Akrom abbasovich karimov, zafar avazmuratovich muqumov, mutabar hamidullaevna khodjaeva


 Xalqaro audit standartlarining kontseptual asosi


Download 3.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/185
Sana06.10.2023
Hajmi3.91 Mb.
#1693293
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   185
Bog'liq
Akrom abbasovich karimov, zafar avazmuratovich muqumov, mutabar

 
7.2. Xalqaro audit standartlarining kontseptual asosi 
Xalqaro auditorlik amaliyoti qo’mitasi xalqaro audit standartlari (XAS)ni 
chop etish huquqiga ega. Ushbu hujjatning maqsadi auditorlar tomonidan 
ko’rsatilishi mumkin bo’lgan xizmatlar yuzasidan XAS chop etadigan kontseptual 
asosni yoritishdan iborat. 
Soddalashtirish maqsadida, maxsus ko’rsatma mavjud bo’lgan holatlar 
bundan istisno, “auditor” atamasi Auditning xalqaro standartlari matni bo’yicha 
auditorlik xizmatlari bilan bir qatorda, kasbga doir xizmatlarni ko’rsatadigan 
shaxsga nisbatan qo’llaniladi. Bunda kasbga doir xizmatlarni ko’rsatayotgan shaxs 
albatta sub’ekt moliyaviy hisobotining auditori bo’lishi lozim degani emas. 
Moliyaviy hisobot, odatda har yili tayyorlanadi va taqdim etiladi, keng 
doiradagi foydalanuvchilarning umumiy ma’lumotga bo’lgan ehtiyojlarini 


146 
qondirish uchun mo’ljallangan. Aksariyat foydalanuvchilar moliyaviy hisobotga 
ma’lumot olishning asosiy manbasi sifatida qaraydilar, zero ular aniq ma’lumot 
olish talablariga javob beradigan qo’shimcha ma’lumot olish vakolatiga ega emas. 
Moliyaviy hisobot quyida qayd etilgan bir yoki bir necha nizomlarga muvofiq 
tayyorlanishi lozim: 
(a) Buxgalteriya hisobining xalqaro standartlari; 
(b) Buxgalteriya hisobining milliy standartlari; 
(v) qo’llash uchun mo’ljallangan va moliyaviy hisobotda qayd etilgan 
moliyaviy hisobotni taqdim etishning nufuzli va keng qamrovli kontseptual 
asoslari. 
Audit va kasbga doir xizmatlarning kontseptual asosi audit va kasbga doir 
xizmatlar o’rtasidagi farqlarni belgilab beradi. Kasbga doir xizmatlarga sharhlar
kelishilgan muolajalar va kompilyatsiya kiradi. Quyidagi chizmada, yuqorida qayd 
etilganidek, audit va sharh auditor tomonidan tegishli ravishda yuqori va o’rta 
ishonchlilikni ta’minlaydi; ushbu atamalar ularning solishtirma turkumlanishini 
belgilash uchun qo’llaniladi.

Download 3.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling