413
qaramasdan, bunday tanlab olish natijasi audit maqsadiga erishishni ta’minlaydi
degan xulosa.
Kasbga doir xizmatlar (Related services) -
sharhlar, kelishilgan muolajalar va
kompilyatsiyalardan iborat.
Kelishilgan muolajalarni bajarish bo’yicha kelishuv (Agreed-upon procedures
engagement) - kelishilgan muolajalarni o’tkazishga oid kelishuv bo’yicha auditor,
sub’ekt va boshqa har bir uchinchi tomonlar bilan kelishilgan auditorlik
muolajalarini amalga oshirish uchun jalb etiladi va amaldagi xulosalar bo’yicha
hisobot taqdim etadi. Ushbu hisobotdan oydalanuvchilar auditor hisobotiga asosan
o’zlarining xulosalarini chiqarishlari lozim. Ushbu
hisobot faqat kelishiligan
muolajalarni bajarish bo’yicha ishtirok etayotgan tomonlarga taqdim etiladi,
chunki muolajalar o’tkazish sabablari bilan tanishtirilmagan boshqa tomonlar ular
natijalarini noto’g’ri talqin qilishlari mumkin.
Kelishuv xati (Engagement letter) - auditor tayinlanganligi, auditning maqsadi va
ko’lami, auditorning mijoz oldida javobgarlik darajasi va har qanday hisobotlarni
taqdim etish shaklini hujjatlashtiradi va tasdiqlaydi.
Kompilyatsiyaviy kelishuv (Compilation engagement) - kompilyatsiyaviy
kelishuvda buxgalter o’zining buxgalteriya hisobi bo’yicha bilimlarini, auditga oid
bilimlariga
qarama-qarshi holda, moliyaviy hisobotni to’plash, turkumlash va
umumlashtirish uchun qo’llash maqsadida jalb qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: