108
Instituti tashkil qilingan edi.Keyiṇ, 1909 yildạ
Buxgalterlar Instituti va
1928 yilda Davlat ekspert buxgalterlar Instituti tashkil qilindi.
Birinchi “audit” tushunchasi sobiq Ittifoq Ministrlar Kengashining 13.01.1987
yildagi № 47 Farmonida keltirib o’tilgan bo’lib, unda “qo’shma korxonalarda soliq
solish to’g’riligini aniqlashda, ularning moliya-xo’jalik va tijorat faoliyatlarini
tekshirish” lozimligi ko’rib chiqilgan.
Besh yil mobaynida bir nechta farmonlar asosida tartibga
solinishi oqibatida
auditorlik faoliyati rivojlandi. 1992 yilda Rossiya Federatsiyasining Yuqori
Kengashi tomonidan ikki o’qishda “Auditorlik faoliyati to’g’risida”gi Qonun
loyihasi qabul qilindi. Lekin shu payt yuzaga kelgan
siyosiy inqiroz oqibatida
Qonun Prezident tomonidan tasdiqlanmay qolib ketdi.
1993 yilda Prezident qarori asosida “Rossiya Federatsiyasidagi auditorlik
faoliyatining vaqtinchalik qoidalari” amal qila boshladi va uning amal qilishi hech
qanday o’zgartirish va qo’shimchalarsiz sakkiz yilga cho’zilib ketdi.
1995 yildan boshlab auditorlik faoliyati to’g’risidagi
qonun ustida ishlash
yangidan boshlandi va juda sekin - 5 yil davom etdi. Bu vaqt mobaynida audit
mustahkamlanib, yirik auditorlik firmalari vujudga keldi,
davlat moliya
organlarining ularni tartibga solish talabi yuzaga kela boshladi, auditorlik
tekshiruvlarini o’tkazish qoidalari ishlab chiqila boshlandi.
1999 yil o’rtalarida davlat moliya tizimi asosida
tayyorlangan qonun loyihasi
hech qanaqa muhokamasiz va hech kimning tashabbusisiz yana 2 ta mavhum
loyihalar bilan birgalikda Davlat Dumasida edi.
Qonun ustida ishlash faqat, u kelgusida davlatning
iqtisodiy dasturlari
rivojlanishida muhim deb sanalalgan hujjatlar tarkibiga kiritilgandan keyingina
jadallashdi. 2000 yil aprelda qonun loyihasi birinchi o’qishda qabul qilindi.
2001 yil avgust oyida Rossiya Federatsiyasi prezidenti tomonidan “Auditorlik
faoliyati to’g’risida”gi Qonun imzolandi va Rossiyadagi “qonunsiz” auditorlik
faoliyatining 14 yillik rivojlanishi tugadi.
Do'stlaringiz bilan baham: