Akrom abbasovich karimov, zafar avazmuratovich muqumov, mutabar hamidullaevna khodjaeva
Buxgalteriya hisobi va auditning modellari
Download 3.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Akrom abbasovich karimov, zafar avazmuratovich muqumov, mutabar
Buxgalteriya hisobi va auditning modellari
Argentina, Boliviya, Braziliya, Gayana, Paragvay, Peru, Urugvay, Chili, Ekvador Janubiy Amerika modeli Kontinental model Avstriya, Angola, Belgiya, Burkina- Faso, Gvineya, Gretsiya, Daniya, Jazoir, Misr, Zair, Ispaniya, Italiya, Kamerun, Mali, Lyuksemburg, Marokash, Norvegiya, Portugaliya, Togo, Senegal, Sera- Leone, Frantsiya, Shveytsariya, Shvetsiya, Yaponiya Avstraliya, AQSh, Barbados, Benin, Buyuk Britaniya, Venesuela, Kipr, Dominikan, Zambiya, Isroil, Hindiston, Indoneziya, Panama, Irlandiya, Kanada, Keniya, Kolumbiya, Malayziya, Meksika, Nigeriya, Fidji, Niderlandiya, JAR, Pokiston, Singapur, Tanzaniya, Filippin, Yamayka Britan-Amerika modeli 35 AQSh, Kanada va Buyuk Britaniyaning auditorlik faoliyatida milliy standartlar amal qilib, xalqaro auditorlik standartlaridan ma’lumot uchun foydalaniladi. Avstraliya, Braziliya, Niderlandiya va boshqa davlatlarda xalqaro auditorlik standartlari milliy auditorlik standartlarini ishlab chiqishda asos bo’lib xizmat qiladi. O’zbekistonda ham xalqaro audit standartlari asosida auditning milliy standartlari ishlab chiqilmoqda va amaliyotga tatbiq etilmoqda. Malayziya va Nigeriyada milliy standartlar ishlab chiqilmaydi, ularning auditorlik amaliyotida xalqaro standartlar to’lig’icha amal qiladi. Har bir mamlakatda auditning standartlarini ishlab chiqishda maxsus tashkilotlar faoliyat yuritadi. Masalan, AQShda standartlarni ishlab chiqish bilan moliyaviy hisobot standartlarini ishlab chiquvchi kengash (FASB) shug’ullanadi. Ushbu standartlarning amalda qo’llanilishini nazorat qilish hukumatning Qimmatli qog’ozlar va birjalar bo’yicha komissiyasi (SEC) zimmasiga yuklatilgan. FASB va SECning o’zaro hamkorligi tufayli AQShda audit standartlari qo’llanilishining samarali mexanizmi yaratilgan. Auditning vatani hisoblangan Buyuk Britaniyada esa buxgalteriya hisobi va audit siyosati asosan nohukumat tashkilotlar tomonidan olib boriladi. Shu boisdan Xalqaro auditorlik standartlari (XAS)ning qo’llanilish darajasi XAS milliy standartlarni ishlab chiqishda qo’llaniladi Malayziya, Nigeriya Avstraliya, Braziliya AQSh, Kanada, Buyuk Britaniya XAS to’lig’icha amal qiladi, milliy standartlar mavjud emas XASning faqat ma’lumot uchun ishlatilishi 36 AQSh va Buyuk Britaniyada qabul qilingan audit standartlari bir-biriga mos tushmaydi. Frantsiyada auditning milliy standartlari Milliy kompaniya qo’mitasi tomonidan ishlab chiqiladi. Ushbu davlatda qabul qilinadigan auditning milliy standartlari xalqaro standartlarga to’lig’icha mos keladi, ayrim mutaxassislarning aytishicha, Frantsiyada qabul qilinadigan milliy standartlar «Xalqaro standartlarning frantsuzcha varianti» deb yuritiladi. Umuman olganda, xalqaro auditorlik standartlari jahon miqyosida audit tizimini unifikatsiyalashga xizmat qiladi. Respublikamiz iqtisodiyotini yanada rivojlantirish yo’lida auditorlik faoliyatini xalqaro standartlar asosida tashkil qilish hamda milliy auditorlik standartlarini qabul qilish jarayonida yuqorida sanab o’tilgan mamlakatlar tajribasidan foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Download 3.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling