Akrom abbasovich karimov, zafar avazmuratovich muqumov, mutabar hamidullaevna khodjaeva
Download 3.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Akrom abbasovich karimov, zafar avazmuratovich muqumov, mutabar
5.2. Xitoyda auditorlik faoliyati
Xitoyda auditorlikning rivojlanishi o’ziga xos qiziqarli yo’lni bosib o’tgan. Ba’zi manbalarga ko’ra, Xitoy auditorlik tizimini barpo etgan dunyodagi birinchi mamlakat hisoblanadi. Chunonchi, U.Xanning “Chju Yuapchjanning hayot yo’li” kitobida (“Jizneopisanie Chju Yuapchjana”. - M.: Progress, 1980. – str.140 ”) shunday yoziladi: “...Yuan dinastiyasi davrida taftishni tsenzorat amalga oshirar edi. Xununing 15-yillarida (1382 yil) Chju Yuanchjan uni bosh taftishchi (auditor) palatasiga aylantirdi. Unda katta boshliqlar chap va o’ng bosh tsenzorlar, bosh tsenzorning chap va o’ng yordamchilari, bosh tsenzorning chap va o’ng do’stlari hisoblanar edilar. Ulardan pastroqda 110 nafar tsenzor-taftishchilar turar edilar. Bu tsenzor-taftishchilar o’zlarining funktsiyalarini joylarda amalga oshirar edilar. Ular barcha muassasalarda suiste’mollarni bartaraf etishlari, adolatsiz ayblovlarni fosh qilishlari, adolatsiz, o’zboshimcha va boshqaruvda tartibsizliklarni keltirib chiqargan yirik mansabdorlarga yoki kattalarga hurmatsizlik qilgan, ochko’zlik 99 qilgan, o’z lavozimlarini suiste’mol qilgan va avlodlar tomonidan o’rnatilgan tizimga zarar keltirgan rahbarlarga ayblovlar qo’yishlari mumkin edi. Tsenzor-taftishchilar rang bo’yicha uezdlar boshliqlari bilan teng bo’lsalar- da, katta hokimiyatga ega edilar. Imperator yiriklarni kichiklar, periferiyani poytaxt yordamida nazorat qilar ekan, ulardan yirik mansabdorlarni nazorat qilish uchun foydalanar edi. U tsenzor-taftishchilarga o’zlari muhim deb hisoblagan barcha narsalarni gapirish, har qanday takliflarni kiritish, barcha yirik mansabdorlar, hatto knyazlar to’g’risida ham ma’lumot berish huquqini taqdim etgan edi. Saroyda ular barcha byurokratik apparatni tekshirar, joylarga chiqqanda esa muassasalarni taftish qilar, armiyada tozalash ishlarini olib borar, maktablarni inspektsiya qilar, emakxonalar, choyxonalar va ot bozorlarini tekshirar, qo’shinlarni tekshirishdan o’tkazar va boshqa funktsiyalarni amalga oshirar edilar”. Chju Yuanchjan 1367 yildayoq tsenzorat va markaziy hukumatning mansabdorlariga oddiy va qattiq qonunlar belgilash to’g’risida farmon bergan edi. Ular tomonidan qonunchilikni ishlab chiqish uchun huquq sohasida yuqori bilimga ega bo’lgan olimlar tanlab olindi. Atroflicha tadqiqot va muhokamalar o’tkazish natijasida “Buyuk Min Qonunlari” tuzildi. Bu qonunlar o’ttiz yillik ish davomida to’rt-besh marta o’zgardi va qisqartirildi. Bu qonunlar Xitoy hukumati tarixida muhim ahamiyat kasb etdi. Qonunlar to’plamini tuzish bo’yicha ishlar tugagandan so’ng Chju Yuanchjan xalqning hayotiga taalluqli qismini oddiy tilga tarjima qilishni buyurdi. Tarjima “so’zma-so’z izoh” deb ataldi va barcha viloyatlar va uezdlarga tarqatildi. Bularning barchasi oddiy xalq qonunlarni tushunishi va ijro etishi uchun amalga oshirildi. Qonunlar va farmonlar nihoyatda murakkab bo’lib, ba’zan ko’plab arxiv materiallari to’planib qolar edi. Mansabdorlar sun’iy ravishda ish yuritishni murakkablashtirar va ularni suiste’mol qilar edi va bu suiste’mollarni aniqlash nihoyatda qiyin edi. Buning ustiga devonxonada ishlash va xazina qog’ozlari yozuvlari maxsus bilimlarni talab etar edi, chunki rasmiy hujjatlarni tuzish ko’plab mayda-chuydalarni ko’zda tutar edi. Muhrga ega bo’lgan mansabdor (bosh mansabdor) har bir yamenda muayyan muddatga tayinlanar va u ish yuritishda endi 100 biror bir narsani tushuna boshlagan paytda boshqa joyga o’tkazib yuborilar edi. Devonxona xodimlari esa odatda bir umr bitta joyda xizmat qilar edilar. Natijada davlat va xalqni amalda mansabdorlar emas, balki devonxona xodimlari boshqara boshladilar. “Xununing 20-yillarida (1387 yil) Chju Yuanchjan “Xazina qog’ozlarida murakkabliklarni bartaraf etish qoidalari”ni e’lon qildi va ularni rasmiy hujjatlar tushunarli bo’lishi va ish yurituvchilar suiste’mollikka yo’l qo’ymasliklari uchun rasmiy hujjatlarni soddalashtirish maqsadida yamenlarga tarqatdi”. 1982 yilda Xalq vakillarining Umumxitoy yig’ilishi (XVUY)da Xitoyning yangi Konstitutsiyasi e’lon qilindi. Bu konstitutsiya hukumatdan auditorlik ma’muriyatini tashkil etishni talab qilar edi. 1983 yilning sentyabr oyida 3000 dan ko’proq auditorlik tashkilotlari ro’yxatga olindi, ularda 30 mingdan ortiq shtatli a’zolar ishlar edi. Shunday qilib, konstitutsiya auditorlik ma’muriyatining mustaqilligini kafolatlaydi. Auditorlik ma’muriyati o’z funktsiyalarini muvaffaqiyatli bajarishini ta’minlash uchun Konstitutsiyaning 91 moddasida shunday yozilgan: “Davlat kengashi Premerining ko’rsatmasiga ko’ra auditorlik tashkiloti qonunga muvofiq audit o’tkazish yo’li bilan maslahat berish huquqini mustaqil amalga oshiradi. Hech qanday ma’muriy organlar yoki jamoat tashkilotlari va shaxslar tomonidan ularning faoliyatiga aralashishga yo’l qo’yilmaydi”. Bosh auditorning ob’ektivligi va mustaqilligi Konstitutsiya tomonidan muhofaza qilinadi. Ushbu qonunga muvofiq Bosh auditor premerning tavsiyasiga binoan XVUK tomonidan tayinlanishi va bo’shatilishi mumkin. XVUK Xitoyning oliy saylov boshqaruv organi hisoblanadi. Shu sababli bu holat hukumat ma’muriy organlarining bosh auditorning auditorlik ishiga aralashuviga samarali tarzda to’sqinlik qiladi. Shunday qilib, u o’z majburiyatlarini bajargan holda erkin qonunga muvofiq harakat qilishi mumkin. Garchi majburiyatlar va huquqlarning umumiy tamoyillari Konstitutsiyada keltirilgan bo’lsa-da, auditni o’tkazish vazifalarining ko’plab jihatlari ishlab chiqilmagan edi. Shu sababli hukumat qonun loyihasini ishlab chiqdi. Unda auditorlik ma’muriyatining majburiyatlari va 101 huquqlari, shuningdek, qonunbuzarlik yuz berganda u tomonidan qanday chora- tadbirlar qo’llashi lozimligi batafsil yoritib berildi. 1985 yilda e’lon qilingan auditorlik ishining vaqtinchalik qoidalari auditorlik ma’muriyatining asosiy majburiyatlarini belgilab berdi. Auditorlik ma’muriyati ko’plab davlat korxonalari juda zaif moliyaviy va buxgalterlik nazoratiga ega ekanligini aniqlashi oqibatida qonunga maxsus modda kiritildi. Ushbu modda barcha hukumat muassasalari, shuningdek, yirik va o’rta korxonalar o’z tashkilotlarida ichki audit tizimini rivojlantirishni majburiy qilib qo’ydi. 1986 yilning sentyabrida mamlakatda 21 mingdan ortiq ichki auditorlik tashkilotlari va 32 ming nafardan ziyodroq auditorlar faoliyat ko’rsata boshladi. Xitoy hukumati buxgalterlar orasida SRA (Certified Public Accountants – diplomga ega jamoat buxgalterlari) sonining ko’payishini rag’batlantiradi. SRA firmalarining ko’pchiligi xorijiy investitsiyalarga asoslangan qo’shma korxonalarga xizmat ko’rsatadi. Ammo o’sishiga qarab SRA firmalarining ko’plari boshqa firmalarga ham xizmat ko’rsatadi. SRAning ba’zi firmalari jamoa va alohida mulkchilikka asoslangan korxonalarga ham xizmat ko’rsatadi. SRA firmalari shuningdek, ichki nazorat tizimini loyihalashtirishlari, xodimlar tayyorlashlari va korxona uchun buxgalter daftarlarini yuritishlari ham mumkin. Ularning xizmatlari auditorlik ma’muriyati tomonidan tekshirilmaydigan ko’plab korxonalarni nazorat qilishni kuchaytiradi. SRAlarning maqsadga muvofiq rivojlanishiga yordam ko’rsatish uchun hukumat 1987 yil 3 iyulda bunday firmalar bo’yicha yangi qoidalarni ishlab chiqdi. Unda “SRA” maqomini olish uchun zarur shart-sharoitlar belgilab berilgan. SRA uchun yangi imtihonlarni kiritish yo’lga qo’yildi va bu qoida birinchi marta SRA firmalariga hukumat organlari va korxonalariga auditorlik xizmatini ko’rsatish imkonini berdi. Xitoyda kollejni tugatgandan keyin mutaxassisga bakalavr darajasi beriladi, magistr darajasini olish uchun esa ikki yillik o’qishni tugatish va uchinchi yilda ilmiy tadqiqot bajarish lozim. 1984 yildan 1986 yilgacha auditorlik ma’muriyati ma’muriy organlar va davlat korxonalarida ko’plab turdagi auditni o’tkazdi. Shtatlarning etarli emasligi 102 va tayyorgarlik darajasining pastligiga qaramasdan, ma’muriyat ko’plab firibgarlik, xatolar, buromadlar va soliq to’lashdan qochish holatlarini aniqladi. Ularning umumiy miqdori 4,3 mlrd yuanni tashkil etdi. 1986 yilning o’rtalariga kelib auditorlik ma’muriyati 3000 ta bo’lim va 34000 nafar auditor shtatiga ega edi. 1986 yilda zavod boshqaruvchilarining buxgalterlik daftarlarini audit qilgunga qadar ketishlarini ogohlantirish maqsadida yangi qoida qabul qilindi: korxona boshqaruvchilari ma’muriyat tomonidan audit o’tkazilmasdan turib iste’foga chiqishlari yoki o’z ish joylarini tark etmasliklari lozim. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, Xitoy iqtisodiyotining sog’lomlashuvi va bozorlarining barqarorlashuvida auditorlik xizmatlari katta rol o’ynadi. Faqat 1989 yilda tekshirishlar natijasida auditorlar tomonidan 24 mlrd yuan, yoki yalpi milliy daromadning 2 foizi miqdorida “muammoli pullar” aniqlandi. Bu pullar keraksiz ob’ektlarni qurishni moliyalashtirish, ishlanmagan mukofotlarni to’lash, ulkan “vakillik” xarajatlariga sarflanishi ko’zda tutilgan edi. 1990-1992 yillarda Xitoy auditorlik tizimining rivojlanishida katta taraqiyot yuz berdi. Xitoy iqtisodiyotining bozor munosabatlariga o’tish ko’lamining kengayishi bilan biznes sektorini ko’proq kuzatish va moliyaviy nazorat qilish talab etiladi. Jahon iqtisodiyoti, biznes va savdoda kuzatilayotgan baynalmilallashuv tendentsiyalari munosabati bilan xalqaro buxgalteriya hisobi va hisobotining ahamiyati va hajmi oshib bormoqda, buxgalterlarning xalqaro kasbiy tashkilotlari tuzila boshlandi, o’z vakolatlari doirasida hisob va auditorlik standartlarini muvofiqlashtirish jarayoniga jalb etilgan xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar ana shular jumlasidandir. Хитойда “Аудиторлик фаолияти тўғрисида”ги Қонун 1994 йил 31 августда қабул қилинган бўлиб, у 55 та моддадан иборат. Download 3.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling