Akrom abbasovich karimov, zafar avazmuratovich muqumov, mutabar hamidullaevna khodjaeva


Download 3.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet172/185
Sana06.10.2023
Hajmi3.91 Mb.
#1693293
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   185
Bog'liq
Akrom abbasovich karimov, zafar avazmuratovich muqumov, mutabar

Boshqa auditor (Other auditor) - asosiy auditordan farqlanadigan va asosiy 
auditor tomonidan audit o’tkazilgan moliyaviy hisobotga kiritilgan sub’ektning 
tarkibiy qismi bo’lgan moliyaviy ma’lumot bo’yicha hisobot tayyorlashga mas’ul 
bo’lgan auditor. “Boshqa auditorlar” tushunchasiga xuddi shu yoki boshqa nom 
bilan ataladigan affiliilangan firmalar, korrespondent firmalar, shuningdek ushbu 
kompaniya bilan bog’liq bo’lmagan auditorlar kiradi. 
Oldingi auditor (Predecessor auditor) - oldin sub’ektning auditori bo’lgan va 
keyinchalik boshqa auditorga almashtirilgan auditor. 
Tashqi auditor (External auditor) - lozim bo’lganda “tashqi auditor” va “tashqi 
audit” atamalari “tashqi auditor”ni “ichki auditor”dan, tashqi audit jarayonida 
amalga oshiriladigan faoliyatni ichki auditda amalga oshiriladigan faoliyatidan 
ajratish uchun qo’llaniladi. 


410 
Xodimlar (Personnel) - o’z tarkibiga firmaning auditorlik faoliyatiga jalb qilingan 
barcha hamkorlar va xodimlar jadvalidagi kasbiy xodimlarni kiritadi. 
Auditorlik dalil (Audit evidence) - auditorlik xulosasi asoslanadigan xulosalarni 
shakllantirish jarayonida auditor tomonidan olinadigan
ma’lumotdir. Auditorlik dalillar moliyaviy hisobot asosida yotadigan dastlabki 
hujjatlar va hisob yozuvlaridan hamda boshqa manbalardan olingan tasdiqlovchi 
ma’lumotlardan iborat bo’ladi. 
Auditorlik firmasi (Audit firm) - auditorlik xizmatlarini ko’rsatadigan sub’ekt yoki 
firma, jumladan, tegishli ravishda uning hamkorlari yoki amaliyot bilan 
shug’ullanadigan alohida auditorlar. 
Auditorning yordamchilari (Assistants) - alohida auditni o’tkazish uchun jalb 
qilingan, ammo auditor bo’lmagan xodimlar. 
Auditorlik tavakkalchiligi (Audit risk) - moliyaviy hisobot ahamiyatli darajada 
yanglish bo’lganda auditor nomuvofiq auditorlik xulosasini berish tavakkalchiligi. 
Auditorlik tavakkalchiligi quyidagi uch tarkibiy qismdan: ajratib bo’lmaydigan 
tavakkalchilik, nazorat tavakkalchiligi va aniqlanmaslik tavakkalchiligidan iborat 
bo’ladi. 

Download 3.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling