Akrom abbasovich karimov, zafar avazmuratovich muqumov, mutabar hamidullaevna khodjaeva
Download 3.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Akrom abbasovich karimov, zafar avazmuratovich muqumov, mutabar
7.3. Xalqaro audit standartlari tarkibi Bozor infratuzilmasining unsurlari, avvalambor, auditorlik tashkilotlari faoliyatining o’zimizga xos, milliy standart asosida faoliyat yuritishni talab qiladi. Shu bilan birgalikda bozor munosabatlarini jadallashtirishda respublikamizning jahon bozoriga chuqurroq integratsiyalashuvi iqtisodiy islohotlarni rivojlantirishni, iqtisodiy munosabatlarni yanada kengroq amalga oshirish uchun auditorlik faoliyatini xalqaro andozalarga moslashtirishni ham taqozo qilmoqda. Mamlakatimizda asta-sekin auditning milliy standartlari ishlab chiqilmoqda. Auditning milliy standartlarini ishlab chiqishda, avvalo, xalqaro standartlarga murojaat etiladi. Auditning xalqaro standartlari Xalqaro buxgalteriya standartlari bo’yicha qo’mita tarkibida doimiy qo’mita huquqlariga ega bo’lgan Auditorlik amaliyoti bo’yicha xalqaro qo’mita tomonidan ishlab chiqiladi. Ushbu qo’mita 1973 yilda to’qqiz mamlakat, ya’ni Kanada, Avstriya, Germaniya, Frantsiya, Yaponiya, Meksika, Niderlandiya, Buyuk Britaniya va AQShning professional buxgalteriya tuzilmalari tomonidan ta’sis etilgan. Auditorlik amaliyoti bo’yicha xalqaro qo’mita Xalqaro buxgalterlar federatsiyasi kengashi nomidan audit standartlarini chop etdi, shuningdek, audit tekshirishlarini o’tkazish bilan bir vaqtda qo’shimcha xizmat ko’rsatish bo’yicha xalqaro standartlarni ishlab chiqdi. Hozirgi kunda 30 dan ortiq auditorlik faoliyatining xalqaro standartlari ishlab chiqilgan. Respublikamizda esa 2014 yil 1 yanvar holatiga 21 ta auditorlik faoliyatining milliy standartlari ishlab chiqilgan. Bozor munosabatlarini yanada chuqurlashtirish, iqtisodiy integratsiyani rivojlanish sharoitida moliyaviy 153 axborotlarning jahon miqyosida amaliyotga keng joriy qilish zaruriy va to’xtovsiz jarayonlardan biri hisoblanadi. Shu bilan birgalikda O’zbekiston suveren davlat sifatida audit bo’yicha hukumatlararo va xalqaro professional tashkilotlarga kirishi hamda auditning xalqaro standartlarini ishlab chiqishda faol ishtirok etishi lozim. Bu esa milliy auditorlik standartlarini xalqaro standartlar bilan muvofiqlashtirish imkonini beradi. Bu tadbirlar oxir-oqibatda respublikamizning jahon iqtisodiy integratsiyasiga tobora chuqurroq qo’shilishiga imkon beradi. Hozirgi kunda auditning xalqaro standartlari ro’yxati quyidagilardan iborat: «Xalqaro audit standartlari va turdosh xizmatlarga izoh» - 100-son XAS «Terminlar glossariysi» - 110-son XAS «Xalqaro audit standartlarining kontseptual asoslari» - 100-son XAS «Moliyaviy hisobot auditining maqsadi va uni tartibga soluvchi asosiy tamoyillar» - 200-son XAS «Audit o’tkazish to’g’risidagi kelishuv xati» - 210-son XAS «Audit sifatini nazorat qilish» - 220-son XAS «Hujjatlashtirish» - 230-son XAS «Aldash va xato» - 240-son XAS «Moliyaviy hisobot auditi bo’yicha qonunlar va me’yoriy hujjatlarni ko’rib chiqish» - 250-son XAS «Auditni rejalashtirish» - 300-son XAS «Biznesni bilish» - 310-son XAS «Auditda muhimlik» - 320-son XAS «Tavakkalchilikni va ichki nazorat tizimini baholash» - 400-son XAS «Kompyuter axborot tizimi sharoitida audit» - 401-son XAS «Xizmat ko’rsatuvchi tashkilotlar xizmatlaridan foydalanuvchi sub’ektlar auditiga doir savollar» - 402-son XAS «Auditorlik dalillar» - 500-son XAS «Auditorlik dalillar – aniq moddalarga taalluqli qo’shimcha savollar» - 501- son XAS 154 «Dastlabki moliyaviy hisobot auditida boshlang’ich qoldiqlar bo’yicha auditorning ma’suliyati» - 510-son XAS «Tahliliy amallar» - 520-son XAS «Auditorlik tanlash va testlashning boshqa tanlash amallari» - 530-son XAS «Hisob baholashlarining auditi» - 540-son XAS «Bog’liq tomonlar» - 550-son XAS «Kelgusi davr moliyaviy ma’lumotlarini o’rganish» - 560-son XAS «Uzluksiz faoliyat» - 570-son XAS «Sub’ekt rahbariyatiga tushuntirish berish» - 580-son XAS «Boshqa auditorlar ish natijalaridan foydalanish» - 600-son XAS «Ichki audit xizmati ishini ko’rib chiqish» - 610-son XAS «Ekspert xizmatidan foydalanish» - 620-son XAS «Moliyaviy hisobot bo’yicha auditorlik xulosasi» - 700-son XAS «Taqqoslanadigan ko’rsatkichlar» - 710-son XAS «Tekshirilgan moliyaviy hisobotlardagi boshqa axborotlar» - 720-son XAS «Maxsus maqsaddagi audit shartnomasi bo’yicha auditorlik hisoboti» - 800- son XAS «Istiqbolli moliyaviy ma’lumotlarni tekshirish» - 810-son XAS «Moliyaviy hisobotning sharhi bo’yicha kelishuv» - 910-son XAS «Moliyaviy hisobotga taalluqli amallarni bajarish bo’yicha kelishuv» - 920- son XAS «Moliyaviy ma’lumotlarning kompilyatsiyasi bo’yicha kelishuv» - 930-son XAS Auditni xalqaro talablarga muvofiq o’zgartirish keyingi vaqtlarda O’zbekiston uchun tobora dolzarb ishga aylanmoqda. Bozor munosabatlarini jadallashtirishda respublikamizning jahon bozoriga yanada chuqurroq kirib borishi iqtisodiy islohotlarni rivojlantirishni, iqtisodiy munosabatlarni yanada kengroq amalga oshirish uchun auditorlik faoliyatini xalqaro standartlarga moslashtirishni taqozo qilmoqda. Bu borada auditorlik faoliyatining milliy standartlari ishlab chiqilmoqda. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling