Akrom abbasovich karimov, zafar avazmuratovich muqumov, mutabar hamidullaevna khodjaeva


Download 3.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/185
Sana06.10.2023
Hajmi3.91 Mb.
#1693293
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   185
Bog'liq
Akrom abbasovich karimov, zafar avazmuratovich muqumov, mutabar

 
Mos keluvchanlik auditi – bu xildagi tekshirishda auditning mamlakat 
miqyosidagi qonunlarga, shuningdek, barcha me’yoriy hujjatlarga mos kelishi yoki 
kelmaslik sabablari o’rganiladi. Masalan, korxona faoliyatini auditorlik 
tekshirishdan o’tkazishda uning korxona Nizomiga yoki mavjud yo’riqnomalarga 
mos bo’lishi aniqlanadi. 
Operatsion auditda barcha xo’jalik muomalalari va jarayonlari, ularning ish 
samaradorligiga va unumdorligiga bo’lgan ta’siri o’rganiladi. Operatsion auditda 
unumdorlik va samaradorlik ko’rsatkichlari, qimmatli qog’ozlar hamda moliyaviy 
tizimga rioya qilishning buxgalteriya tamoyillariga mos kelishi nuqtai nazaridan 
ham ko’rib chiqiladi. 
Moliyaviy hisobot auditi – bunday tekshiruv moliyaviy va buxgalteriya 
xodimlari tomonidan o’tkazilib, asosan korxonaning to’lov qobiliyati, moliyaviy 
natijalar, sotish jarayonlarining hisobotlarda qanchalik darajada aks ettirilganligi 
tekshiriladi. 
Auditorlik tekshiruvi o’tkazilishining davriyligiga ko’ra ikkiga bo’linadi: 
1. Dastlabki audit
Ob’ektiga ko’ra audit 
turlari 
Mos keluvchanlik 
auditi  
Moliyaviy hisobot 
auditi 
Operatsion 
 audit 


28 
2. Davriy audit. 
Dastlabki audit auditor yoki auditorlik tashkiloti tomonidan ushbu korxonani 
birinchi marta tekshirishni anglatadi. 
Davriy audit takroriy shartnomalar orqali bir korxona bitta auditor yoki 
auditorlik tashkiloti tomonidan amalga oshiriladi. Bu esa, albatta, mijozning 
malakali auditor bilan uzoq muddatli hamkorlik qilishga bo’lgan qiziqishidan kelib 
chiqadi. Davriy audit dastlabki auditga nisbatan ancha ustundir. 
 
Takrorlash uchun savollar
1. «Xalqaro audit» fani va uning ahamiyati nimada deb o’ylaysiz? 
2. Fanning qanaqa ob’ektlarini bilasiz? 
3. «Xalqaro audit» fanining qanday usullari mavjud? 
4. «Xalqaro audit» fanida analiz, sintez, induktsiya, deduktsiya va boshqa 
usullar qay tartibda qo’llaniladi?
5. «Xalqaro audit» fanining «Amaliy audit», «Moliyaviy hisobot auditi», 
«Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari» fanlari bilan qanday aloqasi mavjud? 
6. Auditorlik faoliyati ilk bora qachon yuzaga kelgan? 
7. Auditning qanaqa turlarini bilasiz? 
8. Tashqi auditning ichki auditdan qanday farqli xususiyatlari mavjud? 

Download 3.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling