Akrom abbasovich karimov, zafar avazmuratovich muqumov, mutabar hamidullaevna khodjaeva
Download 3.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Akrom abbasovich karimov, zafar avazmuratovich muqumov, mutabar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Отформатировано
6.3 Belarus Respublikasida auditorlik faoliyati Belarus Respublikasida auditorlik faoliyati 1994 yil 8 noyabrda Respublika Oliy Kengashida qabul qilingan “ Auditorlik faoliyati to’g’risida ” gi Belarus Respublikasi qonuni (2007 yilda 25 oktyabrda tuzatish , o’zgartirish va qo’shimchalar kiritilgan ), milliy audit standartlari , Belarus Respublikasi Moliya vazirligining auditorlik faoliyati qoidalarining qayta ishlangan shakllariga muvofiq zamonaviy sharoitlarda amalga oshirilmoqda . Qonunga ko’ra , auditorlik faoliyati – buxgalteriya ( moliyaviy ) hisobotlari , buxgalteriya hisobi va tashkilotning boshqa hujjatlarini mustaqil tekshirish bo’yicha faoliyat bo’lib , qonunchilikning tegishli moliyaviy ( xo’jalik ) operatsiya va ishonchli buxgalteriya ( moliyaviy ) fikrlarini ifodalash maqsadida , xo’jalik guruhi , bank guruhi , bank xoldingi , oddiy sherikchilik ( birgalikda faoliyat yuritish bo’yicha qatnashchilar kelishuvi ), yakka tadbirkorlar kabi ularni alohida qismlarga ajratish , zaruriyat yuzasidan va yoki faoliyat yuzasidan buxgalteriya ( moliyaviy ) hisobotlarida aks etishi kerak . Auditorlik tashkilotlari va auditorlar Respublikada auditorlik faoliyati sub’ektlari sanaladi . Auditor mavjud qonunchilikka muvofiq oliy iqtisodiy yoki huquqiy ma’lumotga ega va uch yildan kam bo’lmagan mos keluvchi mutaxassislik bo’yicha ish staji , shu bilan birga malakani belgilovchi talablarga , auditorlar uchun o’rnatilgan qonunchilikka va auditorik sertifikatiga ega bo’lgan Отформатировано: Отступ: Первая строка: 0 см 117 jismoniy shaxslar bo’lishi mumkin . Ayni vaqtda banklar , moliya-kredit tashkilotlarida tashqi auditni amalga oshirish uchun Belarus Respublikasi Milliy Banki tomonidan berilgan va sug’urta tashkilotlarida tashqi auditini olib borish uchun esa Belarus Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan beriladigan sug’urta tashkilotlarida auditorlik faoliyatini olib borish uchun qo’shimcha litsenziya zarur bo’ladi . Auditorlik faoliyatini litsenziyalash , shu jumladan , auditorlik faoliyatida litsenziyalarni to’xtatish va bekor qilish “Litsenziyalash to’g’risida”gi qonunga muvofiq amalga oshiriladi . Auditor auditorlik tashkilotining xodimi ( fuqarolik - huquqiy kelishuv asosi bo’yicha audit o’tkazishga jalb qilingan holda yoki tashkilot shtatida bo’lgan holatda ), yakka tadbirkor sifatida ham faoliyat olib borish mumkin . So’nggi holatlarda , auditor , umumiy talablar bilan bir qatorda sertifikatdan tashqari auditorlik faoliyatini amalga oshirishda Belarus Respublikasi Moliya vazirligining litsenziyasini olishi lozim . Auditorlik faoliyatini auditorlik tashkiloti ham amalga oshirishi mumkin . Auditorlik tashkiloti – tijorat tashkiloti ham bo’lib , auditorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bir qatorda audit xizmatini ko’rsatishi mumkin . Amaldagi qonunchilikka muvofiq auditorlik tashkilotida shtatlar uchta auditordan kam bo’lmasligi kerak . Bundan tashqari auditorlik tashkilotining 50 % xodimlari tarkibi Belarus Respublikasida doimiy yashayotgan respublika fuqarolaridan tashkil topishi kerak , auditorlik tashkiloti boshqaruvchisi xorijiy fuqaro bo’lgan hollarda - 75% dan kam bo’lmasligi kerak . Auditorlik tashkilotlari boshqaruvchilari auditor sertifikatiga ega bo’lgan istalgan jismoniy shaxs bo’lishi mumkin . Auditorlik tashkilotlari auditorlik faoliyatini amalga oshirishda , o’z faoliyatini amaldagi qonunchilikka muvofiq Belarus Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan berilgan litsenziya asosida amalga oshiradi . Auditorlik tashkilotlari va auditor – yakka tadbirkorlarga auditorlik faoliyati , hamkorlikda audit xizmatini ko’rsatish , o’qituvchilik va ilmiy faoliyatdan tashqari boshqa tadbirkorlik ko’rinishidagi faoliyat bilan shug’ullanish ta’qiqlanadi . Sudlangan , qonunlarda belgilangan tartiblarni buzgan shaxslar auditorlik 118 faoliyatini olib borish huquqiga ega emas . Auditorlik faoliyatini amalga oshirishning asosiy sharti – litsenziya berish haqidagi moliya vazirligining qaror qabul qilishi uchun auditning barcha sub’ektlari davlat auditorlik tashkilotlari va auditorlar ro’yxatidan o’tishi kerak . Banklar va bank bo’lmagan moliya - kredit tashkilotlarida auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya oluvchi auditorlar va auditorlik tashkilotlari haqida ma’lumot Belarus Respublikasi Milliy bankidan olgan axborotlar asosida Moliya vazirligi tomonidan auditorlar va auditorlik tashkilotlari Davlat ro’yxatiga kiritiladi . Auditorlar va auditorlik tashkilotlari o’z vazifasini bajarish davomida idoraning buxgalteriya hisobi , hisobotning tuzilishiga , tashkilotdagi tartib-qoida , instruktiv materiallarga , me’yoriy hujjatlarga , qonunchilikning boshqa rasmiy hujjatlariga , ishlab chiqarish xo’jalik sub’ektlari va moliyaviy - iqtisodiy masalalarga tayanib ish ko’radi . Belarus Respublikasi qonunchiligiga binoan auditorlik faoliyatiga davlat boshqaruvini Belarus Respublikasi prezidenti , Vazirlar Kengashi , Moliya Vazirligi , Milliy bank va vakolatga ega bo’lgan boshqa tashkilotlar amalga oshiradi . Davlat boshqaruvi bilan auditorlik faoliyati topshiriqlarini bajarish uchun , auditor davlat boshqaruvi bo’yicha majburiyat Belarus Respublikasi Moliya vazirligiga yuklanadi . Vazirlik tizimida 1988 yil 8 oktyabrdan Bosh audit boshqarmasi tashkil etildi . Hozirgi kunda – Audit boshqarmasi deb nomlanadi . Belarus Respublikasi Prezidenti auditorlik faoliyati davlat boshqaruvida umumiy tartib o’rnatadi . Belarus Respublikasi Prezidentining 28.07.1999 yilgi № 30 farmoni bilan Belarus Respublikasida auditorlik faoliyati davlat boshqaruvi tartibiga o’zgartirish kiritildi . Bu farmon auditorlik faoliyati davlat boshqaruvi vakolatini jamoat tashkilotlari ( Auditorlik palatasi ) dan Belarus Respublikasi Moliya vazirligiga o’tkazdi . Bugungi kunda auditorlik faoliyati mavjud qonunlar asosida boshqariladi . Mazkur qonunlarda majburiy audit olib borishi lozim bo’lgan tashkilotlar belgilangan . 25.06.2007 yilgi “ Auditorlik faoliyati to’g’risida ” gi qonunning 22 - 119 moddasida auditorlik faoliyati davlat boshqaruvi sohasida Moliya vazirligining vakolati aniq ko’rsatilgan . Tegishli moddalarga muvofiq Moliya vazirligi : - Audit metodologiyasini ishlab chiqadi ; - Auditorlik faoliyatini amalga oshirish sohasida me’yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qiladi ; - Auditorlik faoliyatining davlat qoidalarini o’rnatadi ( Bank va bank bo’lmagan moliya-kredit tashkilotlarida auditorlik faoliyatidan tashqari ); - Auditorlarni attestatsiyadan o’tkazadi ; - O’z vakolati doirasida auditorlik faoliyati qonunchiligi to’g’risida tushuntirish ishlarini amalga oshiradi ; - Auditorlik faoliyati , litsenziya bo’yicha talablar va shartlarni amalga oshirishni nazorat qiladi ; - O’rnatilgan tartibda auditorlik tashkilotlari va auditorlarni davlat ro’yxatiga kiritadi . Qonunchilikda o’rnatilgan tartibda auditorlik faoliyati masalalari bo’yicha , xalqaro tashkilotlarda , Belarus Respublikasi manfaatlarini Moliya vazirligi himoya qiladi . Mazkur vazifani bajarish uchun Moliya vazirligi tarkibida Audit boshqarmasi shakllantirilgan . Moliya vazirligida vazifalarni sifatli bajarish uchun auditorlik faoliyati bo’yicha Metodologik kengash tashkil etilgan . Xalqaro auditorlik tashkilotlari , xorijiy davlatlar auditorlari va auditorlik tashkilotlari bilan audit sohasida moliya vazirligi Belarus Respublikasi qonunchiligini takomillashtirish va unifikatsiyalash maqsadida hamkorlikni amalga oshiradi . “ Auditorlik faoliyati to’g’risida ” gi qonunning 23 -moddasida auditorlik faoliyati davlat boshqaruvi sohasida Milliy bank vakolatlari aniqlab berilgan . Auditorlik faoliyatini amalga oshirishda litsenziya berish va faoliyatini uzaytirish auditorlik faoliyatini litsenziyalash to’g’risidagi qarorda ko’rsatib o’tilgan . 12.10. 20 03 da tasdiqlangan Vazirlar Kengashining 1346 -sonli qarorida auditorlik faoliyatini jismoniy shaxslar va auditorlik tashkilotlari amalga oshirishi belgilangan . Litsenziya 5 yil muddatga beriladi . Download 3.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling