G‘aznachilik faoliyatining xorij tajribalari зарубежный опыт казначейской деятельности foreign experiences of treasury activities


Download 24.1 Kb.
bet1/2
Sana30.01.2023
Hajmi24.1 Kb.
#1141347
  1   2
Bog'liq
XXX


G‘AZNACHILIK FAOLIYATINING XORIJ TAJRIBALARI
ЗАРУБЕЖНЫЙ ОПЫТ КАЗНАЧЕЙСКОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ
FOREIGN EXPERIENCES OF TREASURY ACTIVITIES


XXX


OʻzMU Iqtisodiyot fakulteti talabasi


ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada g'aznachilik tushunchasining mohiyati, xorij tajribalari va bugungi holati hamda davlat moliyasi tizimini tashkil e'tishdagi o'rni xususida so'z yuritilgan.
Kalit so'zlar: institutsional islohotlar, moliya, g'azna, davlat budjeti, davlat budjetini boshqarish, g'aznachilik, budjet mablag'lari.
В данной статье рассматривается сущность понятия казначейства, его современный статус и роль в организации финансовой системы государства.
Ключевые слова: институциональные реформы, финансы, казначейство, государственный бюджет, управление государственным бюджетом, казначейство, бюджетные средства.
This article discusses the essence of the concept of treasury, its current status and its role in the organization of the state financial system.
Key words: institutional reforms, finance, treasury, state budget, state budget management, treasury, budget funds.
Mavzuning dolzarbligi.
Bugungi kunda Oʻzbekiston Respublikasi dunyo mamlakatlari toʻplagan tajribaning ijobiy tomonlarinn oʻzlashtirish asosida oʻzining milliy taraqqiyot modelini jahon jamoatchiligiga havola etdi. Shuning uchun ham davlat moliyasini boshqarish borasida xorijiy davlatlarda, shuningdek, MDH davlatlarida olib borilgan ishlarni oʻrganish va ular toʻplagan ijobiy tajribalarni mamlakatimizda qoʻllash, albatta foydadan holi boʻlmaydi. Bozor iqtisodiyotiga oʻtish davrining xarakterli tomoni shundaki, moliyaviy resurslarning davlatning moliyaviy resurslarining cheklanganligidir. Davlat byudjeta mablagʻlari respublikamizda bozor iqtisodiyotiga oʻtish dasturlarini moliyalashtirishning asosiy manbasi hisoblanadi. Davlat moliyasini boshqarish doimo rivojlanishda yangilanishda boʻlib, yangi gʻoyalar qarashlar va yangi yondashuvlarning paydo boʻlishi uni yanada boyitmoqda. Davlat moliyasini boshqarishni isloh qilishning yanada chuqurlashtirish borasida mamlakatimizda olib borilayotgan ishlarda rivojlangan davlatlar tajribasi va taraqqiyot modellaridan nusxa koʻchirmagan holda, yangi mexanizmlarning bugungi amaliyotimizda ijobiy samara beradigan tomonlaridan keng va unumli foydalanish juda muximdir. Mamlakatimizning iqtisodiy sohasida qator yangilik va o'zgarishlarning joriy qilinishi uning iqtisodiy jihatdan yanada takomillashishiga xizmat qilmoqda. Davlat moliyasi yo'nalishida institutsional islohotlar keng ko'lamda amalga oshirilyapti. Ushbu amaliy harakatlarning negizida eng avvalo, davlat budjeti ijrosiga dunyo tan olgan va dunyo mamlakatlarida sinovdan o'tgan, budjet mablag'laridan natijakor foydalanishni ta'minlab beruvchi g'aznachilik tizimining joriy qilinganini alohida e'tirof bilan tilga olish lozim. Ba’zi mamlakatlarda gʻaznachilik tasdiqlangan byudjet asosida, byudjet tashkilotlariga resurslar ajratish bilan cheklangan taqdirda, uning roli sust boʻladi.
Rossiya Federatsiyasi Federal G’aznachiligi vakillari g’aznachilik axborot texnologiyalari bazasida byudjetdan mablag' oluvchilarning markazlashtirilgan buxgalteriyasini yaratish yo’li bilan g’aznachilik kuzatuvini olib borish tajribasi bilan o’rtoqlashishdi.
Misol uchun Fransiyada davlat byudjetini tashkil topish va bajarilish jaroyoninii tashkil qiladigan yadrosi Iqtisodiyot, moliya va sanoat vazirligidir. uning tuzilmasida qo’yidagilarga ajratiladi:
Byudjet boshqarmasi (byudjet bajarilishi tayyorlash, tasdiqlash protseduralar va metadologiyasiga javobgar organ);
Davlat moliyasini ro’yxat qilish bosh boshqarmasi - Aniq qilib ayiganda Fransiya davlat g’aznachiligini o’zi; 1
Fransiyada G’aznachilik funktsiyalari Davlat G’aznasi va Davlatning hisob-kitob yuritish bosh derektsiyasi o’rtasida bo’lingan bo’ladi. Har ikkala tashkilot yuqori tashkilotlarning ikkinchi pog’onasi hisoblanadi:
Davlat G’aznasi Moliya Vazirligining, Davlatning hisob-kitob yuritish bosh derektsiyasi Byudjet vazirligining tarkibiga kiradi.
Frantsiyada barcha moliyaviy resurslar G’aznachilikning yagona hisobraqamida yig’iladi, bu mablag’larning miqdori Markaziy Bankda joylashgan barcha tushumlar va to’lovlar yig’iladigan shu hisobraqam bilan nazorat qilinadi. “Davlat G’aznasi quyidagi huquqlarga ega”:
byudjet mablag’lari taqsimlovchilarining taqdim qilgan kirim orderlarini, shartnomalarda belgilangan qarz talabnomalarini ijro qilish uchun qabul qiladi, shuningdek, qarz majburiyatlari bo’yicha naqd pullarni va davlat tashkilotlarining huquqi bo’lgan boshqa shakldagi tushumlarni oladi;
buyruqqa asosan, kreditorlarning talabi bo’yicha taqdim qilingan hujjatlar asosida xarajatlarni to’lovini amalga oshiradi, shuningdek, sud qarorlarini ijro qiladi;
davlat muassasalarini yoki ularning ishonchli vakillariga qarashli pul mablag’larni va moddiy boyliklarni saqlashni va qo’riqlashni ta’minlaydi;
naqd pullar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalarni bajaradi;
amalga oshirilgan moliyaviy operatsiyalarni tasdiqlaydigan buxgalteriya hisob- kitobi bo’yicha yuritiladigan xujjatlarni saqlaydi;
buxgalteriyada ularga yuklatilgan buxgalteriya hisob-kitobini olib boradi.’aznachilik direktsiyasi - «Frans-trezor» agentligi (FTA). 2

Download 24.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling