahlil tizimi mavjud edi. Axborotlarning asosiy iste’molchisi tarmoq
vazirliklari va idoralari, statistika va moliyaviy organlar qiyofasida
davlat hisoblanardi.
Barcha iqtisodiy fanlar, jumladan iqtisodiy tahlil iqtisodiyotda,
ijtimoiy munosabatlarda, fuqarolik-huquqiy muhiti va boshqa
sohalarda sodir bo‘lgan o‘zgarishlarga bo‘ysunadi. Raqobatdosh
iqtisodiyot sharoitida yangi axborotdan foydalanuvchilar, biznesni
tashkil qilish va yuritishning yangi shart-sharoitlari vujudga keladi.
Ishlab chiqarish munosabatlari barcha iqtisodiy fanlar uchun umumiy
o‘rganish obyekti hisoblanadi. Shuning evaziga barcha iqtisodiy fanlar
bir tizimga birlashadi, bunda ularning har biri boshqasidan
farqlanuvchi o‘z predmetiga ega bo‘ladi. Ishlab chiqarish
munosabatlari va iqtisodiy aloqalarning rivojlanishi ta’sirida alohida
iqtisodiy subyektlar moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini tahlil qilish
ahamiyati ham tobora ortib boradi. Fanlar rivojlanishi bilan uning
tarmoqlari differentsiatsiyasi sodir bo‘ladi. Ijtimoiy fanlar
differensiatsiyasi natijasida iqtisodiy tahlil shakllangan. Avval iqtisodiy
tahlilning alohida shakllari asosan balansshunoslik, buxgalteriya hisobi
va statistika kabi hisob fanlariga taalluqli bo‘lgan. Lekin korxonalarda
iqtisodiy ishlar chuqurlashuvi ta’sirida tahlilni ixtisoslashtirilgan
bilimlar tizimi sifatida ajratish zarurati yuzaga keldi, chunki hisob
fanlari amaliyotning barcha talablariga javob berishga qodir emas edi.

Mustaqil fanni shakllantirgan iqtisodiy tahlil qator holatlarda


statistika, rejalashtirish, buxgalteriya hisobi, matematika va boshqa
unga bevosita bog‘liq fanlarga oid ma’lumotlardan kompleks va tizimli
ravishda foydalanadi.
Iqtisodiy tahlil iqtisodiyot nazariyasi bilan uzviy aloqaga ega.
Ma’lumki, iqtisodiyot nazariyasi barcha iqtisodiy fanlar taraqqiyotining
nazariy asosi hisoblanadi va iqtisodiy qonuniyatlar, ularning ta’sir
mexanizmlarini o‘rganadi. Analitik tadqiqotlar o‘tkazishda ushbu
qonuniyatlar ta’sirini hisobga olish zarur. O‘z navbatida, iqtisodiy
tahlil muayyan tarzda iqtisodiyot nazariyasi rivojlanishiga ta’sir
ko‘rsatadi. Ko‘p sonli analitik tadqiqotlar u yoki bu iqtisodiy
qonuniyatlar namoyon bo‘lishi haqida ma’lumotlarni o‘zida jamlaydi.
Ushbu ma’lumotlarni o‘rganish yangi, oldin ma’lum bo‘lmagan
qonuniyatlarni ifodalash, korxona, mamlakat yoki jahon iqtisodiyoti
taraqqiyotining global prognozlarini ishlab chiqishga imkon beradi.
Iqtisodiy tahlil maxsus fan sifatida iqtisodiy munosabatlar tizimi
hamda xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyat qonuniyatlarini
yorituvchi boshqa iqtisodiy fanlar bilan chambarchas bog‘langan.
Bulardan biri tarmoqlar iqtisodiyoti hisoblanib, u ham iqtisodiy
fanlarning metodik va metodologik asosi sanaladi. Iqtisodiyotni bilmay
turib xo‘jalik faoliyatining izchil tahlilini amalga oshirishning iloji
yo‘q. Iqtisodiyot taraqqiyotning umumiy va o‘ziga xos qonuniyatlarini
o‘rganadi, samarali va oqilona xo‘jalik yuritish yo‘llari va usullarini
ilmiy asoslaydi. Iqtisodiy tahlil umumiy va o‘ziga xos iqtisodiy
qonuniyatlar hamda tushunchalar talablariga muvofiqlik nuqtayi
nazaridan korxonalar faoliyatining rivojlanishini o‘rganadi.
Hozirgi sharoitda iqtisodiy tahlilning boshqa fanlar bilan o‘zaro
aloqasini ko‘rib chiqish zarurati shunga bog‘liqki, rivojlanayotgan va
amaliy talab yuqori bo‘lgan fan sifatida tahlil “Moliya nazariyasi”,
“Moliya”, “ Moliyaviy menejment” kabi turli moliyaviy fanlarning
asosiy instrumenti va mazmuniga aylandi. Lekin professional darajada
iqtisodiy tahlil o‘tkazish uchun tahlilning aniq maqsadlariga mutanosib
javob beruvchi uslubiyot bilan birga axborot bazasini chuqur anglash
ham talab etiladi. Tahlilda foydalaniladigan axborotlarning salmoqli
qismi buxgalteriya hisobi tizimida shakllanadi. Iqtisodiy tahlilni
o‘tkazish uchun buxgalteriya hisobidan tashqari boshqaruv va
moliyaviy hisobotlar ham axborot bazasi hisoblanadi.
Tahlil (uni xo‘jalik faoliyatiga bog‘lamasdan va mustaqil fan 

sifatida ajratmay) azaldan mavjud va insoniyatning jami ilmiy va


amaliy faoliyati asosida yotuvchi ancha keng tushuncha hisoblanadi. 
Tahlil obyekt va hodisalarni qismlarga ajratib o‘rganish jarayonini
o‘zida aks ettiradi. Tahlilga teskari jarayon sifatida sintez namoyon 
bo‘lib, u bilan tahlil ko‘pincha amaliy yoki bilish faoliyatida uyg‘un-
lashadi. O‘rganilayotgan obyekt turi, uning strukturasi murakkabligi, 
o‘rganilayotgan jarayonning mavhumlik darajasi va ularni amalga
oshirish usullariga bog‘liq ravishda tahlil turli shakllarda namoyon 
bo‘ladi, jumladan ko‘pincha ham tabiiy, ham ijtimoiy fanlar(kimyoviy
tahlil, matematik tahlil, biologik tahlil, iqtisodiy tahlil)da tadqiqot 
so‘zining sinonimi hisoblanadi.
Iqtisodiy tahlil fan sifatida obyektiv iqtisodiy qonuniyatlar hamda 
obyektiv va subyektiv omillar ta’sirida yuzaga kelgan iqtisodiy jara-
yonlarni tadqiq qilish bilan bog‘liq maxsus bilimlar tizimini o‘zida aks 
ettiradi.
Boshqaruv funksiyasi sifatida rejalashtirish, hisob, tahlil va 
boshqaruv qarorlari o‘zaro chambarchas bog‘langan. Tahlil boshqaruv
qarorlarini qabul qilishning ilmiy asosi hisoblanadi, uning yordamida 
iqtisodiy rivojlanish tendensiyalari o‘rganiladi, faoliyat natijalarining
o‘zgarishi omillar asosida tadqiq qilinadi, biznes-rejalar va boshqaruv 
qarorlari asoslanadi, ularning ijrosi ustidan nazorat amalga oshiriladi,
samaradorlikni oshirish zaxiralari aniqlanadi. Yuqorida aytib o‘tilgan 
boshqaruv funksiyalarisiz hech qanday boshqaruv qarorini qabul qilish
mumkin emas. 
Amaliy iqtisodiy fanlar tizimida markaziy o‘rinni egallovchi
iqtisodiy tahlil bevosita xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq qator o‘ziga xos 
funksiyalarni bajaradi. Iqtisodiy qonuniyatlar namoyon bo‘lishini
o‘rganish, korxonalarning aniq sharoitida iqtisodiy hodisalar va 
jarayonlarning qonuniyatlari hamda tendensiyalarini aniqlash, ularni

tadqiq qilish asosiy funksiyalardan biri hisoblanadi. Masalan, talab va 


taklif qonuniyati. Talab o‘ta harakatchan va o‘zgaruvchan, chunki
uning miqdori va dinamikasiga ham iqtisodiy, ham ijtimoiy tusdagi 
ko‘p sonli omillar ta’sir qiladi. Tovarga talabning o‘zgarishiga, misol
tariqasida olsak, reklamadan foydalanish, moda, afzal ko‘rish, atrof-
muhit, did, tovarlar hammabopligi, daromadlar miqdori, buyum
foydaliligi, o‘rnini bosuvchi tovarlar uchun narxlar, aholi soni 
o‘zgarishi ta’sir etishi mumkin.
Tahlilning keyingi muhim funksiyasi joriy va istiqboldagi rejalarni 
ilmiy asoslash hisoblanadi. Ilmiy asoslangan reja korxonalar faoliyati
samarasini baholash mezoni sanaladi. O‘tgan yillar (5-10 yil) uchun 
korxonalar faoliyat natijalarini iqtisodiy tahlil qilmasdan, istiqbol
uchun asoslangan prognozlashsiz va korxonalar iqtisodiyotining 
rivojlanish qonuniyatlarini o‘rganmay turib, o‘ziga xos ahamiyatga ega
bo‘lgan kamchilik va xatoliklarni aniqlamasdan ilmiy asoslangan rejani 
ishlab chiqish, boshqaruv qarorlarining optimal variantini tanlashning
iloji yo‘q. 
Rejalashtirish zamonaviy korxonalarda moliyaviy resurslar,
birinchi navbatda, pul mablag‘lari bilan bog‘liq, ular oxir-oqibatda 
moddiy, mehnat va boshqa resurs turlariga o‘zgaradi. Korxonalarning
muvaffaqiyatli faoliyat yuritishi ulardan samarali foydalanishga bog‘liq 
bo‘ladi. Shuning uchun ishlab chiqarish, sotish va investitsion rejalarni
professional darajada tayyorlash bozor iqtisodiyoti sharoitida 
korxonalarning muvaffaqiyatli faoliyat yuritishi uchun eng muhim omil
hisoblanadi. 
Rejalar va boshqaruv qarorlari bajarilishi, resurslardan tejamli
foydalanish ustidan nazorat korxona uchun muhim ahamiyat kasb etadi 
va tahlilning asosi y funksiyalaridan biri sanaladi. Rejalar bajarilishini
baholash rejada ko‘zda tutilgan xo‘jalik operatsiyalarini bajarish 
muddati tugashi bo‘yicha amalga oshiriladi. Erishilgan natijalarni
baholashda kamchilik va xatolar aniqlanadi, ularni bartaraf etish 
bo‘yicha tezkor qarorlar qabul qilinadi.
Iqtisodiy tahlil real foyda keltirganda o‘zini oqlaydi. Iqtisodiy 
tahlilning haqiqiy nafi ishlab chiqarish jarayonining barcha
bosqichlarida foydalanilmagan zaxiralarni aniqlashdan ham iborat. 
Iqtisodiy tahlilning muhim funksiyalaridan biri – resurslardan
samarali foydalanishdagi foydalanilmagan zaxiralarni aniqlash, ishlab 
chiqarish jarayonining samaradorligini oshirish hamda fan va amaliyot

yutuqlari, ilg‘or tajribalar o‘rganilishini hisobga olgan holda korxonani 


muvaffaqiyatli rivojlantirish va daromadlilik darajasini oshirish
imkoniyatlarini aniqlashdan iborat. 
Iqtisodiy adabiyotlarda iqtisodiy tahlil tasnifida texnik-iqtisodiy
tahlil, moliyaviy-iqtisodiy tahlil, boshqaruv tahlili, ijtimoiy- iqtisodiy 
tahlil, iqtisodiy-statistik tahlil, iqtisodiy-ekologik tahlil va marketing
tahlili kabilar o‘rin olgan. 
Iqtisodiy tahlil boshqaruv obyekti (xo‘jalik faoliyati)ning asosiy va
yirik bo‘limlari hisoblanadi. Iqtisodiy tahlilni tashkil qilish, obyektlari
vazifalarni yechish usullari o‘ziga xoslikka ega.
Moliyaviy-iqtisodiy tahlil (korxonaning moliya xizmati, moliya va 
kredit organlari) korxona faoliyati natijalariga: moliyaviy reja
bajarilishi, o‘z va qarz kapitaldan foydalanish samaradorligi, foyda 
miqdorini oshirish zaxiralarini aniqlash, rentabellik o‘sishi,
korxonaning moliyaviy ahvoli va to‘lov qobiliyati yaxshilanishi 
kabilarga asosiy e’tibor qaratadi.
Buxgalteriya hisoboti ma’lumotlariga asoslanuvchi moliyaviy 
tahlil tashqi tahlil hisoblanadi va quyidagi xususiyatlarga ega:
– tahlil subyektlari (axborotlardan foydalanuvchilar) ko‘pligi; 
– tahlil subyektlari maqsad va manfaatlari rang-barangligi;

hisob va hisobotning namunaviy metodikalari, standartlari


mavjudligi; 
– tahlilning faqat korxonaning ommaviy hisobotiga yo‘nalganligi;
– korxona faoliyati haqida axborotlardan foydalanuvchilar uchun 
natijalarning maksimal oshkoraligi.
Moliyaviy (tashqi) tahlil jarayonida quyidagilarni aniqlash 
bo‘yicha hisob-kitoblar amalga oshiriladi:
– foyda, tushum va xarajatlarning mutlaq ko‘rsatkichlari; 
– rentabellikning nisbiy ko‘rsatkichlari;
– bozor barqarorligi, balans likvidligi, korxona to‘lov qobiliyati; 
– o‘z kapitaldan foydalanish samaradorligi;
– qarz mablag‘lardan foydalanish samaradorligi; 
– kapitalni avanslash samaradorligi (investitsion tahlil);
– korxonaning moliyaviy ahvoli va emitent korxonaning reyting 
bahosining iqtisodiy diagnostikasi.
Boshqaruv tahlili korxonaning barcha xizmatlari tomonidan olib 
borilib, bunda rahbariyatga rejalashtirish, nazorat, optimal boshqaruv
qarorlari qabul qilish, moliyaviy siyosat masalalari bo‘yicha strategiya 
va taktika ishlab chiqish, marketing faoliyati, ishlab chiqarishni tashkil 
qilish, texnika, texnologiyasi uchun zaruriy axborotlarni taqdim etish
maqsad qilinib, operativ xarakterga ega. Uning natijalari esa tijorat siri 
hisoblanadi.
Boshqaruv tahliliga xos xususiyatlar sirasiga quyidagilarni kiritish 
mumkin:
– tahlil natijalarining korxona rahbariyatiga yo‘nalganligi; 
– tashqaridan tahlilni tartibga solish mavjud emasligi;
– korxona faoliyatini, moliyaviy va texnik jihatlarini o‘rganish, 
tahlil qilish majmuaviyligi;
– hisob, tahlil, rejalashtirish va qaror qabul qilish integratsiyasi; 
– tijorat sirini saqlash maqsadida tahlil natijalari maxfiyligi.
Boshqaruv yoki ichki xo‘jalik ishlab chiqarish tahlili predmeti 
quyidagilar hisoblanadi:
– biznes-rejani asoslash; 
– marketing tizimi;
– xo‘jalik faoliyati samaradorligining kompleks iqtisodiy tahlili; 
– texnik-tashkiliy daraja va ishlab chiqarishning boshqa shart-
sharoitlari;
– ishlab chiqarish resurslaridan foydalanish samaradorligi;
– mahsulot ishlab chiqarish va sotish
– tannarx, mahsulot hajmi va foydaning o‘zaro aloqasi.
Rivojlangan bozor iqtisodiyoti tahlilni ichki boshqaruv va tashqi 
moliyaviy tahlilga differentsiatsiyalash ehtiyojini yuzaga keltiradi. Ichki
boshqaruv tahlili – boshqaruv hisobining tarkibiy qismi, ya’ni korxona 
rahbariyati, ma’muriyatining axborot-analitik ta’minotidir. Tashqi
moliyaviy tahlil esa moliyaviy hisobning tarkibiy qismi sanaladi.
Analitik jarayon va baholash uchun qanday turdagi hisobot manba
sifatida xizmat qilishiga bog‘liq ravishda iqtisodiy tahlil turkumlanadi 
Shunday qilib, iqtisodiy tahlil moliya-xo‘jalik faoliyatini boshqa-
rish tizimining muhim elementi hisoblanadi, undan investitsion loyiha-
larni baholashda oldindan prognozlash varianti sifatida; moliyaviy 
shart-sharoit va natijalarni prognozlash instrumenti sifatida; ishlab
chiqarishni boshqarishdagi joriy muammolarni aniqlash; har bir fao-
liyat yuritayotgan obyektga tegishli ichki zaxiralarni aniqlash, korxo-
naning moliyaviy ahvolini baholash maqsadida foydalanish mumkin. 
Download 18.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling