Yoddingizda bo‘lsin “kundalik” degani “pala-partish degani” emas.
Sasual uslubining muammosi shundan iboratki, “rasmiy” uslubdan farqli ravishda uni aniqlash biroz mushkul. Di Justo deydi: “Ko‘pchilik casual — nima kiyib olganingni ahamiyati yo‘qligini anglatadi, deb o‘ylaydi”. Aslida casual bu kundalik detallar qo‘shilgan ishbilarmon inson obrazidir. Misol uchun, Barak Obama ishdan tashqari paytda pijak va bo‘yinbog‘ini yechadi va yenglarini shimarib oladi. Yana boshqa detallar ham qo‘shish mumkin, misol uchun shimni qomatga mos keladigan jinsi bilan almashtirish mumkin, biroq oddiy ish uslubidan o‘ta uzoqlashib ketish ham yaramaydi. Di Justoning casual uslubi uchun mo‘ljallangan asosiy qoidasi mana shunday: uni osonlik bilan ish uslubiga aylantirish mumkin. Siz kundalik uslubda kiyinib, o‘zingiz bilan pidjak olishingiz mumkin. Agar muhim uchrashuv bo‘lsa, uni kiyib olasiz, hammasi tayyor.
Do'stlaringiz bilan baham: |