103
Xalqaro CRA sertifikati bor mutaxassislar soni 2009
yil sentyabr oyi
holatiga 12 378 nafarni tashkil etgan. Shundan, auditorlik
firmalari tomonidan
yollangan CRA soni esa 7 069 nafarni tashkil etgan. 2009 yil sentyabr oyi holatiga
audit firmalari soni 110 tani tashkil etgan.
Audit firmalarining xizmat ko’rsatishdan olgan daromadlari 1.531 mlrd
Koreya voni yoki bo’lmasa $1.3mlrd AQSh dollarini tashkil etgan.
Koreya Respublikasida auditorlik faoliyati bo’yicha amalga oshirilgan ishlar
1980 yil
“Aktsionerlik kompaniyalarida tashqi audit to’g’risida”
Qonun
qabul qilindi.
1981 yil
Moliyaviy hisobotlar ko’rib chiqila boshlandi.
1989 yil
Auditorlik kasbi axloqiy qoidalari ishlab chiqildi.
1990 yil
Auditorlarning sifat nazorati tizimi tasdiqlandi.
1990-1995
yillar
6 yil davomida 140 ta auditor attestatsiyadan o’tkazildi.
2003 yil
Moliyaviy hisob ustidan ichki nazorat
hamda auditorlarning
auditorlik faoliyatiga taalluqli bo’lmagan
sohalarda boshqa
xizmatlar ko’rsatishi borasida ta’qiqlar o’rnatildi.
Bugungi kunda Koreya Respublikasi auditorlik
faoliyatida quyidagi
muammolar mavjud:
- 110 ta auditorlik tashkilotining sifat nazoratini tekshirish uchun 20 dan
ortiq nazoratchi kerak;
- yangi nazoratchilarni yollash va yoki mavjud guruhni yangi sifat nazorati
guruhiga aylantirish kabi mammolar.
Bunguni kunda mavjud 110 ta auditorlik firmalaridan 23
tasi auditorlik
tekshiruvlarining 81%ini o’tkazadi. Qolgan 77 ta firma esa 19 %
tekshiruvni
o’tkazadi.
Keyingi yillarda Koreya Respublikasi audit
tizimiga xalqaro auditorlik
kompaniyalarining kirib kelishi jadallik bilan rivojlanib bormoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: