VI BOB. MDH DAVLATLARIDA AUDIT TIZIMI
6.1.
Rossiya
Federatsiyasida
auditorlik
faoliyati
Rossiyada auditning vujudga kelishi tashkilotni bevosita boshqarish bilan
bog’liq bo’lgan ya’ni menejerlar, ma’muriyat hamda ularning faoliyatga pul
mablag’larini sarmoya qiladigan – aksiyadorlar, mulkdorlar va investorlarning
manfatlari bo’linishi bilan bog’liqdir. Aksiyadorlar faqatgina kompaniyaning
boshqaruvchilari va ularning qo’l ostidagi buxgalterlari taqdim qilgan moliyaviy
axborotiga tayanib qolmmoqchi emas edilar. Ma’muriyat tomonidan yolg’on
ma’lumot, hamda tez-tez bo’lib turadigan tashkilotlarning bankrotlik holatlari
moliyaviy qo’yilmalar riskini oshirar edi. Investorlar ma’muriyat taqdim qilgan
hisobotlar tashkilotning haqiqiy moliyaviy holatini aks ettirganligiga ishonch hosil
qilishni istar edilar. Moliyaviy hisobotni va moliyaviy ma’lumotlarni tog’riligini
tasdiqlash uchun aksiyadorlar ishonch hosil qilsa bo’ladigan maxsus kishilarni
taklif qilishgan.
Ilk bor Rossiyada auditorlik kasbi Petr I davrida vujudga keldi. Bu davlatda
auditorlik kasbi, eng avval armiya sohasida paydo bo’lgan. 1716 yildagi Harbiy
ustav va “Ra’nglar Tabeli” da harbiy unvonga auditor ham kirar edi. Petr I buni,
sudyalarni, keyin oradan vaqt o’tib, sud eshitishlarida ishtirok etuvchi shaxs, va
oxir oqibat, tergovchini auditor deb nomlangan Polsha misolida amalga oshirdi.
Auditor armiyada mulkiy masalarni hal qilish uchun kerak bo’lgan. 1797 yili
Rossiyada fuqarloigi bo’lgan amaldorlar auditor deb tan olina boshladi.
1833 yilda auditorlarni o’qitish maqsadida Peterburgda bir necha vaqt
o’tgandan so’ng Auditorlik maktabiga o’zgartirilgan ta’lim muassasasi joriy etildi.
Auditorlik lavozimi aslida, ish yurituvchi, sud kotibi va prokurorlik lavozimlarini
o’z ichiga olar edi. 1867 yilda Rossiyada harbiy-sud reformalarini olib borish
davomida auditorlik lavozimi bekor qilindi. Oradan bir necha vaqt o’tib, Rossiyada
mustaqil moliyaviy nazorat tizimini qaytadan yo’lga qo’yish chora-tadbirlarini
amalga oshirish qabul qilindi. Avval, 1831 yilda Qasamyod qilgan buxgalterlar
Do'stlaringiz bilan baham: |