Akrom abbasovich karimov, zafar avazmuratovich muqumov, mutabar hamidullaevna khodjaeva


Maxsus ahamiyatga ega bo’lgan auditorlik hisoboti (Spesial purpose auditor`s


Download 3.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet179/185
Sana06.10.2023
Hajmi3.91 Mb.
#1693293
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   185
Bog'liq
Akrom abbasovich karimov, zafar avazmuratovich muqumov, mutabar

Maxsus ahamiyatga ega bo’lgan auditorlik hisoboti (Spesial purpose auditor`s 
report) - moliyaviy hisobot bo’yicha auditorlik hisobotdan farqli, moliyaviy 
ma’lumotning mustaqil auditi munosabati bilan tayyorlangan hisobot va u 
quyidagilardan iborat: 
(a) Buxgalteriya hisobi xalqaro standartlari yoki milliy standartlaridan farqli 
ravishda tayyorlangan buxgalteriya hisobining keng-qamrovli asoslariga muvofiq 
tayyorlangan moliyaviy hisobot; 
(b) moliyaviy hisobotning maxsuslashtirilgan hisobvaraqlari, hisobvaraqlar 
elementlari yoki moddalari; 
(v) shartnoma majburiyatlariga muvofiqligi; 
(g) umumlashtirilgan moliyaviy hisobot. 
Ma’lumotlar bazasi (Database) - bir necha turli foydalanuvchilarning umumiy 
ixtiyorida bo’lgan va ular tomonidan turli maqsadlar uchun qo’llaniladigan 
ma’lumotlar to’plami. 
Milliy (auditorlik) amaliyot (National practices (auditing)) - odatda audit 
o’tkazish yoki kasbga doir xizmatlarni ko’rsatish paytida auditorlar tomonidan 
qo’llaniladigan mamlakat darajasida vakolatga ega bo’lgan idora tomonidan 
belgilangan, standartlar kuchiga ega bo’lmagan auditga oid tavsiyalar to’plami. 
Milliy (auditorlik) standartlar (National standarts (auditing)) - audit o’tkazi yoki 
kasbga doir xizmatlarni bajarish paytida albatta qo’llanishi va audit o’tkazish yoki 
kasbga doir xizmatlarni bajarish paytida albatta bajarilishi lozim bo’lgan qonun 
yoki me’yoriy hujjatlar, mamlakat darajasida vakolatga ega bo’lgan idora 
tomonidan belgilangan auditorlik standartlar to’plami. 
Modifikatsiyalashtirilgan auditorlik hisoboti (Modified auditor`s report)
tushuntirish band(lar)i hisobotga kiritilgan yoki auditor o’z fikrini izohlarsiz 
ifodalamagan taqdirda auditorlik hisoboti modifikatsiyalashtirilgan hisoblanadi. 
Sharhlar bilan fikr bildirish (Qualified opinion) - auditor fikr sharhlarsiz 
bildirilishi mumkin bo’lmagan degan xulosaga kelganda, lekin sub’ekt rahbariyati 
bilan barcha kelishmovchiliklar natijalari yoki audit ko’lami cheklanishi salbiy fikr 
bildirish yoki fikr bildirishdan voz kechish talabiga ahamiyatli va chuqur ta’sir 
ko’rsatmagan holda, fikr sharhlar bilan bildiriladi. 

Download 3.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling