"Krokodil" va "Krokus" firmalari keng assortimentdagi charm
Download 16.6 Kb.
|
10. Marketing dasturi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Topshiriqlar
- KEYS 2.
- KEYS 3.
KEYS 1“Krokodil” va “Krokus” firmalari keng assortimentdagi charm- galantereya mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Quyida har bir firmaning assortimenti keltirilgan. “Krokodil” firmasi assortimentiga quyidagilar kiradi: hujjatlar uchun papka (charm, 4 ta bo‘linma, molniya-zanjir, qora rang, narxi 300 so‘m.); “Prestij” keysi (yuqori sifatli charm, 5 ta bo‘linma, kodli qulf, qora rang, narxi 780 so‘m.); sport sumkasi (sintetik material, 3 ta bo‘linma, hajmini oshirish imkoniyati, molniya-zanjir, yorqin rang (har xil turlar), narxi 200 so‘m.); “Elita” ayollar sumkasi (yuqori sifatli charm, 2 ta bo‘linma + cho‘ntakcha, rangi qora, suvenir sifatida yo‘ldosh tovarlar to‘plami — hamyon, firma savdo markasi tushirilgan ko‘zgu, narxi 600 so‘m.); chemodan (sun’iy charm, 2 ta bo‘linma, qulfli kalit, rang — jigar rangning har xil tuslari, narxi 450 so‘m.). “Krokus” firmasi assortimentiga quyidagilar kiradi: “Premera” ayollar sumkasi (biser tikilgan, har xil ranglar, 1 ta bo‘linma + cho‘ntakcha, narxi 600 so‘m.); xo‘jalik sumkasi (sintetik material, 4 ta bo‘linma, hajmini oshirish imkoniyati, molniya-zanjir, rangi — ko‘k, yashil, bordo, narxi 128 so‘m.); yo‘l sumkasi (sintetik material, 4 ta bo‘linma, hajmini oshirish imkoniyati, molniya-zanjir, rangi — ko‘k, yashil, bordo, narxi 240 so‘m.); “Biznesmen” diplomat (sun’iy charm, surilma zanjir, 3 ta bo‘linma, rangi — qora, jigarrang, narxi 650 so‘m.); “Tetrad” papkasi (sun’iy charm, 1 ta bo‘linma, rangi - qora, jigarrang, bordo, narxi 50 so‘m.). Topshiriqlar:Ushbu assortimentni tahlil qiling. Bu tovarlar iste’molchilari segmentlariga qisqacha tavsif bering. Raqobatchi tovar juftliklarini ko‘rsating. Raqobatchi tovar juftliklari ("Tetrad" papkasi va hujjatlar uchun papka) uchun iste’molchi uchun ahamiyatli bo‘lgan tovarning qator tavsiflarini aniqlang. Har bir tavsifning muhimligini baholang. Sizningcha eng muhim bo‘lgan tavsiflarni ko‘rsatilgan segmentga tegishli bo‘lgan iste’molchilarning xohish-istaklariga muvofiq ranglarga ajrating. Tovar tavsiflarini quyidagi guruhlarga birlashtiring: mahsulotning ekspluatatsion xususiyatlari; mahsulotning sifat darajasi; mahsulotning iqtisodiy tavsiflari; narx va narx omillaridan foydalanish texnologiyasi. KEYS 2.“Petromebel” firmasining ish yo‘nalishlaridan biri — oshxona mebellari ishlab chiqarish. Iste’molchi mebel tanlashiga ta’sir etuvchi qator asosiy omillarni (tovar tavsifini) aniqlang va ularning iste’molchi uchun muhimligini baholang. Bir nechta eng muhim tavsiflarni tanlang va ularni iste’molchilar xohish-istaklariga muvofiq ranglarga ajrating. Tovar tavsiflarini quyidagi guruhlarga birlashtiring: mahsulotning ekspluatatsion xususiyatlari, mahsulotning sifat darajasi, mahsulotning iqtisodiy tavsiflari; narx va narx omillaridan foydalanish texnologiyasi; talabni rag‘batlantirish usullari; tovarni harakatlantirish va sotuv usullari. Iste’molchilar xohish-istaklari muhimligini baholash va joylashda quyidagi segmentga e’tibor qarating: 4 kishidan iborat bo‘lgan, daromad darajasi o‘rtacha, alohida kvartirada yashaydigan oila. KEYS 3.“Novaya zarya” va “Svoboda” firmalari parfumeriya va kosmetika tovarlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Ularning har biri bolalaruchun tish pastasi ishlab chiqaradi, birinchisi —“Zolotoy klyuchik” pastasi, ikkinchisi — “Terem-teremok” pastasi. Ushbu tovarning iste’molchi uchun muhim bo‘lgan tavsiflarini ifodalang, ularning ahamiyatini baholang; eng muhim tavsiflarni iste’molchilar xohish-istaklariga muvofiq ranglarga ajrating. Siz har bir tovar uchun tanlab olgan tavsifni mujassam etish uchun taxminiy ma’lumotlar bering. Berilgan segment iste’molchilarining ikkala firma tovarlariga munosabati bo‘yicha o‘yin tarzida marketing tadqiqoti o‘tkazing. Har bir firma tovarining raqobatbardoshlik darajasini aniqlang. Download 16.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling