Akrom abbasovich karimov, zafar avazmuratovich muqumov, mutabar hamidullaevna khodjaeva


Download 3.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet177/185
Sana06.10.2023
Hajmi3.91 Mb.
#1693293
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   185
Bog'liq
Akrom abbasovich karimov, zafar avazmuratovich muqumov, mutabar

Yillik hisobot (Annual report) - odatda sub’ekt har yili auditorlik tekshiruvidan 
o’tkazilgan moliyaviy hisobot va ushbu hisobot yuzasidan auditorlik hisobotidan 
iborat hujjatni chop etadi. Ushbu hujjat odatda “yillik hisobot” deb ataladi. 
Yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan xato (Tolerable error) - tanlab olish majmuida 
auditor tomonidan qabul qilinishi mumkin bo’lgan eng ko’p xato va, shunga 


413 
qaramasdan, bunday tanlab olish natijasi audit maqsadiga erishishni ta’minlaydi 
degan xulosa. 
Kasbga doir xizmatlar (Related services) - sharhlar, kelishilgan muolajalar va 
kompilyatsiyalardan iborat. 
Kelishilgan muolajalarni bajarish bo’yicha kelishuv (Agreed-upon procedures 
engagement) - kelishilgan muolajalarni o’tkazishga oid kelishuv bo’yicha auditor, 
sub’ekt va boshqa har bir uchinchi tomonlar bilan kelishilgan auditorlik 
muolajalarini amalga oshirish uchun jalb etiladi va amaldagi xulosalar bo’yicha 
hisobot taqdim etadi. Ushbu hisobotdan oydalanuvchilar auditor hisobotiga asosan 
o’zlarining xulosalarini chiqarishlari lozim. Ushbu hisobot faqat kelishiligan 
muolajalarni bajarish bo’yicha ishtirok etayotgan tomonlarga taqdim etiladi, 
chunki muolajalar o’tkazish sabablari bilan tanishtirilmagan boshqa tomonlar ular 
natijalarini noto’g’ri talqin qilishlari mumkin. 
Kelishuv xati (Engagement letter) - auditor tayinlanganligi, auditning maqsadi va 
ko’lami, auditorning mijoz oldida javobgarlik darajasi va har qanday hisobotlarni 
taqdim etish shaklini hujjatlashtiradi va tasdiqlaydi. 
Kompilyatsiyaviy kelishuv (Compilation engagement) - kompilyatsiyaviy 
kelishuvda buxgalter o’zining buxgalteriya hisobi bo’yicha bilimlarini, auditga oid 
bilimlariga qarama-qarshi holda, moliyaviy hisobotni to’plash, turkumlash va 
umumlashtirish uchun qo’llash maqsadida jalb qiladi. 

Download 3.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling