Akrom abbasovich karimov, zafar avazmuratovich muqumov, mutabar hamidullaevna khodjaeva


Auditorning ma’lumot bilan bog’liqligi (Auditor`s assocition)


Download 3.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet174/185
Sana06.10.2023
Hajmi3.91 Mb.
#1693293
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   185
Bog'liq
Akrom abbasovich karimov, zafar avazmuratovich muqumov, mutabar

Auditorning ma’lumot bilan bog’liqligi (Auditor`s assocition) - ma’lumot 
auditorning hisobotiga ilova qilingan yoki kasbiy aloqalarda auditor nomini 
foydalanishga ruxsat berilgan taqdirda auditor moliyaviy hisobot bilan bog’liq deb 
hisoblanadi. 
Balans sanasidan keyingi hodisalar (Post-balance sheet events) - (“Kelgusi 
xodisalar”ga qarang). 
Biznes to’g’risida bilimga ega bo’lish (Knowledge of the business) - sub’ekt o’z 
faoliyatini amalga oshirayotgan doirada iqtisod va tarmoqni, shuningdek sub’ekt 
qanday faoliyat ko’rsatayotganligi to’g’risida aniqroq bilimga ega bo’lish. 
Boshlang’ich qoldiq (Opening balances) - davr boshiga hisobvaraqlar bo’yicha 
mavjud bo’lgan qoldiqlar. Boshlang’ich qoldiq o’tgan davr bo’yicha yakuniy 
qoldiqqa asoslanadi va o’tgan davrlar bo’yicha operatsiyalar va ushbu davrlarda 
qo’llanilgan hisob siyosati ta’sirini aks ettiradi. 
Bog’liq tomonlar (Related parties) - 24-sonli Buxgalteriya hisobining xalqaro 
standartlarida bog’liq tomonlar va bog’liklik tomonlar orasidagi operatsiyalari 
quyidagicha ifodalangan: 
Bog’liq tomon (Related party) - moliyaviy va tezkor qarorlarni qabul qilish 
jarayonida bir tomon boshqa tomon ishini nazorat qilgan yoki ahamiyatli darajada 
ta’sir ko’rsatish qobiliyatiga ega bo’lgan taqdirda tomonlar bog’liq deb 
hisoblanadi. 
Bog’liq tomonlar orasidagi operatsiyalar (Related party transaction) - narxi 
belgilanganligidan qat’i nazar, bog’liq tomonlar o’rtasida bir-biriga zahiralar yoki 
majburiyatlarni o’tkazish. 
Buxgalteriya baholash (Accounting estimate) -  aniq o’lchov usullari bo’lmagan 
modda summasining yaqinlashtirilgan ko’rsatkichi. 
Buxgalteriya hisobining keng-qamrovlik asosi (Comprehensive basis of 
accounting) - moliyaviy hisobotni tayyorlashda barcha ahamiyatli moddalarga 
nisbatan qo’llaniladigan va mustahkam negizga ega bo’lgan bir qator mezonlardan 
iborat. 

Download 3.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling